Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Zamonaviy sharoitlarda ish joylarini rejalashtirishga va loyihalashga qo’yiladigan talablar



Download 1,05 Mb.
bet47/60
Sana05.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#530999
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Bog'liq
MEYOR MARUZA

11.2. Zamonaviy sharoitlarda ish joylarini rejalashtirishga va loyihalashga qo’yiladigan talablar.
Odatda, yuqori mehnat unumdorligi (samardorligi)ning asosiy shartlaridan biri – bu, ish joyini tashkil etishdir.
Ish joyini tashkil etish deganda, har bir ish joyida yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun zarur bo’lgan hamma sharoitlarni ta’minlash bilan bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to’la foydalanishni, mehnatning mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta’minlashga qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Har bir ish joyining maqsadga muvofiq tashkil etilishi ishchi o’z vazifasini bajarishiga qulaylik tug’dirishi, ish vaqtining bekor ketmasligini, isrof bo’lmasligini ta’minlashi, ishlab chiqarishda madaniy va sog’lom mehnat vaziyatini vujudga keltirishi lozim.
Har bir xodim yoki raxbar o’ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun uning ish joyi to’g’ri tashkil etilgan bo’lishi kerak. Texnika va ish kuchidan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, tayyorlangan mahsulotning yoki ko’rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish ko’p jihatdan ish joyining to’g’ri tashkil etilishiga bog’liq. Korxonadagi ish joyi mehnatni tashkil etish tizimining g’oyat muhim bug’inidir, chunki u har bir xodimning o’z mehnatini bevosita sarf qiladigan ishlab chiqarish maydonidir. Tabiiyki, bunda sarf qilinadigan mehnatning samarali bo’lishi shu maydonning yaxshi, maqsadga muvofiq va qulay tashkil etilishiga bog’liq.
Ish joyining yaxshi tashkil etilmasligi natijasida ishlab chiqarishda ko’p nobudgarchiliklar yuz beradi. Bu nobudgarchliklarning sabablari yuzaki qarashda ahamiyatsiz bo’lib ko’rinsa - da, aslida juda xunuk natijalarga olib keladi. Masalan, xom ashyolarning noqulay joylashtirilishi natijasida ishchi ortiqcha, keraksiz harakatlar qilishga majbur bo’ladi va bunga ko’p vaqt yo’kotadi, qurol - asboblar, uskunalar saqlanadigan idishda tartib bo’lmasa, ular aralash - quralash bo’lsa, ishchining zarur asbobni qidirib topishga ancha vaqti ketadi, u asabiylashadi va h.k.lar.
Ish joyini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e’tibor berish lozim:
1. Ish joyida zarur uskunlar, qurol-asboblar, xom ashyolar, zarur bo’lganda jihoz ham ishchi o’z vazifasini bajarishi uchun yetarli miqdorda taxt turishi kerak. Bu ashyolardan bittasining ham yetarli miqdorda bo’lmasligi vaqt bekor sarflanishiga sabab bo’ladi. SHuningdek, ularning keragidan ortiqcha bo’lishi ham zararlidir. Negaki ortiqcha narsalar xodimlarning o’tish yo’llarini to’sadi, ortiqcha aylanma mablag’ talab qiladi, ba’zi narsalar ishlatilmasdan, uzoq vaqt turib qolib, buzilishi, aynishi ham mumkin.
2. Qurol, asbob va boshqa hamma mehnat buyumlari foydalanish uchun qulay holda joylashtirilishi kerak. Xom ashyolar va materiallar ulardan foydalanish joyiga, tez-tez ishlatib turiladigan asbob va uskunalar ish joyiga yaqin turishi lozim.
3. Ish joylariga xizmat ko’rsatish uchun maxsus yordamchi xodimlar ajratilishi va ular ish joylarini zarur ashyolar - materiallar va h.k. lar bilan uzluksiz ta’minlab turishlari shart.

  1. Ish joyi ijrochining mehnatini yengillashtiradigan, ish unumini oshiradigan va tartibga solib turadigan maxsus moslamalar bilan ta’min etilishi lozim.

  2. Ish joyini tashkil etishda amaldagi sanitariya normalariga, uskunalardan foydalanish, texnika xavfsizligi, sanoat estetikasi va h.k.lar to’g’risidagi ko’rsatma va qoidalarga to’la rioya qilinishi zarur.

  3. Ish joyi maydonining hajmi oldindan puxta hisoblab belgilanishi, ishni ijro qiluvchi kishi amallarni siqilmasdan, erkin harakat qilib bexavf bajaradigan, bu jarayonda va umuman, asbob-uskunalardan, jihozlardan, xom ashyolardan foydalanishda maydon doirasida bir joydan ikkinchi joyga bemalol jila oladigan bo’lishi shart.

  4. Signal va aloqa tartibi (tizimi) ijrochi bilan usta (rahbar)ning hamda ijrochi bilan sex ichidagi xodimlarning bir-birlari bilan doim xabarlashib turishlarini ta’min etadigan bo’lishi zarur.

Ish joyini maqsadga muvofiq tashkil etish xodimlarga vazifalarini bajarishni yengillashtirishi, vaqti unumsiz sarflanishini bartaraf qilishi, samarali faoliyat ko’rsatishi uchun madaniy va sog’lom sharoit yaratishi joiz.
Har bir ish joyini tashkil etishda unda bajariladigan ish yoki xizmat hajmi, mehnat amallarining miqdori va bajarilish tartibi, asbob-uskunalar miqdori, xizmat ko’rsatish tizimi, mehnat va ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik darajasi kabi omillar nazarda tutilishi lozim. 9



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish