10.2.Mehnatni tashkil etish funktsiyalari va yo’nalishlari.
Mehnatni tashkil qilish – mehnat jarayoni boshlanishdan oldin ob’ekt va maqsadni belgilash, uslub va vositalarini tanlash hamda mehnat jarayonida ularni rioya qilinishi va ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta’minlash demakdir. Agar ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllaridan chetga chiqiladigan bo’lsa, jamiyat taraqqiyotini har qanday bosqichida mehnat mavjud bo’lganligi tufayli uni tashkil etish ham mavjud bo’lgan. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnatni tashkil etish jamiyatda mehnatni tashkil etishni asosiy elementlaridan hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning jamoa shakllari manufaktura va kooperatsiyalar vujudga kelganidan keyin mehnatni tashkil etish ayrim ijrochilargina emas balki ularning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish uning eng muhim funktsiyalaridan biriga aylandi. Mehnatni tashkil etish mehnatning miqdor va sifat nisbatlaridan belgilash va ularga rioya qilish, ularni zamon va makonda muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Mashinalashgan sanoat ishlab chiqarish mustaqil toifa bo’lgan mehnatni tashkil etishga asos soldi. Bu toifa esa ishlab chiqarish jarayonida ob’ektiv aloqalarni aks ettiradi, tegishli funktsiyalar va ularni bajaruvchilarni ajratib ko’rsatadi. Agar ilgari ishlab chiqarish jarayoni aslida mehnat jarayoniga va ishlab chiqarishni tashkil etish - mehnatni tashkil etishga o’xshash bo’lsa endi ular ob’ekt harakter va uslublariga ko’ra, shakllari, funktsiyalari va ularni ijro etuvchilarga ko’ra farq qiladi. Bunda mehnat vositalari xal qiluvchi ro’l o’ynaydi, mehnatni tashkil etish shakllari va uning elementlari yanada rivojlanadi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish deganda mehnatni muttasil va optimal ishlashni ta’minlash, ishlab chiqarish ijrochilari va moddiy texnika shart-sharoitlari o’rtasidagi aloqalar tizimini yaxshilashni mehnat jarayonini to’g’ri amalga oshirishni mehnat samaradorligini oshirishni tushunmoq kerak. Bunda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, mehnatni me’yorlash, mehnat intizomi, mehnat va dam olish rejimi, mehnat sharoitlari, mehnat muxofazasi, mehnat haqi, kadrlar tayyorlash, ularga bilim berish va ularning malakasini oshirish kabilar mehnatni tashkil etishning tarkibiy qismlaridir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish (MTQ) - bu mehnat jarayoni tizimi bo’lib, u fan va amaliyotda erishilgan yutuqlariga asoslanadi hamda mehnat unumdorligini oshirishga, mehnatni asta-sekin kishilarning birinchi hayotiy ehtiyojiga aylantirishga qaratilgan bo’ladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tugallangan, barqaror tizim bo’lib bo’la olmaydi, chunki u konkret texnika bilan bog’liq va shu texnikaning xususiyatlari, odamga, uning bilimi va madaniyatiga qo’yadigan talablari bilan shartlangan bo’ladi. Shunday qilib, MTQga uning uslublarini yangi texnikaga, yangi bilimlar va yangi tajribaga muvofiqlashtirish maqsadida mehnatni muttasil ratsionallashtirib borish jarayoni deb qarash kerak.
MTQ doimo shakllanish va rivojlanish jarayonida bo’ladi. Uning ko’p muammolari tadqiqotlarni yana davom ettirishni taqozo etadi. Bu chunonchi, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalashning, shu jumladan, mehnatni brigada bo’lib, psixofiziologik jixatdan optimal shakllarini tanlashga, meoyorlarning og’irligini belgilash va baholash uslublariga, meoyorlash ishlab chiqish va boshqalar taaluqlidir.
MTQ quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
- mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash shakllarini tanlash;
- mehnat usullarini takomillashtirish;
- ish joylarini to’g’ri tashkil etish;
- mehnat sharoitini yaxshilash, mehnat va dam olish rejimlarini oqilona tashkil etish;
- ijodiy aktivlikni rivojlantirish va ongli mehnat intizomini tarbiyalash;
- kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish;
- mehnatni me’yorlash va rag’batlantirishdan iborat.
Odatda, mehnatni tashkil etish ishlari bir qancha yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
Korxonalarda texnika, texnologiya, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tashkil etish jarayonlarining rivojlanishi, xodimlarning madaniy-texnika darajasi o’sib borishi munosabati bilan mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashtirishni takomillashtirish. Bu vazifalarni hal etish eng avvalo, ijrochilarni joy-joyiga qo’yishni va ularning ish vaqtidan samarali foydalanishini ta’minlovchi eng muvofiq yo’llarni belgilashni, ko’p jihozda va ko’p agregatda xizmat ko’rsatish hamda kasblar o’rindoshligining eng samarali shakllarini tanlashni, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jamoasidagi har bir a’zoning vazifalarini, huquq va burchlarini aniq va to’g’ri belgilashni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |