Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Ixtisoslashtirilgan sexlarning sexlararo kooperatsiyasi



Download 1,05 Mb.
bet42/60
Sana05.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#530999
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
Bog'liq
MEYOR MARUZA

Ixtisoslashtirilgan sexlarning sexlararo kooperatsiyasi. Bunda korxonadagi bir necha sex jamoasining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki turli bo’lsa-da, bir-biri bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali ravishda va birgalikda ishtirok etishi tushuniladi.
Sexlarning mavjud ixtisoslashish va tashkil etilishi printsiplariga qarab sanoat korxonalaridagi mehnat kooperatsiyasi ko’p jihatdan umumiy xarakterdagi turli shakllar kasb etadi. Masalan, har bir korxonaning asosiy va yordamchi sexlari bo’ladi. Yordamchi sexlarning jamoalari asosiy ishlab chiqarish sexlaridagi jamoalarga xizmat ko’rsatadilar, ya’ni ularni asbob-uskunalar va moslamalar bilan ta’minlaydilar, ulardagi asosiy texnologik asbob-uskunalarni o’z vaqtida ta’mirlaydilar va h.k.lar.
Asosiy sexlar va ularni materiallar, idish va h.k.lar bilan ta’minlab turuvchi ko’makchi bo’limlar, sexlar o’rtasidagi mehnat kooperatsiyasi ham xuddi shunday bo’ladi. Har bir korxonada asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlov berish va ishlab chiqarish sexlari o’rtasida mehnat kooperatsiyasi mavjud. Sexlararo bunday mehnat kooperatsiyalari shunga asoslanadiki, tayyorlov sexlarining jamoalari ishlov berish sexlarini zarur yarimfabrikatlar bilan ta’minlab turadilar, yarimfabrikatlar bu sexlarda ishlanib, ishlab chiqarish sexiga o’tkaziladi, ishlab chiqarish sexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib bo’ladi. Mazkur sexlar o’rtasida mustahkam mehnat kooperatsiyasi, bugungi jamoalarning mehnat faoliyatida to’la uyg’unlik bo’lgan taqdirdagina istagan korxonada rejali ravishda uzluksiz tayyor mahsulot ishlab chiqarish ta’min etiladi.
Ixtisoslashtirilgan uchastkalarning sex ishlab chiqarishidagi mehnat kooperatsiyasi. Bu sex ishlab chiqarishidagi bir necha uchastka jamolarining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki har xil bo’lsa-da, bir-biri bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishdir.
Uchastka ichidagi mehnat kooperatsiyasi – ayrim ijrochilar va brigadadagi ishchilar kooperatsiyasidir. O’z navbatida, brigada ishlab chiqarishida ham ishchilarning mehnat kooperatsiyasi tashkil etiladi. Bu mehnat kooperatsiyasining eng oddiy shakli bo’lib, ishchilar guruhi mushtarak ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishda birgalikda qatnashish uchun birlashadi va bu topshiriqni bajarish uchun javobgar bo’ladi. Ishlab chiqarish brigadalaridagi ayrim ishchilarning mehnat kooperatsiyasi eng mustahkam kooperatsiya hisoblanadi, negaki xuddi mana shu yerda bitta ish joyida bir-biri bilan o’zaro bog’langan xodimlar guruhi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish jarayonining ma’lum bir qismini bajaradi.
Xodimlarni ishlab chiqarish brigadalariga uyushtirish zaruriyati har bir ayrim holda ishlab chiqarishning yoki xizmat ko’rsatishning xarakteri va hajmi bilan belgilanadi. Xususan:

  • bir xil ishni yoki xizmatni bajarish uchun har xil ijrochilarning hamjihatlik bilan birgalikda ishlashi talab qilinganida katta-katta va murakkab agregatlarga xizmat ko’rsatadi (temirchilik-pres sexlari, marten, domna pechlari oldida ishlash brigadalari);

  • mavjud ish maydoni va hajmidagi topshiriqni bitta xodim bajara olmagan taqdirda bir xil texnologik jarayonlarni bajarish uchun (bo’yoqchilar, suvoqchilar brigadasi, yuk ortuvchi yoki tushuruvchilar brigadasi);

  • ishlab chiqarish topshiriqlarini ayrim ish bajaruvchilarga taqsimlab berish imkoni bo’lmagan taqdirda (yirik jihozlarni, ekskovatorlarni, samalyotlarni yig’ish, uskunalarni montaj qilish ishlarini bajaruvchi brigadalar);

  • asosiy xodimlar guruhining mehnat samaradorligi xizmat ko’rsatuvchi-yordamchi xodimlarning aniq va puxta ishiga bog’liq bo’lgan hollarda (masalan, Bekobod metallurgiya kombinatida eritilgan metall suyuqliklarini qo’yish sexlarida kranchi va formalarga quyuvchilar bilan aralash brigadalar);

  • ayrim ijrochilarning doimiy ish joyi yoki ularning vazifalarini aniq belgilab berish imkoni bo’lmagan taqdirda maxsus kompleks brigada kabilar tuziladi.

Professional tarkibi qandayligiga qarab brigadalar ikki xil – ixtisoslashgan va kompleks brigadalardan iborat bo’ladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish