Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


BIRINCHI  BO‘LIM.  FALSAFA



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

BIRINCHI  BO‘LIM.  FALSAFA
1-mavzu.  Falsafa fanining mazmun-mohiyati,
 
mavzulari va jamiyatdagi o‘rni
«Falsafa»  atamasining  kelib  chiqishi  va  ushbu  fanning  maz­
mun-mohiyati. 
«Falsafa»  tushunchasining  asoslari  bayon  qilin­
gan  aksariyat  darsliklarda  ushbu  atama  qadimgi  yunon  tilidagi 
«filosofiya»  so'zidan  olingani  va  u  «donishmandlikni  sevish» 
(«filo»  —  sevaman,  «sofiya»  —  donolik)  degan  m a’noni  anglati- 
shi ta ’kidlanadi.
Shu  m a’noda,  falsafa  barcha  fanlar  rivojlanishiga  asos 
bo‘ladigan  va  ulardan  oziqlanadigan,  ayni  paytda  ularning 
rivojlanish  y o lla rin i  belgilab  beradigan  um um insoniy  va  u n i­
versal  ilm   sohasidir.  U  qadim   zamonlardayoq  «barcha  ilm lar- 
ning  otasi»  deb  ta ’riflangan.  Uning  hayotiyligi  xalq  tabiatiga, 
turm ush  va  tafakkur  tarziga  n echogliq  mos  ekani,  jam iyat 
m anfaatlari  va  ezgu  intilishlarini  qay  darajada  aks  ettira  oli- 
shiga  bogliq.
«Falsafa»  atamasi  «filosofiya»  so‘zining  Sharq  ijtimoiy  tafak- 
kuridagi  shaklidir.  Sharqning  atoqli  faylasufi,  mashhur  muta- 
fakkir  Abu  Nasr  Forobiy  filosofiya  so‘zini  «Hikmatni  qadrlash» 
deb talqin etgan.  Falsafa  Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «do­
nishmandlikni  sevish»  degan  mazmun bilan birga,  olam  sirlarini 
bilish,  hayot va insonni  qadrlash,  um r mazmuni haqidagi  qarash 
va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
Hayot  qonuniyatlarini  yaxshi  biladigan,  um rning  o‘tkinchi 
ekani,  abadiyat  insonga  emas,  olamga  xosligini  yaxshi  anglab 
yetgan,  o‘zi  va  o‘zgalar  qadrini  to‘g‘ri  tushunadigan  kishi  hech 
qachon  «Men  —  donishmandman»  deya  ochiq  e’tirof  etmaydi. 
Ayniqsa,  Sharq  xalqlari  hayotida  bu  hoi  yaqqol  ko‘zga  tashla- 
nadi.  Ammo,  Forobiy  ta’kidlaganidek,  hikm atni  qadrlash,  olam 
va  odam  hamda  hayotning  qadriga  yetish  —  boshqa  gap.  Shu 
ma’noda,  bizda  qadim  zamonlarda  faylasuf  deganda,  ko‘pdan- 
ko‘p  ilm  sohalarini  egallagan,  ustoz  va  muallim  sifatida  shuhrat 
qozongan  alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
7


«Filosofiya»  atamasini  dastlab,  matematika  fani  orqali  bar- 
chamizga  yaxshi  ma’lum bo‘lgan,  alloma  Pifagor ishlatgan.  Yev­
ropa  madaniyatiga  esa,  u  yunon  faylasufi Aflotun  asarlari  orqali 
kirib  kelgan.  Asrlar davomida  filosofiyaga  nisbatan xilma-xil  qa­
rashlar  shakllangan,  uning  jamiyat,  inson  va  fanlar  tizimidagi 
o'rniga  nisbatan  turlicha  munosabat  va  yondashuvlar  dunyoga 
kelgan,  bu  atamaning  mohiyat-mazmuni  ham  o‘zgarib  borgan. 
Shu  tariqa,  u  avvalo,  qadimgi  Yunonistonda  alohida bilim  soha- 
siga,  to‘g‘rirog‘i,  «fanlarning  otasi»,  ya’ni  asosiy fanga aylangan.
Qadimgi  Yunonistonda  fanlarning  barchasini,  ular  qanday 
ilmiy  masalalar  bilan  shug‘ullanishidan  qat’i  nazar,  filosofiya 
deb  ataganlar.  U  ham  ijtimoiy  borliq,  ham  tabiat  to‘g‘risidagi 
ilm  hisoblanar  edi.  Shu  ma’noda,  dastlabki  filosofiya  olam  va 
unda  insonning  tutgan  o‘rni  haqidagi  qarashlar  tizimi  bo‘lib, 
dunyoni  ilmiy  bilish  zaruratidan  vujudga  kelgan  edi.  Uning  eng 
asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini,  ana shu erkin hayot 
to‘g‘risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bolganini 
aksariyat  olimlar alohida ta’kidlaydilar.
Ushbu  fanning  shakllanishini  faqatgina  qadimgi  Yunoniston 
va  Rim  bilan  boglash  ham  bu  borada  yetarli  tasaw ur  bermay- 
di.  Chunki  usnbu  hududning  dastlabki  faylasufi  Fales  ko‘p  yil- 
lar  Osiyoda  bilim  olib  qaytganidan  so‘ng  falsafiy  fikrlarni  alo­
hida  ilm  sohasi  sifatida  talqin  eta  boshlagani  ma’lum.  Alloma 
Beruniyning  «Hindiston»  asarida  hindlarning  dastlabki  qarash­
lari  qadimgi  yunonlarniki  bilan  o‘xshash  edi,  degan  fikri  ham 
bejiz aytilmagan,  albatta.  Bu o‘z navbatida,  falsafiy dunyoqarash- 
ning  qadimgi  shakllari  barcha  xalqlar  tarixiga  tegishli  umumiy 
hodisa ekanini  isbotlaydi.
Aslida  esa,  Qadimgi Yunoniston  va  Rimda  eramizdan  awalgi 
VII—III asrlarda ushbu fan endigina shakllanib kelayotgan nazariy 
fikrning ifodasi,  olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujas- 
samiga  aylangan  edi.  Ushbu  fan  dastlab  saroy  ilmi  sifatida  shakl­
langan va  asosan  mulozimlarning  tafakkur tarzini  ifodalagan.  Bu 
fan  bilan  ko‘proq  aslzodalar  shug‘ullangan,  uning  asosan  ular 
uchun  tushunarli  bolgan  muayyan  tushunchalari  va  atamalari, 
o‘ziga xos fikrlash uslublari va bayon qilish tili ham shakllangan.


Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bolib, u insoniyatning 
tafakkur  bobida  ilgari  erishgan  yutuqlarni  tanqidiy  baholashni 
taqozo  etadi.  Biroq bu  —  ularni tamoman rad etish,  ko‘r-ko‘rona 
tanqid  qilish  lozim  degani  emas,  balki ularga  xos barcha xato  va 
kamchiliklarni  anglab,  yaxshi  va  ijobiy  jihatlaridan  foydalanish 
demakdir.  Ana  shunday  tanqidiy  yondashuv  va  vorislik  falsafa­
ning  muhim xususiyatlaridan biridir.
Bu  fanning  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarga  va  uning  hayotdagi 
o‘rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bolgan 
munosabat  ham  o‘zgarib borgan.  Bu munosabatlar dastlabki fan­
lar  paydo  b o lib  va  ularning  ba’zilari  falsafadan  ajralib,  alohida 
mustaqil  fan  sohasiga  aylana  boshlagan  davrlardayoq  shakllana 
boshlagan.
Falsafaning  ijtimoiy  ong  tizimida  tutgan  o‘rni,  jamiyat  va 
shaxs  hayotidagi  ahamiyati  nim adan  iborat,  degan  masala ham ­
ma  davrlarda  ham  dolzarb  bolgan.  Ayniqsa,  tarixiy  taraqqiyot­
ning  tub  burilish  davrlarida  falsafaning  asl  mohiyatini  bilish, 
uning  usul  va  g‘oyalari  kuchidan  foydalanish  muhim  ahamiyat 
kasb  etgan.
Kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan. 
Taraqqiyot  ortidan  inqirozlar,  yutuqlar  ketidan  maglubiyatlar, 
farovonliklar  izidan  zavolga  yuz  tutishlar  ta’qib  etgan.  Muayyan 
jamiyat  iqtisodiy-siyosiy,  axloqiy-diniy,  badiiy-estetik  taraqqiyot 
borasida  inqirozga  duch  kelar  ekan,  undan  chiqib  ketish  uchun 
ilg‘or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj  sezadi.
Shuning  uchun  ham  buyuk  falsafiy  ta’limotlarni,  bir  tomon­
dan,  madaniy-intellektual  rivojlanish  samarasi,  ikkinchi  tomon­
dan,  tub  ijtimoiy o‘zgarishlar taqozosi deyish mumkin.  Muayyan 
tarixiy  burilish  davrida  «Falsafa  nim a  o‘zi?»  degan  masala  dol­
zarb  ahamiyat  kasb  etishi  ham   shundan.  Ana  shunday  davrlarda 
kishilar  falsafaning  mohiyati,  uning  maqsad  va  vazifalarini  yan- 
gicha idrok etganlar.
Qadimgi Yunoniston va Rim  davridan buyon o lg a n  ikki ming 
yildan  ziyodroq  vaqt  mobaynida  «Falsafa  e idi  yo‘q  boldi,  uni 
o'rganishning  hech  bir  zarurati  qolmadi»  qabilidagi  gaplar  ko‘p 
bolgan.  Lekin  zamonlar  o‘tishi  bilan  odamzod  baribir  falsafaga
9


ehtiyoj  sezgan va  u  insonning  ma’naviy kamolotida beqiyos  aha­
miyat  kasb  etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
Bu jihatdan  quyidagi  rivoyat juda  ibratlidir.  Miloddan  oldingi 
birinchi  asrda  yashab  o‘tgan  buyuk  faylasuf  Lukretsiyning  sho- 
girdlaridan  biri  unga  qarab:  «Ustoz,  fanning  boshqa  sohalariga 
oid  ilmlar juda  ko‘payib  ketdi.  Endi  falsafani  o‘rganishning  ho- 
jati bormikan?»  — debdi.  Shunda ulug‘  faylasuf bamaylixotir gap 
boshlab:  «Falsafani  Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar 
yaratgan.  Lekin  endilikda insoniyatning  ana shunday buyuk mu- 
tafakkirlari  yaratgan bu  fanni  o‘rganmaslik  har  qaysi  nodonning 
ham qolidan keladigan ish b olib  qoldi»,  — degan  ekan.
Falsafa  kishilarga  olam  to‘g‘risida  yaxlit  tasaw ur  beradi, 
boshqa fanlar esa,  uning ayrim jihatlarini o‘rganadi.  Masalan, bi- 
ologiya o‘simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, 
o‘zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o‘rganadi.  Bu 
sohaga oid fanlar ushbu yo‘nalishdagi jarayonlarning ba’zi xususi­
yat  va jihatlarini  chuqurroq tadqiq  etishga  harakat  qiladi.  Bino- 
barin,  biolog  har  qanday  rivojlanish  jarayoni  bilan  emas,  balki 
faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi.  Umuman, 
rivojlanish jarayonining  o‘zi  nima,  uning  mohiyati  qanday?  M a­
salaning aynan «shu taxlitda qo‘yilishi ilmiy muammolarni falsafiy 
masalaga aylantiradi. Ya’ni,  shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm 
sohasidagi yo‘nalishdan falsafiy muammo  tusini  oladi.
Endi  Faylasuf  kim,  degan  savolga  javob  beraylik.  «Filosof» 
so‘zini  ham  yuqorida  aytganimizdek,  ilk  bor  buyuk  matematik 
va  mutafakkir  Pifagor  qollagan.  Bu  tushunchaning  ma’nosini  u 
Olimpiya  o‘yinlari  misolida  quyidagicha  tushuntirib  bergan:  an- 
jumanga keladigan bir guruh  kishilar bellashish,  kuch  sinashish, 
ya’ni  o‘zi  va  o‘zligini  namoyon  etish  uchun,  ikkinchi  bir  guruh
—  savdo-sotiq  qilish,  boyligini  ko‘paytirish  uchun,  uchinchisi 
esa,  o'yindan  m a’naviy  oziq olish,  haqiqatni  bilish va  aniqlashni 
maqsad  qilib  oladi.  Ana  shu  uchinchi  guruhga  mansub  kishilar, 
Pifagor talqiniga ko‘ra,  faylasuflar edi.
Bu,  bir  qarashda,  oddiy  va  jo ‘n  misolga  o‘xshaydi.  Ammo 
uning  ma’nosi  nihoyatda  teran.  Chunki,  inson  um ri  ham   shun­
day.  «Dunyo teatrga o‘xshaydi,  unga kelgan har bir kishi sahnaga
10


chiqadi  va  o‘z  rolini  o‘ynab  dunyoni  tark  etadi»,  degan  fikr  be- 
jiz  aytilmagan.  Kimdir bu  dunyoga  uning  sir-asrorlari  to‘g‘risida 
bosh  ham  qotirmasdan  kelib  ketadi,  um rini  yeyish-ichish,  uy- 
ro‘zqor  tashvishlari  bilan  o‘tkazadi.  Boshqasi  —  nafs  balosiga 
berilib, mol-mulkka ruju qo‘yadi.  Uchinchisi esa,  olam hikmatla- 
rini o‘rganadi, um rini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar 
uchun ibrat bolarli hayot kechiradi.
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayo- 
tiy tajribaga ega bo‘lgan,  inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni 
bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar.  Fozil va komil 
insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda 
falsafani  o‘rganish  deyilganda,  ilmning  asoslarini  egallash  ko‘zda 
tutilgan.  Grek  mutafakkiri  Geraklit  (eramizdan  awalgi  520—460 
yillarda yashagan)  shogirdlariga murojaat qilib,  «Do‘stim,  sen hali 
yoshsan,  umringni bekor o‘tkazmay desang,  falsafani o‘rgan»,  de­
ganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa  bir  buyuk  grek  faylasufi  Epikur  (eramizdan  awalgi 
470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: 
« 0 ‘z-o‘zingni yerga urish,  tubanlashish nodonlikdan boshqa nar­
sa  emas,  o‘zligingdan  yuqori turish esa  — faylasuflikdir».
Xuddi shuningdek,  Sharqda ham  Konfutsiy va Moniy, Xoraz- 
miy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy,  Beruniy va ibn 
Sino,  Naqshband  va  Navoiy  kabi  donishmand  bobolarimiz  o‘z 
hayotiy kuzatishlari  va  tajribalarini  umumlashtirish,  insonga  xos 
xato  va  kamchiliklardan  saboq  chiqarish,  bashariyat  tomonidan 
to‘plangan bilim va tajribalarni  o‘zlashtirish  orqali  faylasuf dara- 
jasiga ko‘tarilganlar.
Umuman  olganda,  bilimdon  kishilarning  barchasini  ham 
donishmand  yoki  mutafakkir  deb  bolmaydi.  Haqiqiy  faylasuflar 
hayotda  nihoyatda  kam  boladi.  Ular  o‘z  davri  va  millatining 
farzandi  sifatida  insoniyat  tarixiga  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Xudo- 
ning  o‘zi  aql-zakovat,  iste’dod,  kuch-quw at  ato  etgan,  yorqin 
tafakkurga  ega  bo‘lgan  bunday  buyuk  shaxslar  umumbashariy 
taraqqiyot  miqyosida  tanilgan,  teran  insoni /  g‘oyalar,  ma’naviy 
boyliklarning  qadr-qimmatini  chuqur  anglaydigan  donishmand 
odamlar bolgan.
ll


Kezi  kelganda  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  hozirgi  davr­
da  bizda  falsafa  ixtisosligi  bo‘yicha  ma’lumot  olgan  mutaxassisni 
faylasuf deyish  odat  tusiga  kirib  qoldi.  Aslida,  faylasuf  so‘zi  ana 
shu  tarzda  ishlatilganida  ushbu  sohaning  zamonaviy  mutaxassisi, 
uning asoslarini egallagan,  mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib bora- 
digan yoki ilmiy darajaga ega bolgan kishilar tushuniladi,  xolos.
Falsafaning umumbashariy fan ekani,  uning bahs mavzulari va 
asosiy muammolarini belgilab beradi.  Shu ma’noda odam va olam, 
ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o‘zaro munosabatlari, inson 
tafakkuri,  tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari 
falsafa  uchun  azaliy  muammolardir.  Shu  bilan  birga,  muayyan 
davrda  tuglladigan  va  hal  etiladigan  o‘tkinchi  muammolar  ham 
boladi.  Ular  abadiy  muammolar  darajasiga  ko‘tarilmasa-da,  o‘z 
davrining  talab  va  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqani  uchun,  muhim 
ahamiyat kasb  etadi.
Falsafa  yangi  g‘oyalarning  tugllishiga  imkon  beradi.  Hayot, 
ijtimoiy  tajriba  bilan  uzviy  bogliq  holda  rivojlanadi.  U  tarixiy 
davr bilan mustahkam  aloqadorlikda taraqqiy etadi.  Har bir tari­
xiy  davr,  uning  oldiga  yangi  masala  va  muammolarni  qo‘yadi. 
Falsafiy  muammolar bevosita  hayot  zaruratidan  tuglladi.  Aynan 
ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o‘ziga xos 
xususiyatlari  aks  etadi.  Masalan,  hozirgi  zamonda  yurtimiz  fal­
safasi uchun istiqlol  davriga xos  qonuniyatlar va xususiyatlarning 
falsafiy asoslarini izohlash zarurati  shu bilan belgilanadi.
Falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha  sohalari tari­
xiy  jarayonga  xos  tamoyillar,  ijtimoiy  guruhlarning  manfaat  va 
kayfiyatlari,  tafakkur  usullari  o‘z  aksini  topadi.  Shuning  uchun 
ham  muayyan  ijtimoiy  kuch,  sinf,  guruh,  partiya  va  oqimlar  o‘z 
maqsad-muddaolari  va  g‘oyalarini  ilmiy  asoslashda  falsafadan 
foydalanadi.  Falsafadagi ustuvor qarash va  qoidalar davr mahsuli 
bolgani  uchun,  zamonning  taraqqiyot  tamoyillari  va  muammo- 
lari unda  o‘z  ifodasini topadi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish