Krivoship-koromisloli mexanizmlarni siljitilgan holatlarini qurish oldingiga o'xshash bo'lib, bunda krivoship nuqtalaridan shatun uzunligiga teng radiusda koromislo nuqtasining traektoriyasidagi aylanaga kertik (zasechka) o'tqazish bilan aniqlanadi
Krivoship-kulisali mexanizmlarni siljitilgan holatlarini qurish oson, krivoship, tosh va kulisa nuqtalari ustma-ust tushadi. (4.3-rasm.) Krivoship uzunligi va krivoship, kulisaning aylanish o'qlari orasidagi masofaga qarab, kulisa aylanma yoki tebranma harakat qilishi mumkin.
Zveno va unga tegishli nuqtaning tezligini aniqlash.
Oldin sterjenli mexanizm tezlik va klassifikasiyalarini ko’rib chiqamiz. Tezlik
To’g’risida gapirilgan fikrlar tezlanishga ham taalluqlidir. Tezlik - burchak va chiziqliga bo’linadi.
Zvenolar burchak tezlikka ega bo’ladi, shatun ham, har bir vaqt oralig’ida qandaydir nuqta atrofida aylanyapti deb faraz qilish mumkin. (absolyut harakatdagi oniy aylanishlar markazi yoki nisbiydagi sharnir zveno). Polzun bundan mustasnodir, u ilgarilanma harakatlanadi. Odatda burchak tezlik grek harifi (omega) bilan belgilanadi va ular rad/s larda o’lchanadi. Burchak tezlik ikki yo’nalish bo’yicha harakatlanadi: soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha va soat strelkasiga qarama-qarshi. Chiziqli tezlikka zveno nuqtalari va ilgarilanma harakat qiluvchi polzun kiradi. Chiziqli tezlik vektor kattalikdir va u lotin harifi v bilan belgilanadi. Chiziqli tezliklarni absolyut, nisbiy va relyativga ajratamiz.
Absolyut tezlik - bu qo’zg’almas stoykaga nisbatan tezlik. Tezlik bu nuqtaning indeksiga qarab belgilanadi, misol VV yoki Vs.
Nisbiy tezlik - zvenodagi bir nuqtaning ikkinchi nuqtasiga nisbatan tezligi. Asosan shatundagi nuqtalarning nisbiy tezliklarini kqrib chiqamiz, misol, Vcv S nuqtaning V nuqtaga nisbatan tezligi.
Relyativ tezlik - bu bir zvenodagi nuqtani mos ravishda tushuvchi boshqa zvenodagi nuqtaga nisbatan tezligi. Bu tezlikni kulisali mexanizmlarda ko’rib chiqamiz. V nuqta (3.4-rasm) 1-krivoship, va 2-toshda sharnir holatda tosh krivoship bilan bog’langandir; Shu vaqt oralig’ida bu nuqta 3-kulisadagi nuqta bilan ustma-ust tushadi. Vv3v1 (yoki Vv3v2) relyativ tezlik - bu kulisadagi V3 tezlikning krivoshipdagi V1 nuqtaga nisbatan tezlik (yoki V2 toshdagi nuqtaga). Tosh va kulisaning bir-biriga nisbatan ilgarilanma harakatini hisobga olgan holda, relyativ tezlik bu kulisani toshga nisbatan tezligi.
Tezliklarni aniqlashda grafoanalitik va analitik metodlar mavjud. Grafoanalitik
metodlardan eng ko’p tarqalgani tezlik rejasi va kinematik diagrammalar usuli. Analitik metodlar va kinematik diagrammalar keyinroq ko’rib chiqiladi. Bu yerda tezliklarni aniqlashni tezliklar rejasi yordamida ko’rib chiqamiz.
Tezliklar rejasi - bu absolyut, nisbiy va relyativ tezlik vektorlarda aniq masshtablarda qurilgan ko’pburchak. Buning yordamida mexanizmda oniy chiziqli va burchakli tezliklar berilgan holatlar uchun aniqlanadi (huddi shunday uzatishlar nisbatan ham topiladi, bu to’g’rida keyinroq gaplashamiz). Bu ko’pburchakda absolyut tezlik vektorlar tezlik rejasining qutbidan tashqariga qarab yo’nalgan bo’ladi, nisbiy tezlik vektorlari esa, absolyut tezlik vektorlarining oxirlarini birlashtiruvchi vektorlardir.
Bu holatda aylanuvchi zveno nuqtasining chizmadagi ifodasi zvenodagi bu nuqtaning radius-vektorining joylashuv ifodasiga teng bo’lsa, bunday tezlik masshtabini bosh zveno masshtabi krivoship masshtabi deyiladi. Tezliklar rejasini ko’rsatilgan masshtabda quramiz qutb p dan krivoship V nuqtaning tezlik vektorini, uning burchak tezligi yo’nalishiga mos ravishda o’tqazamiz. Bu vektor yuqorida aytilganidek mexanizm sxemasidagi krivoship uzunligiga teng va perpendikulyar bo’ladi, ya'ni pb = AB. Shatunga qaytamiz. V nuqta krivoshipga tegishli bqlmasdan shatunga ham tegishlidir, shuning uchun shatundagi V nuqtaning tezligi, krivoshipdagi V nuqtaning tezligi hamdir. V nuqtaning kinematik parametrlari bir xil. Shatun tekislikda murakkab harakalanadi, ya'ni, uning harakati V nuqtaning ko’chirma, ilgarilanma va V nuqta atrofida aylanma harakatidan iborat. Shatundagi S nuqtaning tezligini aniqlash uchun quyidagi vektor tenglamani yechish kerak.
S nuqta shatunga tegishli bqlish bilan birga polzunga ham tegishli, shuning uchun ularning tezligi bir xildir. Polzun yo’naltiruvchi bo’lib, ilgarilanma harakatlanadi, shu sababli S nuqtaning tezlik ta'sir chiziqi gorizontal yo’nalgan bo’ladi. Bu tezlik absolyut, shu sababli o’utb p dan gorizontal o’tqazamiz. VSV nisbiy tezlik shatunga perpendikulyar, u nisbiy harakatda V nuqta atrofida aylanadi. Shuning uchun (4.5) vektor tenglamaga asosan grafik qo’shishni bajarib, tezliklar rejasidagi V nuqtadan shatunga perpendikulyar O’tqazamiz. Bu ikki chiziqni uchrashish nuqtasida qaralayotgan nuqta topiladi. Shunday qilib, pc - bu S nuqtaning absolyut tezlik vektori, bc - esa V nuqtaning S nuqtaga nisbatan nisbiy tezlik vektori. Tezliklar rejasida S nuqtani topish uchun o’xshashlik teoremasidan foydalanamiz, bunga asosan, zvenodagi nuqtalarning nisbiy tezlik vektorlaridan qurilgan figura zvenolaridan qurilgan figuraga o’xshash bo’lishi kerak. Bunda zveno kesmalari va nisbiy pc tezliklar proporsionaldir. Agar S nuqta VS shatunning o’rtasida joylashgan bo’lsa, u holda tezliklar rejasida S nuqta VS nuqtalarning o’rtasida topiladi: ps - S nuqtaning absolyut tezlik vektori.
Ko’rilgan tezliklar rejasi yordamida mexanizmga tegishli zveno va nuqtalarning tezlik qiymat va yo’nalishi tezlik yo’nalishidan ko’rinib turadi, uning qiymatini mm larda olingan vektor uzunligini tezlik masshtabiga ko’paytirib topiladi. Masalan, S nuqtaning tezligi (yoki polzunning tezligi).
Shatunning burchak tezligini topamiz. Shatun tekislikda murakkab harakatlanadi, har bir vaqt momentida markazdagi aylanma harakat yoki V nuqta atrofidagi nisbiy harakatga bo’lish mumkin. Bu tezlik mexanizm sxemasi va tezliklar rejasi yordamida aniqlanadi.
Ya'ni shatunning nisbiy tezligini shatun nisbiy tezligiga bo’lib topiladi.
Burchak tezlik yo’nalishini aniqlash uchun, shartli ravishda tezliklar rejasidan vektorni mexanizm sxemasidagi S nuqtaga ko’chiramiz va shu vektor yo’nalishidan V nuqtaga nisbatan moment olamiz, shu momentning yo’nalishi o’ 2 ning yo’nalishini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |