Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik,  milliy  falsafani  rivoj-



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik,  milliy  falsafani  rivoj-
 
lantirish zarurligi. 
Falsafa umuminsoniy fan  sifatida bashariyatga 
doir  umumiy  muammolarni  qamrab  oladi,  albatta.  Ma’lumki, 
olam  va  odam  munosabatlari, jamiyat  va  tabiatni  asrash,  umrni 
mazmunli o‘tkazish,  yaxshilik va yomonlik kabi  qadriyatlar bilan 
bogliq  masalalarning barchasi  insoniyat  uchun  umumiy.  Ammo 
falsafada  muayyan  milliy  xususiyat,  maqsad  va  intilishlar  ham 
o‘z
  ifodasini  topadi.  Aslida,  yuqorida  zikr  etilgan  umummsomy 
mavzu,  masala  va  muammolarning  barchasi  awal-boshda  xu­
susiy,  milliy,  mintaqaviy  ahamiyatga  molik  masalalar  tarzida 
namoyon boladi.  0 ‘z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodariarini 
sevgan  vatanparvar  inson,  avvalo,  ana  shularning  kamoli  uchun 
qayg‘uradi,  ularni o‘ylaydi,  ularga xizmat qilishni  oliy saodat deb 
biladi.  Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar 
albatta aks etadi.  Bu esa,  o‘z navbatida, umuminsoniy fan bolgan 
falsafada milliylikning aks  etishiga asos boladi.  Umuminsoniylik
—  vatansizlik  (kosmopolitizm)  bolm agani singari,  milliylik ham
—  milliy qobiqqa o‘ralish,  milliy mahdudlik degani  emas.
Lekin  sizning  xayolingizda  beixtiyor  «Milliy  falsafa  bolishi
mumkinmi?  Axir,  yuqorida  falsafaga  o‘z  mohiyati  bilan  umum-
19


insoniy  fandir,  degan  ta’rif berildi-ku?»  —  degan  savollar  charx 
urishi  mumkin.  Bu  —  o‘ziga xos  milliy taraqqiyot  yo‘lidan  keta- 
yotgan barcha xalqlar falsafasi uchun  daxldor bolgan savollardir. 
Agar  biz  yuqorida  qayd  etilgan  muammolarga  milliy  manfaat- 
larimiz  nuqtayi  nazaridan  qaraydigan  bolsak,  0 ‘zbekistonda  bu 
yo‘nalishni  rivojlantirish zarurati yetilganini  anglaymiz.
Falsafiy  adabiyotlarda  milliy  falsafa  mavzuida  turlicha  fikrlar 
mavjud.  Ayrim  faylasuflar,  aslida  milliy  falsafa  bolishi  mumkin 
emas,  bunday yondashuvning o‘zi etnik mahdudlikka olib keladi, 
deb  hisoblaydi.  Boshqalari  esa,  modomiki,  milliy  falsafa  milliy 
g‘oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan,  har qan­
day  umumiy  qonuniyatlar  muayyan  ijtimoiy  makon  va  tarixiy 
zamonda  xususiy  holda  namoyon  boladi,  deya  milliy  falsafani 
yoqlab  chiqadi.
Biz  millat  bor  ekan,  milliy  madaniyat,  til  va  adabiyot  ham 
mavjud  degan  fikrga  o‘rganib  qolganmiz.  Aslida,  ularning 
barchasi  nafaqat  bir  millatga,  balki  butun  insoniyatga  xos-ku! 
Bizning  nazarimizda,  milliy  falsafa  millat  mentalitetini  bel- 
gilaydigan  muhim  omildir.  Umumbashariy  sivilizatsiyaga  uzviy 
qo‘shilish  jarayoni  milliy  falsafani  yaratish  orqali  sodir  boladi. 
Eng muhimi —  falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish 
evaziga  emas,  balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
Falsafa  tarixiga  nazar  tashlaydigan  bolsak,  ayrim  milliy  fal- 
safalarning  umuminsoniy  ma’naviyat  xazinasiga  munosib  hissa 
b o lib  qo‘shilganini  ko‘ramiz.  Masalan,  Rim   imperiyasi  zavolga 
yuz  tutganidan  keyin  o‘z  milliy  davlatchiligiga  ega  bolgan  Yev­
ropa  mamlakatlarida,  o‘rta  asrlarga  kelib,  milliy  falsafa  yaratish 
imkoni  tug‘ildi.  ( 0 ‘rta  asr  Yevropa  madaniyatiga  bag‘ishlangan 
mavzuda  bu  haqda  atroflicha  fikr  yuritamiz).  To‘g‘ri,  ular 
umumyevropa hududida,  qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati 
negizida shakllandi.  Ularda Yevropa xalqlariga xos umumiy jihat 
va  xususiyatlar,  umumetnik  mentalitet  aks  etgan  edi.  Bu jarayon 
avvalo,  Italiya  va  Angliyada,  so‘ngra  Fransiyada  yuz  berdi.  Bu 
falsafiy  maktablarning  F.  Bekon  va  R.  Dekart,  B.  Spinoza  va 
J.J.  Russo  kabi  atoqli  namoyandalari  nafaqat  o‘z  mamlakatlari, 
balki  Yevropa  va jahon  falsafasi  tarixida  o‘chmas  nom  qoldirdi.
20


Ular,  avvalambor,  o‘z  yurti,  o‘z  millati  sha’nu  sharafini  yuksak- 
likka  ko‘tarish,  taraqqiyotga  olib  chiqish  uchun  ilg'or  g‘oyalarni 
o‘rtaga tashlagan,  davr taqozo  etgan mafkuraning  shakllanishiga 
hissa qo‘shgan.
Xuddi  shunday,  XVIII—XIX  asrlarda  milliylik  va  jahon  fal­
safasining  taraqqiyotiga  nihoyatda  katta  ta’sir  ko‘rsatgan  hudud 
Prussiya 
bo‘ldi.
  Uzoq  vaqt  Avstriya-Vengriya  imperiyasi  tarki- 
bida bolgan bu o‘lka mustaqillikka erishib,  milliy davlatchiligini 
tiklaganidan  keyin,  milliy  ozodlikning  falsafiy  in’ikosi  o laroq
I.  Kant,  I.  Hegel,  Fixte,  Shelling,  Feyerbax kabi  donishmandlar 
tomonidan  asoslangan  nemis  falsafasi  shakllandi.  Keyinchalik 
bu  falsafa  Nichshe,  Freyd  kabi  ko‘plab  faylasuflar  tomonidan 
rivojlantirildi.  Ushbu  falsafa  maktabining  atoqli  namoyandasi 
hisoblangan  Hegel  ta ’limoti  esa,  Pruss  monarxiyasining  davlat 
mafkurasi  maqomini  oldi.  Hamma  narsaning  o'tkinchi  ekan­
ligini  nihoyatda  yaxshi  biladigan,  yangi  zamonning  Arastusi 
nom ini  olgan  Hegel  Pruss  monarxiyasining  o‘tkinchi  ekanligini 
bilmasmidi?  Nim a  sababdan  u  dialektik  ta ’limoti  emas,  balki 
monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq 
bo lish i  uchun  ko‘proq  kuch  sarfladi?  degan  savollar  haligacha 
faylasuflarni  o‘ylantirib  keladi.
Xo‘sh,  nim a sababdan Hegel bu yoldan bordi?  Chunki,  Hegel 
o‘z davrining,  o‘z xalqining farzandi edi.  U  mustaqil nemis milliy 
davlati  —  Pruss monarxiyasi davrining mahsuli,  o‘sha davr falsa­
fasining namoyandasi edi.  U  «Faylasuflar osmondan yomg'ir kabi 
yogllmaydilar  yoki  yom glrdan  keyingi  qo‘ziqorinlardek  yerdan 
o‘sib  chiqmaydilar,  balki  ularni  xalq  yaratadi»  deganida  aynan 
ana  shuni  nazarda  tutgan  edi.  Hegel  o‘z  ijodi  va  faoliyati  bilan 
Pruss monarxiyasi,  garchand monarxiya shaklida bolsada, nemis 
davlati ekanligini o‘z millatining ongi va dunyoqarashini tarkibiy 
qismiga  aylantirib  keta  olgan  buyuk  faylasuf edi.  Uning  «Aqlga 
muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bolgan narsalarning 
barchasi  esa  aqlga  muvofiqdir»,  degan  so‘zlarini  ham   ana  shu 
m a’noda tushunish lozim. Hegelning bu masalada dialektik emas, 
balki  metafizik usulga ko‘proq e’tibor berganligining sababi  ham 
ana shunda.
21


0 ‘sha  davrgacha,  Rim   imperiyasi  qulaganidan  keyin  ko‘proq 
tarqoq hududlarga bolinib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida 
yashab  kelgan  nemis  millati  uchun  Pruss  monarxiyasi  —  milliy 
davlat  edi.  Uning  shakli-shamoyili  kelajakda  o‘zgarishi  boshqa 
masala  bo‘lgani  holda,  bu  davlatning  Yevropada  nemis  milliy 
davlati tarzida saqlanib  qolishi,  uning millat falsafasiga aylanishi 
bilan b ogliq edi.  M illat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylan- 
gan milliy davlatchilik g‘oyasi  hech qachon so‘nmaydi,  garchand 
yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda,  qachondir baribir 
qad  rostlaydi  va  millatning  davlati  tarzida  yana  qayta  namoyon 
boladi.  Hegel  o‘z  millatining  falsafasi  va  dunyoqarashiga  o‘sha 
davlatning  shakli-shamoyilini  va  mazmun-mohiyatini  singdirib 
keta  olgan  faylasuf darajasiga  ko‘tarilgani  uchun  ham   bu  millat 
tarixida  va  u  orqali,  jahon  falsafasi  tarixida  abadiy  qoladi.  M il­
liylik  va  umumyevropa  madaniyatidan  bahra  olgan  bu  falsafa 
haligacha  o‘z  jozibasini  yo‘qotmaganligining  sabablaridan  biri 
ham  ana  shunda.
Shunga  o‘xshash vazifani,  o‘z  davrida,  millatimizning  asl far- 
zandi  Alisher  Navoiy  ham   bajargan.  U   ozodlikka  erishgan  mil­
lat  falsafasini  adabiyot  falsafasiga,  mustaqil  davlat tilini  adabiyot 
tiliga  aylantira  olgan,  o‘z  xalqining  bu  sohadagi  dahosi  buyuk 
ekanligiga,  nafaqat  zamondoshlari,  balki  kelajak  avlodlarni  ham 
ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o‘sha davrga 
xos  o‘zgarishlarning boshida turgan Am ir Temur faoliyatiga  qay- 
ta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. 
Zero,  har bir xalq,  avvalo,  o‘zining tarixidan bugungi kun uchun 
tashbehlar  izlaydi  va  ijtimoiy  taraqqiyoti  uchun  asos  boladigan 
m a’naviy tamoyil,  an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Bugungi  kunda  bashariyat  milodiy  XX  asr  bilan  xayrlashib, 
uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi,  hayotning barcha sohalari- 
da ulkan yutuqlarga erishdi.  Fan va texnika,  madaniyat va maorif 
beqiyos rivojlandi.  Odamzod o‘zining aql-zakovati va mehnati bi­
lan  juda  ko‘p  yangiliklar  yaratdi.  Dunyoning  ko'plab  sir-asrori 
kashf etildi,  buyuk ixtirolar qilindi.
Biz  yashayotgan  dunyo  so‘nggi  yillarda  nihoyatda  o‘zgarib 
ketdi.  Xususan,  Vatanimiz  tarixida  XX  asrning  90-yillarida
22


olamshumul  voqealar  yuz  berdi:  mamlakatimiz  mustaqillikka 
erishib, tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi.  Xalqimizning 
huquqiy  demokratik jamiyat  barpo  etish  zarurati  dunyoqarashni 
tubdan  o‘zgartirish,  eski  aqidalardan  tamoman  voz  kechish,  is- 
tiqlol  mafkurasini  shakllantirish,  xalq  ma’naviyatini  yuksalti- 
rishni  taqozo  etmoqda.  Bunda  ijtimoiy  fanlar,  ayniqsa  falsafiy 
bilimlarni  egallash muhim  ahamiyat kasb  etadi.
Bugungi dunyoda o‘z milliy falsafa maktabini yaratgan xalqlar 
bor.  Chunonchi,  «hind  falsafasi»,  «xitoy  falsafasi»,  «nemis  falsa­
fasi»,  «ingliz  falsafasi»  kabilar  shular jumlasidandir.  Milliy  ada­
biyot,  milliy  madaniyat,  san’at  va  hokazolar  bolgani  kabi,  mil­
liy  falsafaning  ham  bolishi  tabiiy.  Ammo  bu  —  falsafa  milliy 
qobiqqa  o‘ralib  qoladi,  degani  emas.  U   umuminsoniy  fan  sifa­
tida,  bir  tomondan,  umumbashariy  muammolarni  qamrab  olsa, 
ikkinchi  tomondan,  shu  masalalar  bilan  shug‘ullanayotgan  aniq 
shaxs  — faylasuf mansub  millatning muayyan  manfaatlarini  ham 
ifodalaydi.  Millat  ozod bolsa,  o‘z  turmush  tarziga  mos  fikrlasa, 
olamni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta 
olsa,  uning  o‘z  falsafasi  shakllanadi.  Bunday  falsafa  xalq  m an­
faatlarini  aql-idrok,  mafkura  y o li  bilan  himoya  qilishga,  uning 
ongi,  dunyoqarashi va  ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat  qiladi.
Shu  bois  Vatanimiz  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng  milliy 
falsafani  rivojlantirish  g‘oyat  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Busiz 
millatning  haqiqiy  farzandi  bolgan,  uning  kamolini  o‘ylaydigari 
chinakam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bolmaydi. 
Shu  sababli  biz  o‘rganadigan  falsafa  umumbashariy  muammo- 
lar bilan  birga,  Vatanimiz  mustaqilligini  mustahkamlash,  huqu­
qiy  demokratik jamiyat  barpo  etish jarayonidagi  m a’naviyatning 
tarkibiy  qismi  bolib,  uning  asosiy  tamoyillarini  aks  ettirm ogi 
lozim.
Bugun ulug‘  ajdodlarimiz tamal toshini  qo‘ygan  o‘zbek milliy 
falsafasini  rivojlantirishning  barcha  shart-sharoitlari  mavjud  va 
bunda  quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
— xalqimizning  o‘z  milliy an’analariga sodiqligi;
— mamlakatimizning buyuk kelajagiga  ishonchi;
— muqaddas  qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
23


— mehnatsevarligi,  intellektual  salohiyati va boshqalar.
0 ‘zbek falsafasini yanada taraqqiy  ettirish vazifalarini  amalga
oshirish  quyidagi muammolarning yechimini topishga bogliq:
—  birinchidan,  mustamlakachilik  sharoitida  soxtalashtirilgan 
tariximizni  haqqoniy yoritish  falsafiy g‘oyalar,  qarashlar tarixini 
ham  xolis  ko‘rsatib  berishni taqozo  qiladi.  0 ‘z  davrida  qimmatli 
tarixiy manbalarning  yo‘q  qilingani  yoki  ayovsiz  talon-taroj  etil- 
gani bu ishni  qiyinlashtirmoqda;
— ikkinchidan,  mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekan­
ligi,  ularni  biladigan  faylasuf olimlarning,  malakali  tarjimonlar- 
ning  kamligi  umuminsoniy  ma’naviy  merosdan  bahramand 
bolish  va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bolm oqda;
—  uchinchidan,  odamlar  ongidan  mustabid  tuzumning  soxta 
g‘oyalarini,  ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish,  mafkuraviy 
bo‘shliqni  yangi  g‘oyalar  bilan  toldirish,  istiqlol  mafkurasini 
shakllantirish muayyan vaqtni taqozo  qiladi.
Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  bugungi  falsafa  masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda 
katta  mas’uliyat  yuklaydi.  Bunda,  eng  avvalo,  mazkur  sohaga 
aloqador  har  bir  yurtdoshimiz  dunyoqarashining  milliy  man- 
faatlarimiz  nuqtayi  nazaridan  o‘zgarishi  nihoyatda  muhimdir. 
Mamlakatimizda  huquqiy  demokratik jamiyat  barpo  etilayotgan 
hozirgi  davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ong­
ning shakllanishiga muayyan darajada ta ’sir ko‘rsatadi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish