17
asoslanganlik, ya’ni aniq ishlab chiqarish sharoitida qo’llash uchun real bo’lishi
zarur
komplekslilik, ya’ni korxonada barcha turdagi rejaviy hisoblarni amalga
oshirish asosi bo’lishi.
normativ ma’lumotlarni saqlash, ya ngilash va aniqlashning yagona
tamoyillariga asoslangan bo’lishi.
Korxonada barcha me’yorlarni qanday joriy etilayotganligini nazorat qilib
boriladi. Mer’yorlashtirish bilan bog’liq ishlar korxona ishlab chiqarish quvvatiga,
ishlab chiqarish tarkibiga va ishlab chiqarish harakteriga bog‘liq vazifalarga asosan
olib boriladi. Sexlarning ishlab chiqarish bo‘limlarida mehnatni me’yorlash ning
operativ ishlari sex normalovchilari tomonidan bajariladi. Uchastka,
sex va boshqa
ishlab chiqarish bo‘limlarida resurslar va mehnatni me’yorlash holatini tekshirish,
ularni tahlil qilish va natijalarni solishtirish ishlari olib boriladi. Korxonadagi
barcha mehnatni me’yorlash ishlarini operativ normalashga bog‘liq ishlarga va
normativ tekshirish ishlarga bo‘lish mumkin.
Normativ tekshirish korxonani istiqbolli rivojlanishiga bog‘liq ko‘pgina
savollarning yechimini o‘z ichiga oladi. Ular tarkibiga quyidagi savollarni kiritish
mumkin:
1. Resurslarni normalash qobig‘ini kengaytirish. Hozirgi vaqtda asosan
asosiy ishbay ishchi mehnati normalashtirilmoqda.Bu
toifa ishchilarni mehnat
me’yorini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo‘llash, har bir ishchining «har
birining qobiliyatiga qarab ,har birini mehnatiga qarab » prinsipi asosida ishlab
chiqarishga qo‘shgan mehnatini ob’yektiv bahosiga bog‘liq holda olib boriladi;
2. Resurslar me’yorlarni ishlab chiqarishni tashkiliy texnik darajasini o‘zaro
birligini ta’minlash. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish
va uni yuqori ishlab
chiqaruvchi texnika bilan ta’minlashni aktiv jarayoni , mehnat operatsiyalarini
harakteri va tarkibiga hamda ularni bajarishga ketadigan vaqtni tekshirishga
yaratilgan ishlab chiqarish sharoiti ta’sirini doimo o‘rganib borishga majbur etadi.
Bu ishni bajarish mehnat sig‘imini kamaytirish
zahiralarini topishga, ratsional
texnologik jarayonlarni loyihalashga mukammal texnikani, texnologiyani, mehnat
18
va ishlab chiqarishni tashkil etishni e’tiborga olgan holda asoslangan mehnat
me’yorlarini ishlab chiqishga imkon yaratadi;
3. Ilg‘or mehnat shakllarini, ilg‘or ishchilar
ishining eng yaxshi usul va
uslublarini o‘rganish va aloqada bo‘lish. Ilg‘or tajribani keng qo‘llas h ishchilarni
ratsional mehnat usullarni qo‘lga kiritishga sharoit yaratib berish, ko‘pchilik
ishchilarni ishlab chiqarish imkoniyatini oshirishga va shu bilan birga yanada
asoslangan mehnat me’yorlarini ishlab chiqarishga qo‘llash imkoniyatini yaratadi;
4. Eskirgan va texnik asoslanmagan tajriba-statistik me’yorlarni
almashishiga kerakli sharoit yaratuvchi tashkiliy texnik tadbirlar rejasini ishlab
chiqish;
5. Mehnat unumdorligi va ish haqini o‘sish tempini o‘rganish mehnat
unumdorligini ilg‘orlashuvini ta’minlovchi ko‘rsatmalarini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: