Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Uyg‘onish davri falsafasi



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Uyg‘onish davri falsafasi. 
Bu insoniyat tarixida yuz bergan eng 
buyuk  ilg‘or  taraqqiyot  davrlaridan  biri  edi.  Uyg‘onish  davrida 
hayotning  hamma tarmog‘ida  muhim,  ilg‘or,  hatto  aytish  mum- 
kinki,  inqilobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan edi.
Uyg‘onish  davrida  Yevropada  falsafaning  rivojlanishiga  katta 
hissa qo‘shganlardan biri nemis Nikolay Kuzaniydir (1401—1464). 
Kuzaniy  ta’limoticha,  Xudo  hamma  narsalarda  mavjud,  Shu­
ningdek,  hamma  narsalar Xudoda  mavjud.  Eng  oliy haqiqatlarni 
bilish,  sxolastik fikrlash bilan emas,  balki,  tajriba asosida amalga 
oshadi.
U  Xudoni  borliqning  oliy va  yagona  asosi  deb  hisoblaydi.  Bu 
masalada  Kuzaniy  shunday  muhim  kosmologik  flkrlarni  bayon 
qiladiki,  hatto  ma’lum  darajada  uni  Kopernik  va  Brunolarning 
o‘tmishdoshi  deb  hisoblash  mumkin.  Ikkinchi  masala  esa  bilish 
nazariyasiga  nisbatan  uning  butunlay  yangicha  yondoshishidir. 
Ushbu  masalalar  bo‘yicha  Kuzaniy  tomonidan  ilgari  surilgan 
g‘oyalar  ayrirri  hollarda  XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asr  boshidagi 
nemis filosoflari tomonidan bayon qilingan fikrlarning debochasi 
edi.
Filosofiya  va  fan  rivojlanishiga  eng  katta  hissa  qo‘shgan 
uyg‘onish  davrining  mutafakkirlaridan  biri  polyak  olimi  Niko­
lay  Kopernikdir  (1473—1543).  Ma’lumki,  fan  tarixida  Kopernik 
o‘zining  fanda  tub  o‘zgarish yasagan geliotsentrik ta’limoti bilan 
mashhur  bolgan.  Uning  ta’limoticha,  insonlar  tomonidan  ku- 
zatiladigan  quyosh  va  yulduzlarning  harakatlari  aslida  Yerning 
o‘z  o‘qi  atrofida  kundalik  aylanishidan  va  quyosh  atrofida  yillik 
aylanishidan  iborat.  Bizning  planetamizning  markazi  Yer  emas, 
quyoshdir.  Kopernikning buyuk  kashfiyoti  dunyoga teologik qa- 
rashga  zarba berib,  tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi.  Bu kash- 
fiyot Bibliyaning dunyo tuzilishi haqidagi va o‘zgarmas deb tanil- 
gan  ta’limotiga  zarba  berdi.  Agar  yer  olamning  markazi  emas, 
balki  quyosh atrofida  aylanuvchi planetalarning biri bolsa,  unda
74


dunyoni,  koinotni  maqsadga  muvofiq  Xudo  tomonidan  odamlar 
uchun yaratilganligi haqidagi ta’limot asossiz bolib  qolardi.
Kopernikning  geliotsentrik  nazariyasidan  chuqur  ilmiy  xulo- 
salar chiqargan mutafakkirlardan biri italiyalik Jordano  Brunodir 
(1548—1600).  U  Neapol  yaqinida  tugllgan.  0 ‘zining  ilg‘or  fikr- 
lari  uchun  Bruno  dahriylikda  ayblanadi  va  cherkovdan  haydala- 
di.  Italiyadan  qochishga  majbur  boladi.  Uzoq  vaqt  Shvetsariya, 
Fransiya,  Angliya va  Germaniyada  quvglnda yuradi.  1592-yilda 
Bruno  Italiyaga  qaytib  keladi,  lekin  cherkov  inkvizitsiyasi  to­
monidan ushlanib  turmaga  solinadi.  Qiynoqlarga qaramasdan,  u 
o‘zining  ta’limotidan voz  kechmaydi,  natijada  qatl  etishga  hukm 
qilinadi,  1660-yil  17-fevralda  Rimda  Gullar  maydonida  yoqib 
oldiriladi.
Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bolgan G ‘arbiy 
Yevropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Nider- 
landiyada XYI  asrning 60—70-yillarida,  Angliyada XYII  asrning 
40—50-yillarida  bolib  o‘tdi.  Bu  davrga  kelib,  Yevropada  alohida 
millatlarning shakllanishi yuz berdi, milliy davlatlar paydo boldi. 
Endi  monarxiya  tuzumi  jamiyatning  ilg‘or  tabaqalari  nazarida 
faqat  tarixan  o‘z  umrini  o‘tab  qolmasdan,  balki  g‘ayritabiiy, 
g‘ayriaqliy bolib  ko‘rina boshladi.  0 ‘sha davrning ideoioglari il­
gari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari masalasini o‘rtaga 
qo‘ydilar.  Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos  kelishini  ta­
lab  qila boshladilar.  Bor-yo‘g‘i  50—60  yil  ilgari  inkvizitorlar  Jor­
dano  Brunoni yoqib yuborganlarida lom-mim demagan Yevropa, 
endi  o‘zining  hayotida  markaziy  o‘rinni  inson  huquqlari  egal- 
lashi  kerakligini  his  eta  boshladi.  Hatto  Rim  papasining  nomi- 
dan bolsa-da,  inson umriga zomin bolishga hech kimning haqqi 
yo‘qligi,  odamzodning yashash,  fikr yuritish erkinligining tabiiy- 
ligi  anglay  boshlamdi.  Albatta,  bungacha  ikvizitsiya  bir  necha 
asrlar bu hududni aqidaparastlik changalida ushlab turgan,  ne-ne 
aqlli  kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan  edi.
Ma’naviy uyg‘onayotgan  millat  va  hududda  hech  qachon  aqi­
daparastlik  o‘z  ta’sirini  tola-to‘kis  saqlab  q:>la  olmaydi.  Yevro­
pada  ham  xuddi  shunday  boldi.  Ma’nan  kamolga  yetgan,  mil­
liy  davlatchiligiga  ega  bolgan  va  ana  shu  mustaqil  davlatlarini
75


kamolga  yetishi  uchun  qarzdor  ekanligini  anglab  olgan  Yevropa 
millatlari  o‘zlarininng  komil  insonlarini  endi  inkvizitsiyaning, 
aqidaparastlarning  hukmiga  topshirishga  sira  ham  haqlari  yo‘q 
ekanligini angladilar.  Yevropa uyg'ondi.
Yevropada  aynan  ana  shu  davrda  ilgarigi,  butun  mintaqa 
hayoti  uchun  xristianlik  va  uning  xilma-xil  oqimlari  umumiy 
va  yagona  mafkura  rolini  o‘tab  kelgan  davr  tugadi.  Endi  diniy 
oqimlararo  kurash,  xristianlikning  sofligini  saqlashga  urinish- 
ning  mutlaqlashtirilishi  natijasida  vujudga  kelgan  inkvizitsiya 
ham  o‘z  davrini  o‘tab  bo‘ldi.  Butun Yevropani  boshqarib  kelgan 
qon-qardosh va bir-biriga  dushman  qirollar davri ham  o'tmishga 
aylana boshladi.  Ilm-fan  sohasida  chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. 
Odamlarning  dunyoqarashi  keskin  o‘zgara  boshladi.  Endilikda 
milliy davlatlarning  har biri uchun  muhim  bo'lgan  mafkuraning 
shakllanishi  zaruriyatga  aylanib  qoldi.  Albatta  bunda  biz  sanab 
o‘tgan  omillar,  ya’ni  qirollik  an’analari,  xristianlik  va  uning 
oqimlari  ta’siri,  umumyevropaga  xos  xususiyatlar,  Rim  imperi- 
yasi  davrida  bir  oila  bolib  yashagan  xalqlar  o‘rtasidagi  hududiy 
va  ma’naviy  yaqinlik  o‘z  ta’sirini  o‘tkazdi.  Ammo,  asosiy- 
si,  bu  davrda  milliy  g‘oyalar  to‘la-to‘kis  amalga  oshishi  uchun 
ijtimoiy  sharoit  yetildi,  italiya,  ingliz,  fransuz  va  boshqa  xalq­
lar  o‘z  davlatchilik  an’analarini  tola-to‘kis  tikladilar.  Bu  davlat- 
larda  shakllangan  falsafiy  maktablar  faqat  milliy  qobiqqa  o‘ralib 
qolmadilar,  balki  umumyevropa  va  butun jahon  taraqqiyotining 
umumbashariy  muammolarini  falsafiy  jihatdan  izohlash,  ilmiy 
o‘rganish  va  asoslashga  harakat  qila  boshladilar.  Ushbu  davr 
falsafasi  ham  oldingiga  nisbatan  katta  qadam  tashladi.  Falsafiy 
qonunlarni  fanning  turli  sohalarida  sinab  ko‘rilishi  o‘sha  davr 
faylasuflari uchun  odatiy holga  aylandi.  Bu  tamoyillar esa  milliy 
chegaralarni  bilmaydigan,  umuminsoniy  qadriyatlar xususiyatiga 
egadir.  Uyg‘onish  davri  Yevropa  fani  va  falsafasi  ham  insoniyat 
tarixida eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bolib  qoldi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish