Mexanizatsiyalash muxandislari instituti milliy tadqiqot universiteti



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana27.06.2022
Hajmi3,22 Mb.
#707889
1   2   3   4
Bog'liq
Nasimov D. Maqola Xotin qizlarga tayziq

Kalit so‘zlar:
 
zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy, iqtisodiy zo‘ravonlik, 
xulq-atvor, ruhiy tushkunlik.
Zo‘ravonlik
 
– insonlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki 
bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, 
jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari 
hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakatdir.
Zo‘ravonlik qurbonlari kimlar? Zo‘ravonlikka kimlar ko‘proq uchraydilar? Zo‘ravonlik 
qurbonlari asosan «indamaslar» bo‘lishadi. Ular har qanday tazyiqlarda, adolatsizliklarda ham o‘z 
fikrlarini erkin va mustaqil ayta olmaydilar. Bunday vaziyatlarda nima qilish kerak yoki qanday 
yo‘l tutish kerak? Ularni zo‘ravonlikni tan olish, zo‘ravonlikdan normal hayotgacha bo‘lgan 
qadamlarga o‘rgatish kerak. Bunda eng asosiy ta’sir odamlar va atrof-muhitdir. zo‘ravonlikka 
imkon berish kerak emas. 
Ayollarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonliklarda bolalarning ishtiroki tabiiy. Ular 
zo‘ravonlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurboni bo‘lishi bilan birga, onaga nisbatan qo‘llanayotgan 
xatti-harakatlarning ma’lum qismini o‘zlashtirishi xavfi ham bor. Bunday oilada bolaning reallikni 
qabul qilishi buziladi, zero u uchun haqorat va kaltaklar asta-sekin normal holatga aylanib boradi. 
Katta bo‘lgach uning o‘zi ham ana shunday zo‘ravonlik xatti-harakatlarini qo‘llashi mumkin yoki 
shunchaki bunday «yuk»ni ko‘tara olmaydi va bu ko‘pincha o‘z joniga qasd qilish bilan tugaydi.
2019 yil 17 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan 
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda zo‘ravonlikning quyidagi turlari berilgan:
- Jismoniy zo‘ravonlik. Og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari etkazish, xavf ostida 
qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega 
boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning 
o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish;
- Ruhiy zo‘ravonlik. Xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning 
sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, reproduktiv sohada nazorat qilish, o‘z xavfsizligi uchun 
xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar etkazgan 


120
XOTIN-QIZLАRNI TАZYIQ VА ZO‘RАVONLIKDАN HIMOYA QILISHNING MА’NАVIY-HUQUQIY АSOSLАRI
harakat (harakatsizlik);
- Jinsiy zo‘ravonlik. Xotin-qizlarning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir 
etish, shuningdek zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi 
voyaga etmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan 
jinsiy aloqa qilishga majburlash;
- Iqtisodiy zo‘ravonlik. Xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, 
uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, 
ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat 
(harakatsizlik)lardir.
Zo‘ravonlikning turlari ichida ruhiy zo‘ravonlikning insonlarga ta’siri juda yuqoridir. Bunday 
zo‘ravonlik insonlarda ruhiy tushkunlikka olib keladi.
Ruhiy zo‘ravonlikka quyidagilar kiradi:
- hissiyot va his-tuyg‘ularni tan olmaslik;
- uning fikrlari ustidan kulish;
- jazo chorasi sifatida jabrlanuvchining hissiyotlariga e’tibor bermaslik;
- yolg‘on so‘zlar aytib, undan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish;
- uning do‘stlari va qarindoshlariga xavf etkazaman deb qo‘rqitish va ular bilan aloqa qilishga 
yo‘l qo‘ymaslik;
- jabrlanuvchi bilan ommaviy joylarga chiqishdan bosh tortish;
- qarindosh-urug‘lar orasida sharmanda qilish;
- uydan ketishini aytib qo‘rqitish;
- kasal yoki homilador bo‘lganda unga yordam berishdan bosh tortish,
- tibbiy yordam olishiga qarshilik ko‘rsatish;
- doimiy ravishda tanqid qilish, xafa qilish, g‘azabga keltirish, ya’ni (sen juda semizsan yoki 
ozg‘insan, axmoqsan, eng bo‘lmag‘ur onasan…..) va hokazo. 
Zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar xulq-atvorida quyidagi xususiyatlar yuzaga keladi: 
- jabrlanuvchiga odamovilik, kamgaplik xos bo‘lib, oila a’zolari va yaqinlari bilan muloqot 
qilishni istamasligi;
- o‘ziga past baho berish, sha’ni, qadr-qimmati kamsitilganligi yuzasidan chuqur iztirobga 
berilishi;
- qo‘rquv va xavotirdaligi sababli noilojsizlik hissiyotlarini namoyon etishi;
- o‘zining tashqi ko‘rinishi, tabiiy ehtiyojlariga beparvo bo‘lib, tez-tez o‘z joniga qasd qilish 
to‘g‘risida fikrlashi yoki o‘z hayotiga suiqasd qilishga harakat qilishi;
- ovqat yemasligi yoki haddan ziyod iste’mol qilishi, spirtli ichimliklar, giyohvand, zaharvand 
moddalar iste’mol qilishni xohlashi;
- muloqot paytida ko‘zlarini olib qochishi, ko‘z yosh to‘kishi, odamlarga ishonchsizlik bilan 
munosabatda bo‘lishi;
- o‘z farzandlariga nisbatan loqayd yoki tajovuzkor munosabatda bo‘lishi aniqlandi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, psixologik zo‘ravonlik nevropsixiatrik kasalliklarga 
olib keladi, ayollarning aqliy va jismoniy rivojlanishidan mahrum bo‘ladi, hissiy sohaning 
rivojlanishiga ayniqsa qattiq ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli asab tizimiga ega bo‘lgan ayolda hissiy karlik, 
hamdardlik tuyg‘usining to‘liq yetishmasligi, tengdoshlariga, bolalarga, shuningdek hayvonlarga 
nisbatan shafqatsizlik va tajovuzkorlik paydo bo‘lishi mumkin. Zaif asab tizimiga ega bo‘lgan 
ayollar uchun ruhiy zo‘ravonlikning natijasi - bu nevropsixik kasalliklardir (enurez, o‘z joniga 
qasd qilishga urinish va boshqalar).

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish