Me’yor tushunchasi



Download 0,62 Mb.
bet53/55
Sana25.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#508901
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
1 Укув материаллари сиртки таълим

Taqriz namunasi:
Тоshkent axborot texnologiyalari universiteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchilari К.А.Gayubova, N.D.Yulanovalar tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili fanidan uslubiy qo‘llanma”ga (Dasturiy injiniring talabalari uchun)
Т А Q R I Z
Ushbu qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligi, matnlarning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, telekommunikatsiya, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar va topshiriqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlar barchasi, bizningcha har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, boshqacha fikrlay boshlaydi. Matnlarning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim Talabalar uchun mo‘ljallangan qo‘llanma ta’lim olishda, qo‘shimcha shug‘ullanishda talablarga bemalol javob beradi. Uni nashr qilish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘llanma hozirgi talablarga to‘la javob beradi va o‘zbek tili mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi mumkin.
O‘zDJTU dotsenti,p.f.n. M.X. Axmedova


5.Til va terminologiya
Atamalar (terminlar) - ilm-fan, texnika, san’atga xos so’zlardir. Bular odatda bir ma’noni bildiradi: (tilshunoslikda) urg’u, kesim, undalma, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol va b.
Atamalar ikki guruhga bo’linadi:

Ilmiy atamalar


Kasbiy atamalar
Ma’lum bir fan doirasida qo’llaniladigan atamalar ilmiy atamalar deyiladi.
Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlarga kasbiy atamalar deyiladi.
Atamalar ilmiy nutqda qo’llanadi. Ular ikki xil usul bilan hosil qilinadi:
a) umumxalq ishlatadigan so’zlar orasidan ayrimlarining ma’nosi torayib, umumxalq tilida bir ma’noni, ilmiy nutqda esa boshqa ma’noni ifodalaydigan bo’lib qoladi: fe’l (umumxalq tilida xarakter, fe’l-atvor ma’nosini, ilmiy tilda so’z turkumi nomini bildiradi);
b) boshqa tillardan so’z olish orqali hosil qilinadi: omonim, paronim va b.
Termin [lot. (terminus – chek, chegara] Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo’lgan so’z yoki so’z birikmasi; atama. Botanika terminlari. Zargarlik terminlari. Paxtachilik terminlari.
Terminologiya [lot. terminus - chegara + yun. logos – fan, ta’limot]
1. Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasida qo’llanadigan terminlar majmui. Texnika terminologiyasi. Harbiy terminologiya. Il­miy terminologiya. O’zbek tili termino­logiyasi.
2.Tilshunoslikning terminlarni o’rganish, tartibga solish bilan shug’ullanuvchi sohasi. Terminologiya mutaxassisi. Ter­minologiya bo’limi. Seminar rus va o’zbek tillarining fonetikasini kiyosiy o’rganish, orfoepiya, terminologiya va leksikologiya masalalariga alohida e’tibor beradi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish