Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

125


tendensiyasi 
umuminsoniyat  sivilizatsiyasi  manfaatlaridan  kelib 
chiqqan bolib,  umumiy taraqqiyot  darajasiga mos keladi.
«Butun»,  «qism»,  «struktura»,  «sistema»,  «element»  kategori­
yalari. 
Falsafaning  «alohidalik»,  «xususiylik»,  «umumiylik»  kate­
goriyalari  bilan  «butun»,  «qism»,  «struktura»,  «sistema»,  «ele­
ment» kategoriyalari o‘rtasida uzviy bogliqlik va muayyan farqlar 
mavjud.  Ya’ni  «alohidalik»,  «xususiylik»,  «umumiylik»  narsa  va 
hodisalar  rivojlanish jarayonidagi  boglanish,  aloqadorlik  muno- 
sabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil  ifodalash bo‘lsa,  «bu­
tun», «qism»,  «struktura»,  «sistema», «element» kategoriyalari esa, 
ularning  makon  va  zamondagi  bog‘lanish  munosabatlarini jara- 
yon tarzida ifodalashdir.  Shu nuqtayi  nazardan,  butunni — umu­
miylik,  qismni  yoki  elementni  —  alohidalik  tarzida  olib  qarash 
holatlari  uchraydi.  Shuningdek,  muayyan  o‘xshashlik  bolishiga 
qaramasdan,  sistemani  umumiylik  tarzida  qabul  qilish  mumkin 
emas.  Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmuyi 
ham  bo‘lishi  mumkin.  Umuman,  narsa  va  hodisalarni  tarkibiy 
jihatdan «butun»,  «qism»,  «element»larga ajratish bilishga xos nis- 
biy  hodisa  bolib,  uning  samaradorligini  ta’minlaydigan  zaruriy 
shartdir.  Shunga ko‘ra,  yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar 
tizimi  bilishnihg  bosqichi  sifatida  emas,  balki  usuli  sifatida  olib 
qaralishi kerak.
Sistema,  struktura,  element falsafaning muhim kategoriyalari- 
dan  bolib  hisoblanadi.  Sistema  —  grekcha  so‘z  bolib,  mantiqiy 
ma’nosi  butunlik,  yaxlitlik,  elementlardan  tashkil  topgan  birik- 
ma,  degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema  kategoriyasining  mazmuni,  uni  tashkil  qilgan  ele- 
mentlarning  strukturaviy  munosabatlariga  mos  keladi.  Shu 
nuqtayi  nazardan,  bilish  jarayonidagi  sistemalashtirish,  nazariy 
faoliyat  sifatida,  ularning  tashkil  qilingan  tarkibiy  elementlarini 
tarixiy-mantiqiy  izchil  tartibga  keltirish  bilan  izohlanadi.  Xusu- 
san,  bu  elementlarning  funksional  faoliyatini,  ahamiyatiga  kola 
turkumlashtirish,  muhim  metodologik  ahamiyatga  ega,  Chunki 
insonning  borliqni  bilish  faoliyati  sistema  strukturasidagi  ele­
mentlarning  mavjudlik holati va rivojlanishi  obyektiv  qonuniyat- 
larini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga
126


qaratilgan.  Ya’ni,  insonning  obyektiv  reallikni  nazariy  bilishga 
asoslangan:  tashkillashtirish,  boshqarish,  nazorat  qilish  faoliyat- 
lari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan 
unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Sistema  —  narsa  va  hodisalarning  bog‘lanishlari,  aloqador­
ligi  va  munosabatining  tartibli  tadrijiy  rivojlanishini  ifodalaydi. 
Struktura esa,  narsa-hodisalar bog‘lanishi,  aloqadorligi va muno- 
sabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan 
sistemaning  mavjudlik  holatidir.  Umuman,  struktura  (lotin  ti- 
lida  tuzilish,  tartib  degan  ma’noni  anglatib),  sistemani  tashkil 
qilgan  elementlarning  nisbatan  turg‘un  boglanish,  aloqadorligi 
va munosabatidir.  Hozirgi  mavjud  falsafiy qarashlarda struktura- 
ni  sistemaning  aspekti sifatida  qarash ustuvordir.  Sistemani tash­
kil  qilgan  elementlarning  strukturaviy  tuzilishi  uning  mavjudlik 
holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi.  Masalan, 
tabiatdagi  atomlarning  tarkibiy  tuzilishlari  xususiyatlariga  qa- 
rab,  moddiy  olamning  xilma-xil  ko‘rinishlari,  DNK  yoki  RNK 
laming  o‘zaro  ichki  munosabatlari,  xromosomalar  xilma-xilligi, 
tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan.  Ular umumlashgan 
holda,  moddiy  olamning  obyektiv  realligi  tarzida  mavjud  bolsa 
ham,  moddiylikning  konkret  strukturasiga  ega  bo‘lgan  sistema- 
lardir.  Borliqni  tashkil  qilgan  elementlarning  munosabatlariga, 
makon  va  zamon  xususiyatlariga  qarab,  ularni  «ichki  struktura» 
va  «tashqi struktura»ga  ajratish mumkin.
Element  sistemani  tashkil  qilgan  strukturaning  o‘zaro 
boglanish,  aloqadorlik,  munosabat  jihatlarini  ta’minlaydigan 
nisbatan  mustaqil  tarkibiy  qismidir.  Jamiyatda  element  ijtimoiy 
munosabatlarning  konkret  ko‘rinishlari tarzida namoyon boladi. 
Masalan,  jamiyatni  yaxlit  sistema  deb  oladigan  bolsak,  unda- 
gi  element  alohida  individlar,  ijtimoiy  qatlamlar,  tabaqalarning 
ongli  munosabatlari  tarzida  ko'zga  tashlanadi.  Ya’ni,  jamiyat­
ning  axloqiy,  huquqiy,  siyosiy,  iqtisodiy  va  boshqa  munosabat­
lari  strukturaviy  tuzilishni  tashkil  qilgan.  0 ‘z  navbatida,  siste­
mani  tolaligicha  bilish,  uning  strukturaviy  zuzilishidagi  har bir 
elementning  funksional  faoliyatini  alohida  tahlil  qilishni  taqozo 
etadi.
127


Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  insonlarning  narsa  hamda 
hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashi- 
shiga  qarab,  har bir  elementni  nisbatan  mustaqil  sistema  sifatida 
olib  qarash  mumkin.  Masalan,  ma’naviyat  jamiyat  strukturasi- 
da,  uni  tashkil  qiluvchi  muhim  elementlarning  biri  hisoblanadi, 
lekin  ma’naviyatni,  maxsus  ijtimoiy  hodisa  sifatida  alohida  olib 
tahlil  qiladigan  bo‘lsak,  uning  ichki  elementlardan  iborat  mus­
taqil  sistemaligini  ko‘ramiz.  Shunga  ko‘ra,  sistema,  struktura  va 
element  nisbiy  tushunchalar  bolib,  kategoriyalar  sifatida,  unga 
bolgan munosabat  doirasida konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema»,  «struktura»,  «element» kabi falsafiy 
kategoriyalar  narsa  va  hodisalarni  bilishga  sistemali  yondashish, 
strukturaviy  tahlil  usullarining  umummetodologik  asosi  bolib 
hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyati- 
ga ko‘ra:  muhim va muhim bolmagan,  asosiy va asosiy bolmagan 
elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega.  Chunki har 
qanday  konkret  element,  muayyan  sistemada  makon-zamon  xu- 
susiyatlariga  kola,  o‘z  ahamiyatiga  ega  boladi.  Biroq,  ularning 
ahamiyatini,  yuqorida  ko‘rsatilganidek,  turkumlashtirish  mutlaqo 
nisbiy  hamda  shartli  xarakterga  ega  bo‘lib,  muayyan  manfaatlar 
va  ehtiyojlar  asosida  yondashishdan  kelib  chiqadi.  Shunga  kola, 
konkret  makon  va  zamonda  sistemani  tashkil  qilishdagi  element­
larning ahamiyati  strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga 
kelib  turishi  bilan  izohlanadi.  Ya’ni,  sistemadagi uning  xarakteri- 
ni  belgilab  turgan  muhim  element,  ma’lum  vaqtga  kelib  muhim 
bolmagan elementga aylanishi yoki aksincha bolishi mumkin.
Umuman,  falsafaning  sistema,  struktura,  element  kategori­
yalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda 
metodologik asos boladi.
Falsafa  fanidagi  an’anaviy  tarzda  yozilgan  darsliklar,  o‘quv 
qollanmalaridan  farqli  olaroq,  bu  kategoriyalarni  qiyosiy  tahlil 
qilishimizdan  maqsad,  boshqa  juft  kategoriyalarning  mazmuni­
ni  ochib  berish  imkoniyatini  yaratishdir.  Chunki,  «mohiyat  va 
hodisa»,  «mazmun  va  shakl»,  «sabab»  va  oqibat»,  «zaruriyat  va 
tasodif»,  «imkoniyat  va  voqelik»  kategoriyalarining  mazmuni,
128


yuqorida ko‘rsatilgan «alohidalik»,  «xususiylik» «umumiylik»,  «bu­
tun», «qism», «struktura», «element» kategoriyalari mazmuni bilan 
uzviy  bogliqdir.  Shuning  uchun  biz  falsafa  kategoriyalarini  bir- 
birini taqozo  qiluvchi,  nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit 
sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik.  Lekin, buning uchun 
har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur.
«Mohiyat  va  hodisa»  kategoriyasi  ham  shunday  tahlilni  talab 
qiladi.  Mohiyat  —  o‘zida  alohidalik,  maxsuslik,  umumiylikning 
mazmunini,  sababini,  zaruriyatini,  imkoniyatini,  butun,  qism, 
sistema,  struktura,  element  tarzida  namoyon  qiladi.  Hodisa  esa, 
ularning boglanish!,  aloqadorlik va munosabatlarining namoyon 
bolishidir.  Mohiyatni  alohidalik,  maxsuslik,  umumiylik,  butun, 
qismga  mos  kelishiga  qarab,  turkumlashtirib  o'rganish  maqsad­
ga  muvofiq.  Bundan  tashqari,  subyekt  nazarida  ahamiyatiga  va 
funksiyasiga  ko‘ra,  asosiy va asosiy bolmagan,  nisbatan barqaror 
yoki  o‘zgaruvchan  mohiyatlarga  ajratib,  ularning  rivojlanishi ja­
rayonida o‘rnini almashtirib turishlarini e’tiborga  olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning  inson ehti- 
yojlarini  qondirish vazifasi  va  maqsadlarini  konkretlashtirishdan 
iborat.  Masalan, jamiyat ustqurmasining  siyosiy elementi bo'lgan 
davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda 
vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan 
hayot  sharoitlarini ta’minlashdan iborat bolib,  uning mohiyatini 
tashkil  qiladi.  Shunga  ko‘ra,  har  qanday mohiyatni  odamlaming 
manfaatlari  va  ehtiyojlariga,  sivilizatsiya  kelajagiga boglab  tahlil 
qilgandagina,  u ahamiyatga ega boladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muay­
yan  ehtiyojlar  asosida  yondashadi.  Bu  yondashish  subyektiv 
xarakterga  ega  bolib,  uning  konkret  ehtiyojlari  va  manfaatlari 
nuqtayi  nazaridan baholanadi.  Masalan,  chanqagan  kishi uchun 
suv  uning  chanqog‘ini  qondirish,  flzik  uchun  agregat  holati, 
elektr  tokini  o'tkazishi  yoki  optik  xususiyatlari,  ximik  uchun, 
uning H 20  kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon 
parragini  aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat  hisoblanadi.
Narsa  va  hodisalar  doimiy  rivojlanib  turishi jarayonida,  ular­
ning mohiyati ham,  shunga mos tarzda hodisa ham o‘zgarib tura-
129


di.  Mohiyatdagi har qanday juziy o‘zgarish ham,  uning muqarrar 
o‘zgargan  hodisasida  ifodalanadi.  Masalan,  suvning  elektr tokini 
o‘tkazish  xususiyati,  uning  temperaturasiga  bogliqligi  aniqlan- 
gan. Agar biz suvning temperaturasini ma’lum darajada ko‘tarsak, 
uning  elektr  tokini  o‘tkazish  xususiyatini  o‘lchaydigan  asboblar 
bu  o‘zgarishlarni  qayd  qilmasligi  mumkin.  Lekin,  bundan  suv­
ning  mohiyatini  ifodalaydigan  elektr  tokining  o‘tkazuvchanlik 
xususiyati yo‘qolgan,  degan xulosa kelib  chiqmaydi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida boglanishlari 
makon  va  zamondagi  muayyan  konkretligi  bilan  ajralib  turadi. 
Mohiyat va  hodisa  o‘z  xususiyatlariga ko‘ra  sistema,  struktura  va 
elementlarda  o‘ziga xos  tarzda  namoyon boladi.  Shuning  uchun 
har  qanday  hodisani  va  mohiyatni  tahlil  qilishda  aniq  tamoyil- 
larga asoslanish lozim.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish