XIX
asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur.
Minta-
qamiz XIX asr oxirlarida Chor Rossiyasi tarkibiga zo‘rlik bi
lan qo‘shib olindi va bu ijtimoiy tafakkurda chuqur iz qoldirdi.
Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik
g‘oyalarining vujudga kelishida muhim o‘rin egalladi. Lekin
Sho‘rolar davrida jadidchilik ko‘pincha bir tomonlama talqin
qilindi, uning g‘oya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto
60
uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham boldi. Mus-
taqillikka erishilgandan so‘ng bu harakatni xolisona va ilmiy
nuqtayi nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug‘ildi. Jadidchilik
harakatining yirik namoyandalari Turkistonda mustaqillik, mil
liy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib
bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati uni milliy-
ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga keli
shi bilan chambarchas bogliqligi edi.
0 ‘sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib
chiqdi. Bular Munavvar qori, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, ChoTpon
va boshqalardir.
Mahmudxo'ja Behbudiy (1875—1919) jadidchilik harakatining
asoschilaridan biri bolib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni
mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va
taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirdir.
Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Riso-
layi jug‘roflyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom»,
«Risolai jug‘rofiyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning
asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bulardan tashqari, Beh
budiy ko‘plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qil-
di, nashr ishlari bilan mashg‘ul boldi. Uning maqolalarida millat
va Vatan taqdiri, mustaqillik g‘oyasi, axloq va ta’lim-tarbiya va
boshqa masalalar o‘rin olgan.
Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Abdulla
Avloniydir (1878—1934). U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni
qo‘shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni
bolalarga o‘qitish yolga qo‘yildi. Mutafakkir «Ikkinchi muallim»,
«Birinchi muallim», «Alifbedan so‘nggi o‘quv kitobi» kabi dars
liklarni yaratdi. Ayniqsa, olimning «Turkiy guliston yoxud ax
loq» darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining
shakllanishida muhim ahamiyatga ega boldi. Unda bolalarga ilm-
fan sirlarini o‘rgatish, yaxshi xulq-odob qoidalarini singdirish,
Turkiston xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yollari, iqtisod,
tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xon tashyo qaramligidan
xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari yo-
ritilgan. Avloniy «Advokatlik osonmi», «Biz va Siz», «Portugaliya
61
inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, o‘zbek
teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |