Mezon ul avzon



Download 24,1 Kb.
bet1/2
Sana24.04.2020
Hajmi24,1 Kb.
#46676
  1   2
Bog'liq
“Mezon ul avzon” ilmiy tanqidiy matni


Mezon ul avzon” ilmiy tanqidiy matni
Reja:


  1. Ilmiy tanqidiy matnlarni yaratish

  2. Alisher Navoiy nasriy asarlarida matnshunoslik tadbiqi

  3. “Mezon ul avzon” asarda ilmiy tanqidiy matnlar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Matnshunoslik, tekstologiya — yordamchi tarixiyfilologik fan soxasi, adabiyot va folislorga oid qoʻlyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning aniq matnlarini aniqlash va tanqidiy oʻrganish, sharhlab eʼlon qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boradi. M.ning vazifasi matnni har tomonlama tadrijiytanqidiy (matn tari-xiga chuqur kirib borish, matnni yaratishda foydalanilgan manbalarni, muallif taxrirlari, variantlari va boshqalar) oʻrganib, nashrga tayyorlashdan iborat. Matnshunoslikning kuy-idagi asosiy xillari farqlanadi: antik, oʻrta asr va yangi adabiyot. Mas, kad. yunon olimi Aristarx (miloddan avvalgi 2-asr) Gomer asarlari matnini tanqidiy oʻrgangan. Sharq islom olamida 7-asrdan hozirgacha bir harfi oʻzgarmay, mashhur xattotlar tomonidan minglab nodir nusxalarda koʻchirilgan qoʻlyozmalardan biri muqaddas Qurʼoni Karim matnidir. Ular dunyoning turli joylaridagi kutubxonalarda saqlanadi. Uygʻonish davrida antik adabiyot yodgorliklarining dastlabki koʻrinishlarini, asliy matnlarini tiklashga qiziqish kuchaygan.

Oʻzbekistonda matnshunoslik oʻz tarixiga ega. 1400 yil davomida Oʻzbekiston olimlarining arab, fors va oʻzbek tilida yaratgan koʻplab yirik durdona asarlari oʻz davrida, undan keyingi davrlarda oʻrganilib, xattotlar tomonidan koʻchirilib, xatonuqsonlari boshqa nusxalar orqali toʻgʻrilanib, hozirgi kunimizga qadar yetkazib kelingan. Bu ishga rus olimlari V. V. Bartold, I. Yu. Krach-kovskiy, A. K. Borovkov, A. N. Kononov va boshqa ham munosib hissa qoʻshishdi. Respublikamizda matnshunoslik boʻyicha ishlar Oʻzbekiston FA Til va adabiyot, Sharqshu-noslik institutlarida olib borilmoqda. Alisher Navoiy asarlarining ilmiytanqidiy matnlarini tayyorlash va nashr ettirishni S. Ayniy ("Hamsa"ning qisqartirilgan nashri), O. Sharafiddinov, I. Sultonov ("Mezon ul-avzon"), A. N. Kononov ("Mahbub ul-qulub") va boshqa amalga oshirdilar. Matn-shunos olim P. Shamsiyev Navoiy "Hamsa"sining toʻla va yaxlit bir kitob holida nashrga tayyorlash borasida murakkab matnchiliktadqiqiy ishlar olib bordi. Natijada "Hamsa"ga kirgan besh doston: "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Maj-nun", "Sabʼai sayyor", "Saddi Iskandariy"larning barcha nashrlarini Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib va boshqa kotiblar tomonidan koʻchirilgan nusxalari bilan qiyoslab, "Hamsa"ning asl matniga yaqin keladigan ilmiytanqidiy matnini tayyorladi va 1960 yil nashr ettirdi. Hamid Sulaymonov Navoiyning "Xazoyin ulmaoniy" asari tanqidiy matnini tayyorlab nashr ettirdi (1958—61). S. Gʻaniyeva "Majolis unnafois" asari tanqidiy matnini tayyorladi. Oʻzbek olimlardan S. Mirzayev, Gʻ. Karimov, S. Mutallibov, S. Dolimov, R. Majidiylarning matnchilikdagi xizmatlari natijasida bir qator oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlari nashr etildi. Yozuvchi va shoirlardan Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Usmon Nosir asarlari matnini nashr etishda ham matnshunoslik ishlari amalga oshirildi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi asarlari matnini tayyorlash, nashr etish sohasida B. Karimov, H. Zarifov, 3. Karimova, matnshunoslik Afzalov, T. Mirzayev, matnshunoslik Murodov va boshqa xizmatini taʼkidlash mumkin.Adabiyot nazariyasi, xususan aruz ilmi aruz masalalariga bag’ishlangan «Mezon ul-avzon» (vaznlar o’lchovi) o’zbek adabiyotshunosligi tarixida o’ziga xos mavqega ega bo’lgan ilmiy risoladir. To’g’ri, Alisher Navoiyning mazkur risolasi yaratilgunga qadar va uning zamonasida ham arab, fors-tojik hamda o’zbek tillarida mazkur masalaga oid risolalar yozilgan edi. Jumladan, Xalil ibn Ahmadning arab tilidagi «Kitob ul-ayn», Shamsiddin Qays Roziy «Al mo»jam»ining bir qismi, Abdurahmon Jomiy, Sayfiy Buxoriylarning fors-tojik tilidagi «Aro’z» risolalari, Shayx Ahmad Taroziy qalamiga mansub o’zbek tilidagi «Funun al-balog’a» asarining bir qismi va boshqalar.

Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon»i esa bu risolalardan o’zining ko’pgina fazilatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, risola faqat aruz ilmiga bag’ishlanib, o’zbek tilida yozilgan; ikkinchidan, aruz ilmi turkiy she’riyat asosida talqin qilingan; uchinchidan esa, Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: «Chun ul Hazratning (Sulton Husayn Boyqaroning- B.V.) muborak xotirlari she’r buhuru avzonig’a va nazm qavoidu mezonig’a muncha moyil erdi aruz fanidan bu muxtasar sabt bo’ldi va anga «Mezon ul avzon» ot qo’yuldi va necha qoidau doira va vaznkim, hech aruzda, misli fan voze’i Xalil ibn Ahmad va ilm ustodi Shams Qays kutubida va Xoja Nasir To’siyning «Me’yor ul ash’or» ida, balki Hazrati Maxdumiy navvara marqaduhi nuran (ya’ni Abdurahmon Jomiy – B.V.)«Aro’z»larida yo’q erdikim, bu faqir bu fan usulidin istixroj qilib erdikim, bu kitobg’a izofa qildim» (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 44-45-betlar).

Demak, Alisher Navoiyning e’tiroficha, asarda oldingi risolalarda tilga olinmagan masalalar yoritilgan. Darhaqiqat, «Mezon ul-avzon» da turkiy xalqlar she’riyati va ularning rasmiy aruzga munosabati masalasi birinchi marta tilga olinib, nihoyatda katta ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan fikrlar bayon etilgan.
«Mezon ul-avzon»ning yozilgan yili asarda ko’rsatilmagan. Shuning uchun bu masalaga oid taxminlar mavjud bo’lib, shulardan biri asar XV asrning 90-yillarida (ya’ni, 90-99 yillar orasida) yozilgan bo’lsa kerak, degan fikrdir.

«Mezon ul-avzon»da arabiy, forsiy va turkiy tillardagi she’riyatda qo’llanilgan hazaj, rajaz, ramal, munsareh, muzore’, muqtazab, sare’, jadid, qarib, xafif, mushokil, mutaqorib, mutadorik, vofir, komil, tavil, madid, basit kabi o’n to’qqizta bahr haqida o’zbek tilidagi misollar asosida mulohaza yuritilgan.


Alisher Navoiy mazkur bahrlarning xususiyatlarini yoritish bilan bir qatorda ulardan qaysilari arab she’riyatiga xosligi, qaysilari Ajam va turkiy she’riyatda ko’proq ishlatiladigani hamda zamondoshlari tomonidan qo’shilgan yangi bahrlar haqida ham o’z kuzatishlari natijalarini bayon etgan. Jumladan;
«Tavil va madid va basit bahri arab shuarosining maxsusidur… va Ajam shuarosi anga mashg’ul bo’lmaydurlar.»

Shunday bo’lsa-da, mazkur bahrlar haqida so’z yuritganda (ko’rs.asar, 90-91-betlar) shu bahrlarda o’zbek tilida yozilgan misollarni ham keltirgan. Bu bilan, garchi ular kam ishlatilsa-da, ammo o’zbek tilida bu bahrlarda ham she’rlar yaratish mumkin, degan fikrni ifoda etadi. Bu misollar Alisher Navoiyning qalamiga mansub baytlar bo’lsa kerak.

Yana, asarda zamondoshlari va Alisher Navoiyning aruz bahrlarini boyitish, yangi doiralarni tuzish sohasidagi xizmatlari ham alohida ta’kidlanadi.
Jumladan, Alisher Navoiy aruz bahrlari doiralari qatoriga o’zi aniqlagan «Doirai mujtamia»ni qo’shgani haqida kamtarlik bilan shunday yozadi:
«Bu mazkur bo’lgan to’qquz asl bahrning (sare’, jadid, qarib, munsareh, xafif, muzore’, muqtazab, mujtas, mushokil) solimini….bir doirai azimada jam’ qilib, har birining o’rnig’a alohida misol kelturub, to’qqiztasini yana bir misra’din ham istixroj qilib, ul «Doirai mujtamia» deyildi va bu doira rasmi zamon zurafosidin ba’zining xayolig’a kelib erdi, ammo faqir anga tartib berdim va ul bu nav’ surat biladur» (surati keltirilgan: 16-tom, 56-57-betlar)

Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon»da o’zi va zamondoshlari tomonidan o’zbek aruziga kiritilgan yangi vaznlar haqida to’xtalib, shunday yozadi:


«Chun doirag’a kirgan buhurdin forig’ bo’luldi, yana bir necha vaznki, ba’zini Ajam shuarosi mutaaxxirlari aytibdurlar va ba’zi bu zamonda nazm topibdur va hech aruzg’a doxil bo’lmaydur, agarchi filhaqiqat aruz buhurig’a doxildurlar, ishorate alar sori qilmoq xoli az munosibate ermas erdi. Ul jumladin, ramali maxbundurki, har misrai sakkiz rukndurki, bayti o’n olti bo’lg’ay, Xoja Ismat Buxoriyda purbaho debdurlar, bu uslub biladur:

«Ajam shuarosining mutaaxxirlaridan ba’zi maqbuzi aslam binosini o’n olti rukng’a qo’yub, nazm aytibdurlar, bu nav’kim, bayt:

Shuni eslatish joizki, bu misolning muallifi aniq aytilmagan; ikkinchidan, nashrda faqat sakkiz rukn keltirilgan, biz qavsda yana sakkiztasini qo’shdik; uchinchidan esa Alisher Navoiy misolni «bayt» deb nomlagan bo’lsa-da, nashrda u bir bayt sifatida emas, balki ikki bayt sifatida keltirilgan. Bu esa Alisher Navoiy aytmoqchi bo’lgan fikrni tushinishga xalaqit beradi.

«Mezon ul-avzon»da Alisher Navoiy «turk ulusi, bataxsis chig’atoy xalqi aro shoe’ avzondurkim, alar surudlarni ul vazn bila yasab, majlisda ayturlar», deb «tuyug’, qo’shuq, chinga, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy, turkiy» kabi surudlarni tilga olgan, ularning mavzu, vazn va tili haqida diqqatga sazovor mulohazalarni bayon qilgan, har biridan misol keltirib, aruziy bahrlarning vaznlari ruknlarini ham qayd qilgan. Asarning mazkur bobi turkiy aruz tarixini o’rganishdagina emas, balki xalq qo’shiqlari va mumtoz yozma she’riyat orasidagi o’zaro ta’sirni aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Fikrning isboti uchun faqat bitta surud-chinga haqida yozilganlarni keltirish maqsadga muvofiq ko’rinadi:


«Yana «chinga»durkim, turk ulusi zufof va qiz ko’churur to’ylarida ani ayturlar. Ul surudedur bag’oyat muassir. Va ikki nav’dur: bir nav’i hech vazn (aruziy-B.V.) bila rost kelmas va bir nav’ida bir bayt aytilurkim, munsarehi matviyi mavquf bahridur va «yor-yor» lafzini radif o’rnig’a mazkur qilurlar, andoqkim, bayt:

Shunday qilib, «Mezon ul-avzon» Sharq poetikasining tarkibiy qismi bo’lgan aro’z ilmini turkiy-o’zbek she’riyati qonun-qoidalari asosida o’zbek tilida yoritgan hamda bu masalaga doir ko’pgina ilmiy muammolarni hal qilgan asardir. Bu ish esa keyinchalik Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan «Aruz risolasi»da rivojlantirildi.

«Muhokamat ul-lug’atayn» — «ikki til muhokamasi» deb nomlangan bu asar 905 hijriy yilning jumodiyul avval oyi- 1499 melodiy yilning dekabr oyi oxirlarida chorshanba kuni yozib tugatilgan:

«Muhokamat ul-lug’atayn» da turkiy-o’zbek va fors-tojik tillarini qiyosiy o’rganish vositasida turkiy-o’zbek tilining Sharqda mashhur bo’lgan arab va fors-tojik tillari darajasidagi mavqeidan so’z yuritiladi hamda ulardan, xususan fors-tojik tilidan farq qiluvchi xususiyatlari turli xildagi ko’pgina misollar, jumladan «yuz lafz» (yuzta so’z)ni keltirib, talqin qilish bilan isbotlanadi. Bu ma’no Alisher Navoiyning quyidagicha yozganlarida ham o’z ifodasini topgan.

«Turkiy va sort lug’ati kayfiyati va haqiqati sharhida bu risolani jam’ qilib bitidim va anga «Muhokamat ul-lug’atayn» ot qo’ydum, to turk eli tili fasohatu diqqati va balog’atu vus’ati… zohir qildimatnshunoslik Va xayolimg’a mundoq kelurkim, turk ulusi fasihlariga ulug’ haq sobit qildimki, o’z alfoz va iboratlari haqiqati va o’z til va lug’atlari kayfiyatidin voqif bo’ldilar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 40-bet).

Shuni eslatish joizki, Alisher Navoiy turkiy tilning fazilatlari haqida so’z yuritganda o’sha davrda mashhur bo’lgan arab, fors-tojik va hind tillarini kamsitmaydi, aksincha ularning har biriga xos bo’lgan xususiyatlarni ham ehtirom bilan bayon etadi.

Bundan kuzatilgan maqsad turkiy tilning fasohati va balog’ati haqida ilmiy asoslangan mulohazalarni bayon etish bilan bir qatorda «turk nozimlari (shoirlari) o’z alfozlari bilan she’rg’a mashg’ulluq qilg’aylar va ko’ngul g’unchasi dog’idinki, pechlar chirmanibdur, bahor nasimidek anfos bila guldek ochilg’aylar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 38-bet).

Demak, Alisher Navoiy turkiy tilning fasohati va lug’aviy boyligini dalillar bilan isbotlash vositasida turkiy tildagi adabiyot-she’riyatning yanada ravnaq topishi lozimligini ham nazarda tutgan.

«Muhokamat ul-lug’atayn»da faqat qiyosiy tilshunoslik masalalaridan so’z yuritilgan emas, balki unda til tarixi, o’zbek adabiyoti tarixi, she’riy janr va badiiy san’atlar, fors-tojik adabiyoti namoyandalari asarlari va o’zi (Alisher Navoiy)ning ijodiga doir qimmatbaho mulohazalar ham mavjud.

Alisher Navoiyning qayd qilishicha, turkiy til va turkiy tildagi adabiyot tarixi o’zaro chambarchas bog’lidir. Shuning uchun asarda Hulokuxon, Amir Temur, Shohrux mirzo hamda Sulton Husayn Boyqaro zamonlarida turkiy tilning rivojlangani tufayli turkiy she’riyatning mavlono Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoyi, Muqimiy, Amiriy, Yaqiniy, Gadoyi, mavlono Lutfiy, Husayniy va o’zi (Alisher Navoiy) kabi zabardast siymolari maydonga kelganlarini alohida qoniqish bilan uqtirib o’tadi. Shuning bilan birga bu jarayonning Sulton Husayn Boyqaro-Husayniy tomonidan qo’llab-quvatlashi tufayli yanada rivojlangani ta’kidlanadi.

«Muhokamat ul-lug’atayn»da she’riy janr (tuyuq), badiiy san’atlar (iyhom, tajnis, tarse’) haqida turkiy she’riyatdagi o’ziga xos xususiyatlari jihatidan ma’lumot beriladi. Fikrning isboti uchun misolga murojaat qilaylik:

«She’rda barcha tab’ ahli qoshida ravshan va majmu’i fusaho ollida1 mubarhandurki, tajnis va iyhom bag’oyat kulliydir. Va bu farxunda iborot va xujasta alfoz va ishorotda forsiydin ko’prak tajnisomez lafz va iyhomangez nukta borki, nazmga mujibi zebu ziynat va boisi takallufu san’atdur. Masalan: ot lafziki, bir ma’nosi alamdur2, yana bir ma’nisi markabdur3 va yana bir ma’nisi amrdurkim, toshni yo o’qni ot, deb buyurg’aylar. Bu tajnisda mundoq deyilibdurkim,

Eslatilganidek, «Muhokamat ul-lug’atayn» da fors-tojik adabiyotining Xoqoniy, Anvariy, Firdavsiy, Nizomiy, Sa’diy, Xusrav Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Xojui Kirmoniy, Ashraf, Abdurahmon Jomiy kabi mashhur namoyandalarining asarlari, ularning turli janrlar sohasidagi xizmatlari muxtasar tarzda bo’lsa-da, adabiyotshunos sifatida baholangan va xulosaviy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, forsiy tilda qasida janrining mukammal namunalarini yaratgan Xoqoniy, Anvariy, Zahir, Salmonlar; masnaviy-doston sohasida «ustozi fan Firdavsiy va nodiri zamon Shayx Nizomiy»(16-tom, 35-bet); g’azal janri sohasida muxtare’ Shayx Sa’diy va Hofiz Sheroziylar ekanliklari haqidagi xulosaviy fikrlar hozirgi adabiyotshunoslar tomonidan faqat e’tirof etilib qolmasdan, balki ular ilmiy jihatdan ham isbotlangan.

Bundan tashqari Alisher Navoiy arab she’riyatining zabardast namoyandalari haqida ham muxtasar, ammo hozirgi kunda arab adabiyotshunoslari tomonidan ma’qullangan mulohazalarni bayon etadi. Jumladan: «To mulk arab xulafosi va salotinida erdi, falak ul vaqtda nazm dabiriga arab tili bila jilva berdi, andoqki, Hasson Sobitdek va Laxitdek malik ul-kalom suxanguzorlar va ma’niofarin fasohatshiorlar paydo bo’ldilar va o’z tillari bila nazm adosining dodini berdilar».


(MAT, 20 tomlik, 16-tom, 35-bet).

Alisher Navoiyning arab shoirlari haqidagi muxtasar, ammo haqqoniy mulohazalari XX asr arab adabiyotshunosi Hanna al-Foxuriyning «Arab adabiyoti tarixi» kitobida qo’llab-quvvatlangan. Masalan, Hanna al-Foxuriy VII asrda faoliyat ko’rsatgan Hasson ibn Sobit (vaf.-54 hijriy-674 melodiy yil) ijodining ahamiyati haqida so’z yuritib, uni islom davri arab adabiyotida islomiy va siyosiy she’riyatning asoschisi ekanligini alohida uqtiradi.

Ko’rinadiki, Alisher Navoiy Hasson ibn Sobitni malik ul-kalom deb ta’riflagan bo’lsa, Hanna al-Foxuriy uni islomiy va siyosiy she’riyatning asoschisi tarzida tavsiflaydi. Demak, Alisher Navoiy XV asrdayoq bu shoirning mavqeini o’sha davr adabiyotshunosligi mezoni asosida «malik ul-kalom» iborasi bilan to’g’ri aniqlagan. Keltirilgan mulohazalar shundan guvohlik beradiki, Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug’atayn»da o’zini faqat tilshunos olim sifatida emas, balki arab, fors va turkiy adabiyot tarixining ham ulkan bilimdoni – olimi ekanini namoyish etgan.

«Muhokamat ul-lug’atayn»ning adabiyotshunoslik sohasidagi ahamiyati yuqorida qayd qilingan fazilatlar bilan cheklanmaydi. Asarda Alisher Navoiyning turkiy va forsiy tillarda yaratgan asarlari, ularning yozilish sabab va tarixlari, ijodiy hamkorliklari haqida ma’lumotlar uchraydiki, ular ulkan shoirning ijodiy tarjimayi holini yaratishda qimmatbaho material bo’lib xizmat qiladi. Bu jihatdan «Xazoyin ul-maoni», «Tuhfat ul-afkor», «Xamsa» va boshqalar haqida yozganlari ardoqlidir.



Bundan tashqari «Muhokamat ul-lug’atayn»ning adabiy ahamiyati yana shu bilan ham belgilanadiki, unda o’sha davr nasri uchun xos uslub – saj’ san’ati (nasrda ohangdorlik va qofiya, radif unsurlari) mahorat bilan ishlatilgan hamda turli xil she’riy nav’lardan misol keltirish bilan ziynatlangan.


Download 24,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish