4.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini me’yorlashtirish
Xom-ashyo va materiallar, komplektlovchi buyumlar zaxirasini minimal zaruriy darajasi korxona kam xarajat bilan uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Zaxiralarni rejalashtirishda mahsulot sotishni kengaytirish va xaridor bilan istemolchi o’rtasida o’rnatiladigan uzoq muddatli xo’jalik aloqalarini hisobga olish zarur. Bunda tranzit va ombor ta’minotining optimal uyg’unlashtirish sharoitida ratsional zaxira me’yorlarini o’rnatishga e’tibor berish zarur.
Ishlab chiqarish zaxiralari nisbiy va absolyut kattaliklarda o’lchanadi.Nisbiy kattaliklarda zaxira hajmi material turini iste’mol qilish kunlari soni bilan o’lchanadi. Absolyut kattalik natural birliklarda aniqlanadi(tonna, metr, kilometr, dona va h.k)
Moddiy texnik ta’minot rejasini ishlab chiqishda ularning zaxiralari me’yorlari reja yilidan keying yil boshiga o’tuvchi zaxira me’yori sifatida hisoblanadi va korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan material resurslarga yillik talabimi aniqlashga mo’ljallanadi. Ushbu normalar mahsulotning nomenkulaturaviy guruhlari bo’yicha ishlab chiqilishi kerak.Keyingi yilga o’tuvchi ishlab chiqarish zaxiralaridan tashqari operativ zaxira me’yorlari aniqlanadi.
Meyorlashtirishda ishlab chiqarish zaxiralari joriy va tayyorlov va sug’urta zaxiralariga bo’linadi.
Joriy zaxira- ikki ta’minot orasida ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tayyorlov zaxira korxonaga keltirilayotgan materiallarni ishlab chiqarishda iste’mol qilishga tayyorlash vaqti uchun talab etiladi.Agar buning uchun materiallarni dastlabki texnologik ishlov berish operatsiyalari talab etilsa, tayyorlov zaxirasi kunga teng deb qabul qilinadi. Ular yuqorida aytilgan operatsiyalar ko’zda tutilsa tayyorlov zaxirasi miqdori ushbu operatsiya uchun talab etilgan minimal vaqtdan kelib chiqib belgilanadi.
Sug’urta zaxira ta’minot intervalidan chetlanish holatida ishlab chiqarishni uzluksiz ravishda material bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.Tranzit shakldagi ta’minotdan sug’urta zaxirasi me’yori joriy zaxira kattaligi me’yorida, lekin 15 kundan oshmagan miqdorda o’rnatiladi.
Materiallarni kelishilgan oy ichidagi ta’minot grafigi bo’yicha yetkazib berilganda, sug’urta zaxirasi pasaytirilgan miqdorda o’rnatilishi kerak.
Ishlab chiqarish zaxiralarini me’yorlashtirish materiallarning har bir nomenklatura guruhi bo’yicha ta’minot shakli va tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi kerak.
Amaliyotda ta’minotning zaxiralarini shakllantirishga ta’sir qiluvchi 4 ta variantidan foydalaniladi.
1-variant.Material yil davomida barqaror oylik kalendar grafik bo’yicha keltiriladi.Bunday sharoitda joriy zaxira 1-yanvardan material keltirilgan davrgacha bo’lgan kunlarga teng deb qabul qilinadi.Tayyorlov zaxirasi 1kun sug’urta zaxira kattaligi 5 kundan oshmagan miqdorda belgilanadi.
2-variant. Material oyda bir marta keltiriladigan joriy zaxira kattaligi ta’minot intervali yarmiga teng bo’lgan kunlarga teng deb qabul qilinadi.
3-variant. Matreial ta’minotchi ish sharoitidan kelib chiqib kvartalda 1 yoki 2 marta qa’tiy belgilangan oylarda keltiriladi. U holda joriy zaxira kattaligi quyidagicha belgilanadi.
1 va 2 oylarda keltirilsa 15-kun plyus ta’minotchidan keltirish davri miqdorida;
1 va 3 oyda keltirilsa 30 kun plyus keltirish davri;
2 va 3 oyda keltirilgan holatda 45 kun plyus keltirish vaqti (kun);
Kvartalda keltirilsa 1- yanvardan ta’minot oyining 15 kunigacha bo’lgan kunlar soniga mos keltirish vaqti.
Tayyorlov zaxirasi 1-variantdagi usulda hisoblanadi, sug’urta zaxirasi 15 kundan oshmagan miqdorda belgilanadi.
4- variant. Materiallar ishlab chiqarishga yirik partiyalarda kiritaladi.Kiritish intervali ta’minot intervalidan kotta bo’lmagan holatda joriy zaxira kattaligi materiallarni ishlab chiqarishga kiritish intervali yarmiga teng qabul qilinadi.
Tayyorlov zaxirasi rejalashtirilmaydi;
Sug’urta zaxira, joriy zaxira me’yoriy darajasida lekin 15 kundan ortmagan miqdorda belgilanadi.
Ishlab chiqarish darajalari me’yorlarini hisoblash uchun me’yor tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi elementlarini chegaraviy miqdorini ifodalovchi oldindan hisoblangan normativlardan maksimal foydalanishni talab etadi
Ishlab chiqarishni material resurslar bilan o’z vaqtida ta’minlanishi ishlab chiqarish zahiralari miqdori va to’liqligiga bog’liq.
Ishlab chiqarish zahiralari – korxona omborxonasiga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilmagan ishlab chiqarish vositalaridir. Bunday zahiralarni tashkil etish materiallarda sexlar va boshqa ish o’rinlariga texnologik jarayon talablari bo’yicha yetkazib berishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish zahiralarini boshqarishda korxona quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Barcha material nomenklaturasi bo’yicha zahira normasini ishlab chiqish;
2. Omborxonalarda zahiralarni to’g’ri joylashtirish;
3. Zahira darajasi ustidan operativ nazoratni o’rnatish;
4. Zahiralarni saqlashni tashkil etish;
Ishlab chiqarish zahiralarini me’yorlashtirish – ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash maqsadida material resurslar turi bo’yicha minimal sarf miqdorini aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |