Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Jamiyatning  moddiy-ma’naviy  hayoti



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Jamiyatning  moddiy-ma’naviy  hayoti. 
Insonning  moddiy 
ehtiyojlari  oziq-ovqatlar,  kiyim-kechak,  uy-joy,  transport  vosi- 
talari,  o‘zini  himoyalash,  zurriyot  qoldirish  kabilardan  iboratdir. 
Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o‘zlikni anglash, dunyoqarash, 
donishmandlikka intilish,  bilim,  san’at, g‘oya,  mafkura,  go‘zallik, 
ma’naviy kamolot yolidagi intilishlar kiradi.  Insonning  asl mohi­
yati  moddiy  ehtiyojlarni  madaniy  shakllarda  qondirishida yaqqol 
namoyon boladi.  Inson  aqlli  mavjudot  sifatida  moddiy  ehtiyojla­
rini  madaniy  shakllarda  qondirish  uchun  tabiat  va  jamiyat  mo­
hiyatini bilishga,  moddiy va ma’naviy  olamni  uyg£unlashtirishga, 
tabiat  va jamiyatni  o‘z  maqsadlariga  mos  ravishda  o‘zgartirishga 
harakat qiladi.  Ilm-fan va texnika insonning ma’naviy va  moddiy 
ehtiyojlarini  qondirish  quroli,  muhim vositasi bolib  xizmat  qila­
di.  Inson yuksak ma’naviyat  tufayligina  o‘z  ehtiyojlarini  madaniy 
shakllarda oqilona va tolaroq qondirish imkoniga ega boladi.
Mamlakatimizda  ma’naviyat  masalalariga  alohida  e’tibor 
berilayotganining  sababi  ham  ana  shunda.  Jamiyatning  moddiy 
va  ma’naviy  hayoti  kishilarning  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlari 
bilan uzviy bogliq holda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:
—  kishilarning  yashashi,  shaxs  sifatida  kamol  topishi  uchun 
zarur bolgan iqtisodiy shart-sharoitlar;
—  oziq-ovqat,  kiyim-kechak,  turar  joy,  yoqilg'i,  kommuni- 
katsiya vositalari;
—  moddiy  ne’matlar  ishlab  chiqarish,  taqsimlash,  ayirbosh- 
lash va iste’mol qilish;
— ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan 
iqtisodiy munosabatlar majmuyi;
—  moddiy boyliklar,  tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning  ma’naviy  hayotiga  olamni  tushunish,  jamiyat  va 
inson  to‘g‘risidagi  qarashlar,  nazariyalar,  ta’limotlar,  g‘oyalar,
149


mafkura,  ijtimoiy ong shakllari,  ta’lim-tarbiya,  axborot vositalari, 
madaniyat,  ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish,  kishilar 
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar 
(davlat,  siyosiy  partiyalar,  tashkilotlar,  turli  uyushmalar)  muhim 
o‘rin  tutadi.  Jamiyatni  boshqarishning  siyosiy-huquqiy  jihatlari 
ham  muhim.  Kishilar  tomonidan  siyosiy  va  huquqiy  bilimlar­
ning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi hamda 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb  etadi.
Jamiyat  rivoji,  kishilarning  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlari 
qondirilishida mehnat,  mulk va mehnatning  ijtimoiy taqsimlani- 
shi  beqiyos  ahamiyatga  ega.  Mehnatni  kishilarning  qobiliyatiga 
qarab  ijtimoiy  taqsimlanishi  natijasida  muayyan  kasb-kor  bilan 
shug‘ullanadigan  toifalar,  guruh,  qatlam  va  sinflar  vujudga  ke­
ladi,  ular jamiyat strukturasida o‘ziga xos  o‘rin  egallaydi, jamiyat 
taraqqiyotiga muayyan  hissa  qo‘shadi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish