Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Demokratik  jamiyat. 
Demokratik  jamiyatni  barpo  etish  — 
0 ‘zbekiston  taraqqiyotining  bosh  maqsadi.  Bu jamiyat  kishilar­
ning  yuksak  axloqiy-siyosiy  va  huquqiy  madaniyatiga  asosla- 
nadigan  demokratik  taraqqiyotning  yuqori  bosqichidir.  Bunday 
jamiyat  erkin  uyushmalarning  ko‘p  qirrali  aloqasi  bolib,  davlat 
qonunlarini  hurmat  qilib  bajaruvchi  jamiyat  tarkibiga  kiruvchi
151


elementlarning  nisbiy  mustaqilligiga  asoslanuvchi,  turli  ziddiyat 
va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv,  sabr-toqat va mu- 
zokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Yurtimizda  bunday  jamiyatni  barpo  etish  barkamol  inson 
shaxsini  shakllantirishni  talab  etadi.  0 ‘z  navbatida,  ma’naviy 
yetuk  avlod  jamiyat  taraqqiyotiga  salmoqli  hissa  qo‘shadi.  Bu- 
gun bizning bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asos- 
langan,  qonun  ustuvorligiga  tayangan,  erkin,  demokratik jami­
yat  barpo  etishdir.  Undagi  «erkinlik»,  «demokratiya»,  «qonun 
ustuvorligi»  so‘zlariga  e’tibor  qaratish  kerak.  Bu  tushunchalar 
0 ‘zbekiston  qurayotgan  jamiyatning  qanday  umuminsoniy  ta- 
moyillarga,  qadriyatlarga asoslanishini ko‘rsatadi.  Shuning uchun 
ham  mamlakatimizda  yashaydigan  barcha  insonlar  uchun  mil- 
lati,  tili va  dinidan  qat’i  nazar,  munosib  hayot  sharoitini  yaratib 
berish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  kabi  kafolatlangan  tur­
mush darajasi va erkinliklarini ta’minlash davlatimiz siyosatining 
falsafiy mazmun-mohiyatini ifodalaydi.  Bu —  xalqimizning asriy 
an’analariga,  insonparvarlik mohiyatiga,  milliy qadriyatlarimizga 
sodiq  qolgan  holda  rivojlangan  davlatlar  tajribalaridan  shuncha- 
ki  nusxa  ko‘chirmasdan,  o‘zimizga  xos  va  o‘zimizga  mos  yo‘lni 
izchil  davom  ettirishni  anglatadi.  Bu jamiyat hayotini  demokrat- 
lashtirish  va  erkinlashtirish  jarayonlarini  yanada  chuqurlashti- 
rish,  mamlakatimiz  siyosiy  hayotining  barcha  sohalarini,  davlat 
va  jamiyat  qurishni  erkinlashtirish,  aholining  siyosiy  faolligini 
oshirish,  siyosiy  hayotda  haqiqiy  ma’nodagi  ko‘p  partiyaviylikni 
qaror  toptirishni  bildiradi.  Bu  mahalliy  hokimiyat  va  fuqarolar- 
ning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyat  doirasini  kengayti- 
rish,  ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich 
o‘tkazib  borish,  nodavlat  va  jamoat  tuzilmalarining  huquq  va 
mavqeini oshirishni ko‘zda tutadi.
0 ‘zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurilishi  jarayonlarining 
huquqiy  asosini  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida 
ko‘ramiz.  Konstitutsiya  o‘ziga xos  falsafiy mazmunga  ega  bolib, 
unda  0 ‘zbekistonda  qurilayotgan  demokratik jamiyatning  ustu­
vor maqsadlari,  tamoyillari,  inson huquq va  erkinliklari  o‘zining 
yaqqol ifodasini topgan.
152


Mustaqillik mamlakatimizga jahon sivilizatsiyasining  eshigini 
ochdi, uning teng huquqli a’zosi bo‘lish va dunyodagi eng rivojlan­
gan  davlatlar qatoridan munosib  o‘rin  egallash  imkonini yaratdi. 
Bugungi kunda xalqimizning ana shu yolda amalga oshirayotgan 
ulkan  bunyodkorlik  faoliyati  sivilizatsiyalashgan  mamlakatlarga 
xos  hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan.
«Sivilizatsiya»  tushunchasi.  Ma’lumki,  lotin  tilidagi  «civil is» 
so‘zi  asosida  shakllangan,  fuqaroviy,  ijtimoiy  degan  ma’nolami 
anglatadigan  mazkur tushunchani  ilm-fan tarixida  dastlab  shot- 
land tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson  (1723—1816) jahon tari­
xiy jarayonining ma’lum bir bosqichini  ifodalash uchun,  fransuz 
ma’rifatparvarlari  esa  aql-idrok  va  adolatga  asoslangan jamiyat, 
degan  ma’noda  ishlatgan  edilar.  Undan  keyin  ham  sivilizatsiya 
tushunchasiga turlicha  mazmun  berish  davom  etdi.  Ayrim holda 
uni madaniyatning, ba’zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi 
sifatida  ishlatgan  bolsalar,  nemis  faylasufi  O.Shpengler  esa,  ak- 
sincha,  uni  madaniyatning  antipodi ma’nosida,  ya’ni madaniyat­
ning  halok bolish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun,  ingliz 
sotsiologi va tarixchisi  A.Toynbi  esa  o‘ziga xos va nisbatan yopiq 
bolgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan.
Sivilizatsiya tushunchasining mazmunini belgilashda turfa xil- 
lik  hozirgi  vaqtda  ham  saqlanib  qolmoqda.  Bu  tushuncha:  1)  ij­
timoiy rivojlanishning  yowoyilik va varvarlikdan keyin keladigan 
bosqichini;  2)  umuman  kishilik jamiyati  rivojlanishining  ma’lum 
bir bosqichini  (masalan,  neolit,  nokapitalistik yoki hozirgi zamon 
sivilizatsiyasi);  3)  ma’lum  bir  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyani;  4) 
geografik  jihatdan  farqlanuvchi  birliklarni  (masalan,  Yevropa 
yoki  Osiyo  sivilizatsiyasi);  5)  diniy mansubligiga ko‘ra,  farqlanuv­
chi  madaniy  birliklarni  (masalan,  xristian  yoki  islom  sivilizatsi­
yasi);  6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi 
birliklarni  (masalan,  Yer  sivilizatsiyasi,  Yerdan  tashqaridagi  sivi- 
lizatsiyalar);  7)  etnik  asosga  k o la  farqlanuvchi  ijtimoiy-madaniy 
birliklarni  (masalan,  qad.  Misr  yoki  Bobil  sivilizatsiyasi)  va  shu 
kabi ma’nolarni ifodalash uchun qollanib  ke' moqda.
Sivilizatsiya  tarixning,  jamiyatning  sifaiiy  o'ziga  xosligini, 
u  yoki  bu  mamlakat  doirasida  amal  qiladigan,  ishlab  chiqarish
153


kuchlari,  inson  faoliyati,  madaniyati  tomonidan  belgilanadigan 
umumiy  ijtimoiy  qonuniyatlarning  spetsifikasini  ifodalaydi.  Bu- 
larning barchasi sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bolishi 
uchun  imkoniyat  yaratadi.  Bu  sifatiy  xususiyatlarning  yo‘qolishi 
sivilizatsiyaning halokatini anglatadi.
Ushbu  mulohazalardan  shuni  xulosa  qilib  aytish  mumkinki, 
sivilizatsiya  tushunchasi  muayyan  xalq,  mamlakat  (jamiyat)ga 
yoki  uning  rivojlanishining  sifatiy  jihatdan  farqlanuvchi  ayrim 
bosqichlariga nisbatan ishlatilgandagina, u aniq ilmiy mazmunga 
va  demakki,  metodologik  ahamiyatga  ega  boladi.  Aynan  etnik 
birliklar,  mamlakatlar  darajasida  sivilizatsiyaning  o‘ziga  xosligi, 
asosiy xarakteristikalari  o'zini yaqqol namoyon etadi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish