“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


qisman (ayrim) mehnat taqsimoti



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/66
Sana17.10.2022
Hajmi1,18 Mb.
#853604
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
Bog'liq
“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni

qisman (ayrim) mehnat taqsimoti
– bu, mikroiqtisodiyot ishlab 
chiqarishida, ya’ni bir korxona ichida mehnatning kasb va ixtisoslar bo’yicha 
sexlarga, uchastkalarga va alohida ijrochilarga taqsimlanishidir. 
Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehnat funktsiyalarining ayrim korxona
va alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: sexlar, uchastkalar, brigadalar, guruhlar, 
zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuningdek ularning kasb malaka
guruhlari o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi. Mehnat taqsimotining bu turi
ancha murakkab va muhim bo’lib, unda muayyan va mehnat jarayonlari
alohidamehnat taqsimoti doirasida sodir bo’ladi. Iqtisodiy natijalar ham ana shu 
darajada amalga oshiriladi, ijrochilarning ixtisoslashuvi va ular kasb mahoratining
ortishi, ixtisoslashgan yuqori unumli asbob-uskunalarning tatbiq etilishi, mehnat 
unumdorligining ortishi. Mubolag’asiz shuni aytish mumkinki, xozirgi zamon
texnikai, texnologiyasi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bo’lishi mumkin emas.
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarining amaliyotda mehnat 
taqsimotining quyidagi shakllari ham bor: funktsional mehnat taqsimoti; 
texnologik mehnat taqsimoti; malakali mehnat taqsimoti. 
Xodimlar alohida guruhlarining ishlab chiqarishdagi vazifalari va roli 
ijtimoiy xarakteriga binoan taqsimlanishi funktsional taqsimot, deyiladi. Asosiy 
funktsional guruhlarga quyidagilar kiradi: xodimlar, muhandis-texnik xodimlar, 
xizmatchilar, kichik xizmatchi xodimlar (farroshlar, garderobchilar, xat 


92 
tashuvchilar) va qoravullar (=o’riqchilar va yong’indan saqlovchilar). Xodimlar 
guruhi asosiy va yordamchi xodimlarga bo’linadi. Texnologik jarayonning barcha 
bosqichlarida asosiy mahsulotni bevosita tayyorlashda qatnashuvchi xodimlar 
(to’quvchilar, ip yigiruvchilar, matolarni bo’yovchilar) asosiy xodimlar 
hisoblanadi. Yordamchi xodimlar asosiy xodimlarning normal, uzluksiz ishlashini 
ta’minlashadi. 
Vazifalar va ularni bajarish uchun kerakli mehnat ko’nikmalarining 
texnikaviy xususiyatlariga qarab funktsional guruhlar ichida kasb va ixtisoslar 
bo’yicha mehnat taqsimoti professional yoki texnologik mehnat taqsimoti, 
deyiladi. To’qimachilik ishlab chiqarishida, masalan, yigiruvchilik, xususan, 
to’qimachilik va hokazolar ana shunday taqsimotga misol bo’la oladi. Professional 
mehnat taqsimotining ikki xili bor: predmetbay (detalbay) va operatsiyabay mehnat 
taqsimoti. Predmetbay mehnat taqsimotida xodim tayyor buyum yoki qism ishlab 
chiqaradi. Operatsiyabay mehnat taqsimotida esa buyumni (detalni) tayyorlash 
qator amallarga bo’linib, har qaysi amalni alohida xodim bajaradi. Feodalizm 
jamiyatida sex hunarmandchiligi ko’rinishidagi predmetbay mehnat taqsimoti 
hukmron bo’lib, unda har bir usta (aravasoz, etikdo’z, temirchi, kulol, qo’xnado’z 
va h.k) bitkazib, tayyor qilingan buyum chiqarishga ixtisoslashgan. Operatsiyabay 
mehnat taqsimoti esa kapitalistik manfakturada keng miqiyosda qo’llanilgan. 
Bunda tor ixtisoslashuv hunarmandchilik mehnat qurollari negizida mehnat 
samaradorligining keskin o’sishini ta’minlaydi.
Kasbiy mehnat taqsimoti xodimlarning ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi. 
Bunda ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. 
Har bir tur ish (xizmat) hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni - sex, uchastka, 
ishlab chiqarish, korxona, birlashma va hakozalar uchun kasblar bo’yicha talab 
qilinadigan xodimlar sonini belgilash mumkin. 
Korxonalardagi mehnat taqsimoti shakillari xodimlarning o’rnashib 
qolishiga, mehnat resurslarining bilim va madaniy saviyadan foydalanish 
darajasiga, ya’ni mehnat unumdorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ish vaqtidan 
tejamkorlik bilan va to’liq foydalanish uchun sharoit yaratish, har bir xodimning 


93 
mehnatini mumkin qadar mazmunli va qiziqarli qilish, salomatligi va ish qobiliyati 
saqlanib qolishini ta’minlash – davlat va nodavlat korxonalaridagi mehnat 
taqsimoti oqilona bo’lishiga qo’yiladigan talablar ana shulardan iborat. 
Mehnat taqsimotining asosiy afzalliklari shundaki, bunda yuqorida bayon 
etilganidek, xodimning mehnati ixtisoslashib, ish unumi oshadi. Vazifalar doirasi 
cheklanganligi uchun ularni ko’p marta takrorlayverishga tezroq moslashib qolish, 
kerak harakatlarni avtomatik bajarishga ko’nikish, eng mukkamal ish usul va 
uslublarini topish hamda pirovard- natijada vaqt va kuchni tejashga erishish imkoni 
tug’iladi. 
Ammo, ixtisoslashtirishning, ayniqsa, yuqori darajada ixtisoslashtirishning 
afzaliklari bilan birga iqtisodiy, ayniqsa, ijtimoiy va psixologik jihatdan jiddiy 
kamchiliklari ham bor. 
Har bir xodimga faqat bitta vazifa yoki bitta ish usuli, masalan, yigirish 
jihozlarida yigiruvchiga uzilgan iplarni ulash, o’rnatuvchiga pilik almashtirish, 
ramkadagi pilikka qarab turish va hokazolar topshirib qo’yilsa, shundagina to’liq 
ixtisoslashtirish sodir bo’ladi. 
Funktsional mehnat taqsimotining birinchi ijtimoiy kamchiligi –xodimning 
kundalik mehnatini mazmundorlikdan, ijodiy elementlardan butunlay mahrum 
qilishdir. Bunda mehnatning yoki xizmat ko’rsatishning qiziqarliligi qolmaydi va u 
insonning dastlabki hayotiy ehtiyojiga aylana olmaydi. Bundan tashqari, tor 
ixtisoslashtirish mustaqil respublikamizning mehnatga layoqatli aholisi erishgan 
intelektual darajadan to’liq foydalanish imkonini bermaydi, qolaversa, o’qimishli 
va qobiliyatli yoshlarni qanoatlantirmaydi, bu hol xodimlarning qo’nimsizligiga 
manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.
8
Funktsional mehnat taqsimotida mehnat jarayoni haddan tashqari 
maydalashib ketishining ikkinchi psixofiziologik kamchiligi uning zerikarliligi, 
natijada tez toliqtirish va ish qobiliyatini pasaytirib yuborishidir. Haddan ortiq 
zerikarli mehnat asabiy-psixik kasalliklarga sabab bo’lishi ham mumkin. 
8
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. -T.: Mehnat, 2009. 137-138-betlar 


94 
Mehnat psixologlari bilan mehnat fiziologlarining ilmiy tadqiqotlari 
zerikarli, bir xildagi mehnatning oqibatlari yomonligini to’liq tasdiqladi. Kundalik 
vazifalarning xilma-xil bo’lishi turli tuyg’u organlarini va turli muskul guruhlarini 
galma-gal ishga solish – bu, asab induktsiyasi qonuniga binoan mehnat jarayonida 
dam olishga imkon beradi. Buning teskarisi, ya’ni bir xildagi harakatlarni tez-tez 
takrorlayverish esa xodimning funktsional holatiga yomon ta’sir ko’rsatadi. Buning 
sabablari, birinchidan, oddiy harakatlar miyaning faol ijodiy ishlashini talab 
qilmay, kam miqdordagi asab elementlari ishtirokida bajarilib, ayni vaqtda bu asab 
elementlari ko’pchiligining tonusi past bo’lishi natijasida kishini uyqu bosib, uni 
yengish uchun anchagina zo’r berish talab qilinadi, ikkinchidan, xuddi o’sha 
harakatlarni hadeb takrorlayverish yana shu kichkina bir guruh asablarning haddan 
tashqari zo’riqishiga olib kelib, ularni tez charchatib qo’yadi. 
Bir xildagi ish qilaverilganda ijodiy asos yo’qligi bois o’z mehnatiga 
qiziqish yo’qoladi, bu xodimlar ko’nimsizligiga sabab bo’ladi. 
Zerikarli ishga nisbatan reaktsiya har xil bo’lib, bu narsa odamning 
psixologik xususiyatlariga, ma’lumot darajasi va mehnat faoliyatiga, stajiga 
bog’liq. Erkaklar va yuqoriroq ma’lumotli kishilar zerikarli ishga, ayniqsa, 
chidamsiz bo’lishadi. Ish staji ko’p bo’lganda bir xillikka ko’nikish, ishni 
avtomatik bajara bilish va boshqa narsalarni o’ylay olish mumkin bo’lib qoladi. 
Mehnatning zerikarligi faqat ish usullarining xilma-xil emasligigagina emas, 
balki ularning davom etish vaqtiga va buning hosilasi sifatida ish usullarining 
takrorlanish tezligiga ham bog’liq. Fiziologlarning ma’lumotlariga ko’ra, ana shu 
alomatga binoan mehnat sharoiti 1-jadvalda keltirilgan. 
10.1-jadval 
Bir xil ish usullarining takrorlanish tezligiga ko’ra mehnatning zerikarlilik darajasi
Bir ish kuni davomidagi zerikarlilik ulushi 
ish vaqti fondining 75 % idan ziyod 
bo’lganda mehnat zerikarliligining tavsifi 
Bir xil usullarning soatiga 
takrorlanish soni 


95 
Normal (kam zerikarli) 
180 gacha 
I toifa (ko’proq zerikarli) 
181-300 
II toifa (ko’p zerikarli) 
301-600 
III toifa (juda ko’p zerikarli) 
600 dan ortiq 
Muayyan sharoitda haddan tashqari ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini 
shu qadar o’stirib yuboradiki, bunday holatga e’tiborsizlik bilan qarash yaramaydi. 
Bu, jumladan, uzluksiz-potok ishlab chiqarishga taalluqlidir. Bunday hollarda 
zerikarlilikning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun mehnat psixologiyasi ishlab 
chiqadigan maxsus choralar ko’rilishi kerak. Masalan, xodimlarni vaqti-vaqti bilan 
bir operatsiyadan (ish turidan) ikkinchisiga o’tkazib turish, funktsional muzika 
eshittirish, ish kuni davomida konveyerning harakat tezligini o’zgartirib turish ana 
shunday choralardan bo’lib, buning natijasida mehnat ritmi o’zgaradi-da, inson 
organizmida tez, foydali o’zgarish yuz berib, bunda odamning miyasi ham ishtirok 
etadi. 
Funktsional mehnat taqsimotining uchinchi – iqtisodiy kamchiligi shunday 
iboratki, muayyan sharoitda mehnat va uskunalar unumdorligi, mahsulot sifati 
tashkiliy sabablarga ko’ra pasayib ketishi mumkin. CHunonchi, ko’p jihozlarda 
ishlashda u yoq-bu yoqqa borib-kelish vaqti majburan ko’payadi. Agar jihozlarga 
kompleks xizmat ko’rsatishda yigiruvchi o’z zonasini bir marta aylanganining 
o’zida uzilgan iplarni ulab, pilikli g’altaklarni o’rnatib, zarurat bo’lgan joylardagi 
gard-changlarni qoqib-tozalab ham qo’ysa, funktsional mehnat taqsimotida esa bir 
xodim uzilgan iplarni ulash uchun zonani aylanib chiqadi-da, ikkinchisi g’altak 
o’rnatish uchun, uchinchisi esa jihozlarni qoqib-tozalash uchun xuddi o’sha yo’lni 
bosib o’tadi. Masalan, uzilgan iplarni ulash singari bittagina, tasodifiy usulni 
bajarganda ko’p stanokchi odatdagidan ko’proq jihozga xizmat ko’rsatishi kerak 
bo’lib, bu esa navbat kelishini kutib, bekor turish vaqti ko’payishi oqibatida 
uskunalar unumdorligi pasayishiga olib keladi. Vazifalar alohida ijrochilar 
o’rtasida taqsimlab qo’yilganda, mehnat natijasi uchun ma’suliyatsizlik sodir 
bo’lib, mahsulot sifati pasayib ketishi mumkin. Masalan, uzluksiz potok ishlab 


96 
chiqarishida nuqsonli mahsulot tayyorlashga yo’l qo’ymaslik uchun oraliq nazorat 
kerak. Biroq, yigiruv mashinalarida esa bunday qilib bo’lmaydi, chunki uzilgan 
iplarni ulash bilan pilik o’rnatish uchun amalda alohida-alohida ma’sul odamlar 
belgilab qo’yishning iloji yo’q. 
Mehnatni tashkil etish va uni rag’batlantirish progressiv shakllardan sanalib, 
u tor ixtisoslashtirish kamchiliklarini yo’qotishning samarali vositasi bo’lib xizmat 
qiladi. 
SHunday qilib, har bir tipdagi jihozlarga bir xodim to’liq xizmat 
ko’rsatadigan, bir vazifa yoki bir xil ish bajaradigan qilib ixtisoslashtirish yo’li 
bilan ham mehnat taqsimoti muammolarini samarali va yetarli hal qilib bo’lmaydi. 
Mehnat taqsimoti optimal shakllarini mehnatning ijtimoiy va psixofiziologik 
sharoitiga hamda pirovard-natijada yuksak mehnat unumdorligiga erishishga 
ixtisoslashtirish qay darajada ta’sir ko’rsatishini hisobga olib tanlash kerak. 
Mehnat taqsimoti shakllari o’zgarmas bo’lib qolavermaydi. Ularni doimo 
takomilashtirib borish hamda texnika taraqqiyotiga va xodimlarning madaniyat - 
texnikasi saviyasiga muvofiqlashtirib borish kerak. CHunonchi, pnevmoyigiruv 
mashinalarining va mokisiz to’quv jihozlarining paydo bo’lishi yigiruvchilar bilan 
to’quvchilarning vazifalarida ham, ish bajarish usullarida ham o’zgarish bo’lishiga 
olib keladi. Mehnatni tashkil qilish va rag’batlantirishning jamoaviy shakllari ham 
yondosh kasblarni o’rganishga keng imkoniyat yaratadi, mehnatni xilma-xil, 
mazmunli va qiziqarli, kam zerikarli va charchatmaydigan qiladi. 
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimoti eng samarali 
bo’lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim: 
a) ishchiga bajarish uchun bir xil malaka va taxminan bir xil texnika bilimini 
talab etadigan ishni topshirishga harakat qilmoq kerak. Malakali ishchilarni yuqori 
malaka talab etmaydigan ishlar bilan band qilmasdan, unday ishlarni kam malakali 
ishchilarga topshirish maqsadga muvofiqdir. SHunday qilinganida malakali ish 
kuchlariga bo’lgan talab va ish haqi xarajati kamayadi; 
b) ko’p stanokda ishlovchi ishchilarni mashinaning to’xtab turishi bilan 
bog’liq davomli ishlardan (masalan, to’quvchini to’qish jihozlaridagi uzilgan 


97 
iplarni ulashdan) xalos qilmoq kerak. SHunday qilinganida mashinalarning to’xtab 
turishi kamayadi, mehnat samaradorligi yanada oshadi; 
v) ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining imkon boricha foydali ish 
bilan to’la band bo’lishlariga erishish kerak. Buning uchun barcha kasblar uchun 
yetarli miqdorda ish mavjud bo’lishi shart. Zarur paytlarda ishchiga bir necha, bir 
xil mashinada ishlashni topshirib, uni ish bilan to’la band qilish mumkin; 
g) yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun qilinadigan mehnat 
taqsimotida ishchilarning bir-birlariga o’zaro yordami uyushtiriladi. Ammo bunda 
vazifalarning bekor qilinishi va mas’uliyatsizlik yuz berishiga yo’l ko’ymaslik 
lozim. Ba’zi to’qimachilik korxonalarida yig’ib oluvchi (s’yomshitsa

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish