Me’yor tushunchasi



Download 0,62 Mb.
bet50/55
Sana25.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#508901
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
1 Укув материаллари сиртки таълим

4.Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari


Taqriz (arab. - ijobiy baho) - adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki Taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.
Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Kitob (film, teatr)da hikoya qilinadi.
Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman, mening fikrimcha…, Mening nazarimda…, … menga yoqdi, … menda katta taassurot uyg‘otdi, Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi.
Taqriz muallifi o‘quvchiga yangi chiqqan kitob, asar haqida batafsil ma’lumot berishi, uni o‘quvchiga ishonchli qabul qildira olishi, asar muallifi va ijodiy jamoani o‘z ishlariga ob’ektiv baho berganda asarning kamchiliklarini va uni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatgan holda qabul qilishga o‘rgatishi talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda taqrizchi yozuvchi bilan o‘quvchini, olim bilan uning hamfikrini orasida vositachidir.
Taqrizchi taqriz yozganda ikkita maqsadni oldiga qo‘yadi. Birinchisi- axboriy bilish (idrok etish), ya’ni asar va uning muallifiga tegishli bo‘lgan turli xil axborotlarni qo‘llay bilishi, ikkinchisi tadqiqot orqali, asarning haqiqiy qimmatini tahlil qilib berish kerak.
Taqrizning maqola janri bilan o‘xshash tomonlari shundaki, har ikkala janrda ham nazariy xarakteri kamroq, ko‘proq umumiy savollar, masalalar ko‘riladi.
Faqat, taqrizchi qoidaga ko‘ra yozgan taqrizini voqelikning bir bo‘lagiga bag‘ishlaydi. Maqolada esa, tadqiqot ob’ekti ahamiyatli darajada kengroqdir.
Oxirgi paytlarda taqrizning publitsistikaning korrespondensiya va maqola janrlari borgan sari yaqinlashayotganini kuzatish mumkin. Hatto taqriz elementlari to‘la o‘zida aks etgan bu janr turi kamayib ketayotganini e’tirof etish kerak.
Janrlarning o‘zaro yaqinlashuvi yoki aralashuvi tadqiq qilinayotgan asarni yana ham chuqurroq va maqsadga mavofiq tarzda o‘rganishga, uning yutug‘i va kamchiliklariga tanqidiy baho berishga izn beradigan ob’ektiv sabablarni paydo qiladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish