Nazorat savollari
1. Referat qanday uslubga xos matn? Nima uchun?
2. Referat qanday qismlardan tashkil topadi?
3. Referatda qanday savollarga javob beriladi?
4. Qanday konstruksiyalar referat uchun xos?
5. “Referat” so‘zining ma’nosi nima?
A d a b i y o t l a r:
1.Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.
2. Stephen Bailey. Academic Writing. A Handbook for International
Students. London, 2015.
3. A. SHomaqsudov, I. Rasulov, R. Qo‘ng‘urov, X. Rustamov. O‘zbek tili stilistikasi. T.: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1983.
4. YO. Tojiev, N. Hasanova, H. Tojimatov, O. Yo‘ldosheva. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari (ommabop qo‘llanma). Toshkent, 1994.
5.www.wikipedia,org
6.www.ziyonet.uz
7.www.referat.uz
3-mavzu. Annotatsiya matni, uning tuzilishi. Ilmiy maqola. Taqriz matni, uning tuzilishi va xususiyatlari. Til va terminologiya
Rejasi:
1. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
2. Annotasiya turlari
3. Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari
4. Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
5. Til va terminologiya
1. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
Аnnоtаtsiya - bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqida so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Annotatsiya (lotinchadan annotatio — mulohaza) yoki rezyume, qisqa xulosa (frantsuzchadan resume — «qisqa, qisqartirilgan») — kitob yoki biror bir asarning qiskacha mazmuni. Shuningdek annotatsiya — nashr (qulyozma. monografiya, maqola yoki kitob)ning qisqacha tavsifi bo’lishi ham mumkin. Annotatsiya asarning nashr etilgan vaqti va joyini, nominativ formasini, O’ziga xos ajralib turadigan jixatlari tasvirlaydi.
Annotatsiya kitob yoki maqolaning asosiy mavzusini o’z ichiga oladi.
Annotatsiya odatda ilmiy jurnallar, kitoblar boshida muallif va sarlavhadan keyin uchraydi.
Ingliz tilidagi adabiyotlarda annotatsiya ko’proq, «Abstract» nomi bilan uchraydi.
Aynan dars ishlanma annotatsiyasida quyidagilar bo’lishi mumkin:
qaysi sinf uchun mo’ljallangan;
dars ishlanmasi nechta o’quvchiga mo’ljallangan:
qisqacha tavsifi:
o’quvchilar qanday yangi bilim va ko’nikmalarni egallashadi:
darsda qandy metodlar foydalanilgan va boshqa ma'lumotlar.
(lot. annotatio – qayd) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qo‘lyozma mundarijasini, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. A Annotatsiyani kitobning o‘zida, bi-bliografik ko‘rsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi o‘quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo‘lyozma to‘g‘risida umumiy ta-savvur tug‘dirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam ko‘rsatishdir.
Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.
Annotasiya boshlang’ich hujjatda so’z boradigan savolga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |