Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Tubanlik kategoriyasi. 
Tubanlik — insonda kuchli nafratlanish 
tuyg‘ularini  hosil  qiluvchi  estetik  kategoriyadir.  Tubanlik  mohi- 
yatan insonga xos bo‘lib,  uning  faoliyatida  namoyon bo‘ladi.  Ta- 
biatda tabiat,  hayvonot va nabotot olamida uchramaydi.  Tubanlik 
inson  fe’l-atvoridagi  yovuzlik  maylining  qo‘zg‘alishi  natijasida 
yuzaga keladi.
Fojiaviylik  (tragediya)  kategoriyasi 
— voqelikning  eng  muhim, 
chuqur ziddiyat va to‘qnashuvlari: hayot va o‘lim, ozodlik va mute- 
lik,  aql va tuyg‘u,  qonun va burch,  shaxsiy va ijtimoiy munosabat- 
larni  o‘ziga  xos  tarzda  ifoda  etuvchi  falsafiy  tushuncha.  Deyarli 
barcha buyuk ijodkorlar yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud. 
Har  qanday  fojia  zamirida  muayyan  fojiali  to‘qnashuv,  ziddiyat 
yotadi.  Gegel fojiaviylikni mohiyatli kuchlar to‘qnashuvining nati- 
jasi sifatida bejiz ta’riflamagan.  Chunki,  bu to‘qnashuvlar kurashi 
qanday yakun topishi bilan insoniyat  istiqboli,  axloqiy taraqqiyot 
uzviy  bogliqdir.  Bu  hoi  fojiani  san’atning  falsafiy jihatdan  eng 
muhim  turiga  aylantiradiki,  u  ijodkorga  insoniyatni  butun  tarixi 
davomida  hayajonlantiradigan  tub  hayotiy  masalalarni  o‘z  oldiga 
qo‘yib,  hal qilish imkoniyatini yaratdi.
Fojia  qahramoni  ko‘pincha  ijobiy  qiyofada  tasvirlanadi,  u 
davrning  ilg‘or orzu-umidlarini o‘zida  mujassamlashtirgan kuch­
li,  yorqin,  ulug‘vor  shaxs  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Lekin  fo­
jia  to‘qimasida  boshqa  turdagi  qahramonlar  ham  aks  ettirilgan 
bo‘lib,  Shekspirning  Makbet va  Richard,  B.Brextning  Kurajona- 
ga o‘xshash qahramonlari  o‘z  taqdirlari bilan tomoshabinda  o‘ta 
ziddiyatli  his-tuyg‘ular uyg‘otadi.  Ular sodir  qilayotgan  mudhish 
kirdikorliklar  qat’iy  norozilik,  jirkanish,  shu  bilan  birga,  achi- 
nish  tuyg‘usini  uyg‘otadi.  Odatda,  fojia  ma;munida  qahramon- 
ning mavjud shart-sharoitlarni tubdan o‘zgarcirishga faol intilishi 
namoyon  bo‘ladi.  Fojianing  tarixiy  shakli  qadimgi  dunyo  fojiasi
335


(Esxil,  Sofokl,  Evripid)  eski patriarxal tartibotlar yemirilib,  tarix- 
da ilk  sinfiy jamiyat shakllanishi jarayonida vujudga keldi.  Unga 
xos bo‘lgan  «qismat  ohangi»  tabiiy va ijtimoiy qonunlar haqidagi 
tasavvurlarni  aks  ettirdi.  0 ‘rta  asrlarda  G ‘arb  xristian mafkurasi 
fojia  ruhiga  butunlay  qarshi  chiqqani  bois  bu  davrda  biror-bir 
arzigulik san’at  asari yaratilmaganini bilamiz.
Fojia  rivojining  yangi  bosqichi  Uyg‘onish  davrida  boshlandi. 
Shekspir  asarlarida  fojiaviylik  butun  hayot,  ijtimoiy  aloqalar  va 
munosabatlarni  qamrab  oladi.  Uning  fojiaviy  asarlarida  kuchli, 
jasoratli,  g‘ururli,  erkin  inson  timsoli  yaratildi.  Shekspir o‘z  qah- 
ramonlarining o‘zligini anglashga, inson ruhini sindirib halokatga 
yetaklayotgan  tuzum  sharoitida  ozodlikka  intilishini  ifodalaydi. 
M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek» dramasini ham asosiy badiiy 
ohangi,  undagi ehtirosli to‘qnashuvlar ruhi,  ulkan hissiy ta’sir ku- 
chi,  qahramonlarning taqdiri jihatidan o‘ta fojiaviy asardir.  Unda 
o‘sha  davrdagi  ildiz  otgan  ijtimoiy,  ma’naviy-axloqiy  muammo­
lar qalamga olinadi.  Asar qahramoni fojiali dramatik jarayonning 
asosiy subyekti sifatida namoyon boladi.  Uning faolligi,  o‘z orzu- 
armonlari,  hatto  o‘zini qurbon qilib bo‘lsa ham,  davlatda tinchlik 
va barqarorlikni qaror toptirishga intilishi faoliyatining mohiyatini 
belgilaydi.  San’atda namoyon bo‘ladigan fojiaviylik to‘qnashuvlar, 
qiyofalar,  vaziyatlami to la va chuqur badiiy in’ikos etish  ehtiyoji- 
dan kelib chiqadi.  Sofokl fojialari  Shekspirnikidan,  Shekspir asar- 
lari  Rasinnikidan  qanchalik  farqlanmasin,  ular  o‘rtasida  o‘ziga 
xos mushtaraklik,  umumiy jihat ko‘zga tashlanadi.
Har qanday fojia zamirida keng kolamli, ijtimoiy ahamiyat kasb 
etadigan  muayyan  fojiali  to‘qnashuv  yotadi.  Fojiaviylik  san’atda 
turlicha talqin etilishi mumkin.  Bu hoi mazkur janrga xos umumiy 
xususiyatlarni  inkor  etmaydi.  Fojia  uslubining  umumiy  belgilari 
qatoriga keng umumlashmalarga intilish,  tafakkur boyligi,  sodda- 
lik va yaxlitlik,  hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi. 
Fojia tarixiy davming burilish paytlarida,  eski ijtimoiy aloqalar va 
munosabatlar  barbod  bo'lib,  qarashlar,  estetik  va  axloqiy  aqida- 
qoidalar qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi.
Fojiaviylik har  doim  estetik  tafakkur tarixida  dolzarb  muam- 
mo  sanalgan.  Shuning  uchun  deyarli  barcha  buyuk  ijodkorlar
336


yaratgan  asarlarda  fojiali  ohanglar  mavjud.  Fojialilikni  mohi- 
yatli  kuchlar to‘qnashuvining  natijasi,  deb  bilgan  nemis  faylasufi 
Gegel,  bu  to‘qnashuvlar  kurashining  qanday  tugallanishi  piro- 
vardida  insoniyat  istiqboli,  taqdiri  bilan  bog‘lanib  ketadi  deya 
ta’kidlagan.  Shuning uchun fojiaviylik estetika kategoriyalari ora- 
sida  ulug‘vorlik  bilan  yaqin  aloqador:  haqiqiy  ulug‘vorlik  fojia- 
viylikning  davomi  hisoblanadi.  Qolaversa,  ulug‘vorlikning  bar­
cha  xususiyatlari  fojiaviylikning  ham  u  yoki  bu  ko‘rinishi  orqali 
namoyon bo‘ladi. Fojiaviylik kategoriyasining estetikadagi marka­
ziy muammosi  — insonning  qahramonlik,  buyuklik, jasorat kabi 
tushunchalar  haqidagi  tasawurini  har  tomonlama  kengaytirish 
hamda hayotdan qoniqish va shukronalik hissini rivojlantirishdan 
iboratdir.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish