Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


  Karimov  I A.  Ona yurtimiz baxtu  iqboli va buyuk kelajagi  yo‘lida xizmat



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

1  Karimov  I A.  Ona yurtimiz baxtu  iqboli va buyuk kelajagi  yo‘lida xizmat
 
qilish — eng oliy saodatdir.  — Т.:  0 ‘zbekiston.  2015.  -12 b.
347


Inson turmush estetikasining muhim tarkibiy qismlaridan biri 
insonning  kiyinishi  bilan  bog‘liq  bo‘lib  bu  modaga  borib  taqa- 
ladi.  Ma’lumki,  moda  deganda  tashqi  madaniyat  shakllarining 
vaqti-vaqti bilan qisman o'zgarish va takrorlanib turishini tushu- 
namiz.  Bunday takrorlanishlar va o‘zgarishlar iqtisodiy, ma’naviy, 
axloqiy,  estetik  omillar  kabi  ijtimoiy  asosga  ega  bo‘ladi.  Modani 
asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi,  u o‘zini faqat kiyinishda emas,  ish­
lab  chiqarishda  ham,  siyosatda  ham,  san’atda  ham,  fanda  ham, 
hatto mafkurada ham namoyon qila oladi.  U ijtimoiy-estetik me- 
zon  sifatida  baholash  xususiyatiga  ega  va  shu  bilan  odamlarga 
nima  kerakligini  belgilab  beradigan  hukmron  didga  aylanadi. 
Moda odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib chiqib, do- 
imiy  ravishda  o‘zgarib  boradigan  hayot  mazmuniga  mos  shaklni 
taklif etadi.  Zotan  u  ommaviy  estetik  didning  darajasi  va  o‘ziga 
xosliklarini  zamon  ko‘zgusida  aks  ettirish  xususiyatiga  ega.  Shu 
jihatdan  u,  yuqorida  aytib  o‘tganimizdek,  oczgaruvchanlik  tabi- 
atiga ega.
Inson  qaddi-qomatiga  estetik  ko‘rinish  berishi  bilan  ham  es­
tetik  taassurot  qoldira  oladi.  Inson  chehrasi  va  tanasining tabiiy 
tuzilishiga  oid  ba’zi  nuqsonlarni  kosmetika,  jismoniy  tarbiya  va 
tibbiyotning  ayrim  sohalari  yordamida  «tartib»ga keltirish  mum- 
kin.  Biroq  bu  yerda  me’yor  asosiy  mezon  hamda  ijtimoiy  ong 
darajasi  bilan  bevosita  bog‘langan  bo‘lishi  lozim.  Bugungi  kun- 
da  estetik jarrohlik  insonga  «kosmetik  bezak»  bermoqda,  «chi- 
roy»  baxsh etmoqda,  o‘ziga ishonchni  orttirmoqda.  Ammo,  qalb 
go‘zalligi insoniy go‘zallikning asosi bo‘lishi lozim.  Shu bois tur­
mush  estetikasi  shaxs  badiiy-estetik madaniyatini  shakllantirish- 
da asosiy ijtimoiy manba va omil bo‘lib xizmat qiladi.
Inson faoliyatining barcha shakl va  mahsulotlariga estetik sa- 
lohiyat xos bolganligi bois  turmush uning  estetik gavdalanishini 
mazmundor  qiladi  va  rang-baranglashtiradi.  Bu  o‘rinda  dizayn- 
ning  turmush  estetikasiga  ta’sirini  alohida  ta’kidlash  joiz.  Shu 
ma’noda insonni qurshagan predmet va narsalar muhiti uyg‘unlik, 
shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan insonda zavq, ko‘tarinki 
kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uyg'otishi;  insonga o‘z ha- 
yotidan mamnunlik uyg‘otishi,  ruhiy muammolar yechimini  hal
348


etishda  yordam  berishi  mumkin.  Binobarin,  me’morlar,  amaliy 
san’at  namoyandalari,  dizaynerlar,  umuman ijodkorlar bu  estetik 
qulayliklarni nafaqat  moddiy balki insonning ma’naviy ehtiyojla- 
rini  qondirish maqsadida yaratadi.
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari,  narsalar olami,  in- 
teryerning tarkibiy qismlari,  uning shakllanish  qonuniyatlari,  ish 
joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal etishda zamo- 
naviy ilm-fan bilan bogliq bolib yangi texnik va texnologik  ish- 
lanmalar,  dizaynga tayanadi. Narsa va buyumlarni qulay,  shinam 
joylashtirish  va  ulardan  to‘g‘ri  foydalanish  kundalik  hayotimiz 
yuqori  turmush  madaniyatiga  daxldor  bolib  bormoqda  va  ijti­
moiy hayot markazida turibdi.
Mamlakatimizda  yoshlarning  mehnat  va  estetik  tarbiyasiga 
katta  e’tibor  qaratilmoqda.  Ko‘cha,  mahalla  va  turar  joylarni 
bezashda  maktab,  litsey  va  kollej  talabalari  qatnashmoqda.  Shu 
orqali  yoshlarning  voqelikka  estetik  munosabatini  shakllan- 
tirishga  katta  e’tibor  berilmoqda.  Ayniqsa,  «Barkamol  avlod» 
bolalar  markazlarida  olkashunoslik  va  ekologiya,  dizaynerlik 
to‘garaklarining  mavjudligi  bolalarda  dizaynerlik  qobiliyatining 
shakllanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Bolalarning 
dizaynga oid bilim va ijodiy tafakkuri boyib bormoqda,  dizayner­
lik kasbining dastlabki ko£nikmalari shakllanmoqda.
Allomalarning  insonda  hamma  narsa  go‘zal  bolishi  kerak, 
degan  ta’rifi  shu  o‘rinda  o‘z  ma’nosini  ko'rsatadi.  Kiyim-ke- 
chak,  libos,  narsa va buyumlar nafaqat  moddiy,  shu bilan birga, 
badiiy-estetik  ahamiyatga  ham  ega  predmetlar  majmuyi  bolib, 
insonning tashqi qiyofasi. didi,  o‘ziga bahosi, ixtisosligi,  ijtimoiy 
mavqeini  ham  gavdalantiradi,  bugina  emas,  tashkiliy  va  ruhiy 
vaziyatni  ham  ifodalaydi.  Va  nihoyat,  kiyim-kechak,  libosning 
yarashiqli,  narsa,  predmetlarning  ko‘rkamligi  kishilarda  muay- 
yan  estetik  mamnunlik  va  xushnudlik  uyg‘otishini  ta’kidlash 
lozim.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish