Taktik tayyorgarlikning maxsus, o’ziga xos vosita va metodlari tayyorgarlik jarayonida maxsus shakllantirilgan mashqlarni, o’yin mashqlari, musobaqa mashqlari va aniq vazifa qo’yilgan mashqlarni bajarishga xizmat qiladi. Yuqorida sanab o’tilgan mashqlarning ajralib turadigan o’ziga xosligi aniq taktik
vazifalarning belgilanishi hisoblanadi. Shug’ullanish jarayonida alohida taktik usullar yoki bahsning to’liq taktikasining yo’lga qo’yiladi ya’ni shakllantiriladi. Misol uchun o’yinchiga ochkolar nisbati bilan yutish vazifasi yoki aniq texnik usul orqali oshirmani amalga oshirish huquqini qo’lga kiritish yoki diagonal smeshni amalga oshirish va raqibning javob zarbasidan so’ng maydonning chap uzoq burchagiga kuchli zarba berish va shu kabi boshqa vazifalar qo’yiladi. Va nihoyat tashqi sharoitlar, ya’ni maydonning o’ralishi yoki ustining yopilishi, yoritish uskunalari, musobaqa paytidagi sharoitlar ham shakllantiriladi.
Sportchi-badmintonchining mashg’ulotlarida individual taktik tayyorgarlik (yakkalik o’yinlar) va jamoaviy taktik tayyorgarliklar (juftlik o’yinlar) mavjud. Etaplardan kelib chiqqan holda taktik tayyorgarlik yengil, qiyin yoki musobaqaga yaqinlik kabi sharoitlarda olib boriladi. Yengil tarzdagi taktik tayyorgarlik asosan yangi qiyin mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish yoki oldin shakllantiril- ganlarini rivojlantirish uchun olib boriladi. Ko’pincha bu turdagi mashg’ulot orqali oldin qo’llangan taktikalarni yanada shakllantirish, misol uchun faqat himoyalanish yoki hujum qilish harakatlarini yaxshilashga erishiladi. (23 a-rasm). Shunisi aniqki yengillashtirilgan texnik taktik mashqlar ko’pincha musobaqada qo’llashga mo’ljallangan taktikani to’liq egallash uchun oraliq tayyorgarlik bo’lib xizmat qiladi. Qiyinlashtirilgan taktik mashg’ulotlar texnik taktik tayyorgarlikning keyingi bosqichi hisoblanadi. Ushbu mash’gulotlarning vazifasi o’yinni olib borish jarayonida yangi taktik variantlarni ishonchliligini ta’minlashdir. Modomiki, bu turdagi mashqlarda musobaqaga qaraganda ancha qiyin mashqlar amalga oshiriladi, badmintonchilardan o’z taktik imkoniyatlarini safarbar etish, ularning qo’llanilishi amalga oshadigan va sportchining haqiqiy imkoniyatlaridan oshmaydigan darajada bo’lishi lozim. Bu tarzdagi mashg’ulotlarning zamirida quyidagi metodik amallar yotadi: masofaviy chegaralanish (hujumni o’yinning aniq bir qismida yakunlash), masofaviy-vaqtli chegaralanish (bir kishi ikki kishiga, uch kishiga qarshi; ikki kishi uch kishiga qarshi; yopiq setkada o’ynash). Taktik vazifalarni bajarish uchun texnik amallarning chegaralanishi (navbatdagi ochkoning yoki oshirmaning o’z hisobiga yoki foydasiga qayd etilishi aniq
zarbaning — aylanma yoki shu kabi zarbalarning amalga oshirilishiga olib kelishi mumkin); qo’shimcha og’irlik va aniq taktik topshiriqlar bilan o’ynash, doimiy tarzda almashib turadigan raqiblar bilan o’yinni olib borish. Bu kabi mashqlardan foydalanishdagi taktik tayyorgarlik maxsus ruhiy tayyorgarlik va musobaqaviy chidamlilikni oshirish bilan bevosita bog’liqdir. Musobaqada maksimal darajada yaqinlashayotgan sharoitdagi taktik mashg’ulotlar. Turli xil o’yindagi holatlarni o’zida aks ettiradigan ko’plab ushbu holatga oid mashg’ulot turlari mavjud. Bir nechta shu kabi mashg’ulotlarni ko’rib chiqamiz (23 b-rasm).
– rasm
mashq. Maqsad — setka yonida o’ynashda texnikani oshirish. O’yinchilar parallel tarzda o’rinlarini egallashadi. X ning birinchi zarbani yuqoridan pastga orqadagi hududning o’ng burchagiga amalga oshiriladi. Ikkinchi zarba X orqa hududdagi o’ng tomonga harakatlanadi va Y o’yinchiga smeshni amalga oshiradi. Bu vaqtda Y o’yinchi o’rta hududga o’tadi, Y ning uchinchi zarbasi, himoyalangan holda oldingi hudud tomon javob qaytaradi. Y ning to’rtinchi zarbasi oldingi hududga o’tib, so’nggi kuchli zarba bilan amalga oshiriladi.
mashq. Maqsad — so’nggi zarbaning texnikasi va qarama qarshi harakat tezligini oshirish. O’yinchilar parallel tarzda o’rinlarini egallashadi. Y ning birinchi
zarbasi orqa hududning chap burchagiga yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. Y ning ikkinchi zarbasi orqa hududning chap burchagiga harakatlanish orqali liniya bo’ylab o’yinchi X ga smeshni amalga oshiradi. Bu vaqtda o’yinchi X o’rta hududga o’tadi. X ning uchinchi zarbasi orqa hududning o’ng burchagiga yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. X ning to’rtinchi zarbasi, X orqa hududning o’ng burchagiga qarab harakatlanib o’yinchi Y ga smeshni amalga oshiradi. Bu vaqtda Y o’rta hududga o’tib oladi. Y ning beshinchi zarbasi, himoyalangan holda old hududga qarab amalga oshiriladi. Y ning oltinchi zarbasi oldingi hududga o’tish orqali kuchli zarbani amalga oshirish orqali bajariladi (24- rasm).
– rasm.
O’yinchi X tomonidan amalga oshirilga to’rtinchi zarbadan so’ng, o’yinchi Y orqa hududning chap qismiga yuqoridan pastga qaratib zarba bersa, ushbu holda mashg’lulot vazifadan kelib chiqqan holda uchinchi, to’rtinchi yoki boshqa takrorlashlarda qaytariladi. O’yinchi X to’rtinchi zarbani amalga oshirish mobaynida aylanma smeshni orqa hududdagi o’ng burchakka qarab amalga amalga oshirsa, X va Y o’yinchilari o’sha sxema bo’yicha himoyalanuvchilardan hujum qiluvchilarga aylanishadi, shu tarzda o’yin trenerning topshirig’idan kelib chiqqan
holda bir necha marta qaytariladi. Keyinchalik, taktik vazifalar tanlanayotgan vaqtda, mashg’ulotlar tanlanayotgan vaqtda, trener o’z tarbiyalanuvchilarining imkoniyatlarini e’tiborga olishi lozim. Yana bir muhim holat, ushbu mashqlarning barchasi ular tomonidan bajarilishi lozim. Bu holat o’yinchilar ruhiy holatni yaxshilaydi, o’yindagi o’z harakatlarini to’liq bajarilishi o’zlariga bo’lgan ishonchni oshiradi. Ma’suliyatli musobaqalarga bilvosita tayyorgarlik vaqtida taktik tayyorgarlikning metodikasi to’liq shakllangan ushbu musobaqada ishlatilishga mo’ljallangan taktikalarni shakllantirishga ko’proq qaratiladi. Ushbu turdagi shakllantirishlardan ko’zlangan maqsad ushbu musobaqada sharoitida (aniq raqiblar, bellashuv tartibi, iqlimiy va geografik sharoitlari) qo’llanilishi yoki asqotish ehtimoli yuqori bo’lgan iloji boricha ko’proq taktik maqsad va rejalarni qayta ishlab chiqishdir. To’g’ri, bo’lishi ko’zda tutilayotgan musobaqaning barcha holatlarini mayda detallarigacha oldindan yaratish qiyin masala, ammo asosiy holatlarni shakllantirish, ularni hisobga olgan holda taktik variantlarni qo’llashlari va ularga ta’sir qiluvchi holatlarni aniqlashlari mumkin vas shart. Taktik tayyorgarlikdagi amaliy asos balki badmintonchining bir necha xil taktikalarni tekshirib, musobaqa tajribasini egallash orqali oshirilishi mumkin. Ushbu turdagi musobaqalar turli xil darajada va rasmiy sport kalendarida ko’rib chiqilgan bo’lishi lozim. Musobaqaviy tajriba faqat har bir ishtirok trener va o’yinchining oz’i tomonidan baholansa, xulosalar asosida yangi taktik vazifalar qo’yilgan holda taktik mahorat maktabi sifatida qabul qilinishi mumkin.