Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

«Madaniyat» tushunchasi. 
Bu tushuncha  (arabcha shaharga oid, 
farovon  maskasn,  taraqqiyot  o‘chog‘i)  tabiat  va  o‘zaro  munosabat- 
larda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos shaklini ifodalaydi 
va  individning  hayotiy  faoliyati  (shaxsiy  madaniyat),  ijtimoiy  gu- 
ruh  yoki jamiyatning  faoliyat  usuli  (ijtimoiy  madaniyat)ni  aks  et­
tiradi. Dastlab madaniyat tushunchasi insonning tabiatga maqsadga 
muvofiq tarzda ta’siri  (yerga ishlov berish,  tabiiy boyliklardan foy­
dalanish va h.k.) hamda insonning o‘zini tarbiyalashi va bilim olish 
ma’nosida  qollangan  bolsa,  keyinchalik  turli  xalqlar  madaniyat­
ning  o‘zaro  yaqinlashuvi,  munosabatlarining  ifodasi  olaroq jahon 
madaniyati,  tamaddunlar madaniyati tushunchalari paydo boldi.
Inson  faoliyatining  ikki  asosiy  turi  —  moddiy  va  ma’naviy 
yaratuvchanlikka  ko‘ra,  madaniyat  moddiy va  ma’naviy madani- 
yatlarga bolinadi.  Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha 
sohalari hamda ularning har birida erishilgan natijalar — mehnat 
qurollari,  turar-joy,  kundalik turmush buyumlari,  kiyim-kechak, 
transport,  aloqa  vositalari  va  shu  kabilarni  o‘z  ichiga  oladi.
156


Ma’naviy  madaniyatga  aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik  sohalari
— bilim,  odob-axloq,  ta’lim-tarbiya,  huquq,  falsafa,  din,  nafosat, 
fan,  san’at,  adabiyot,  folklor,  asotirlar va  shu  kabilar kiradi.
Uyg‘onish 
va 
ma’rifatparvarlik 
davrlarida 
madaniyat 
yetukligi  deganda  inson  va  jamiyat  hayotida  insonparvarlik, 
ma’rifatparvarlik g£oyalari ustuvor o£rin tutishi lozimligi tushunil- 
gan. Jamiyatdan tashqarida madaniyat mavjud.  Masalan,  Ijtimoiy 
munosabatlardagi  har  qanday  o£zgarish  madaniyatga  ta’sir  etadi 
va  unda  bu  munosabatlar  qanday  natijalarga  olib  kelishi  o£ziga 
xos tarzda namoyon bo£ladi.  Shu bois madaniyat nafaqat  o‘tmish 
yoki  bugungi  kun,  balki  kelajakka  nisbatan  munosabatning  ifo- 
dasi  hamdir.  Madaniyat  inson  faoliyatining  ham  mahsuli,  ham 
sifat  ko‘rsatkichi.  Insoniyat  o£zi  ham  pirovard  natijada  madani­
yat mahsulidir.  Madaniy  muhit  qanday bo£lsa,  inson ham shun­
day  shakllanadi.  Madaniyatning  ijodkori,  eng  avvalo,  xalq.  Xalq 
madaniyatida  ajdodlar  yaratgan  moddiy  va  ma’naviy  boyliklar 
jamlangan.  Ularni  o£zlashtirmay,  bilmay turib,  madaniyatli kishi 
bo£lish  mumkin  emas,  madaniyat  rivojida  noyob  iste’dod  sohib- 
lari:  fan,  adabiyot,  san’at ahli ham katta o‘rin tutadi.  Ular tufayli 
madaniyatda yangi yondashuv,  ijod turlari, badiiy-estetik qarash­
lar yuzaga keladi.  Bugungi kunda jahon miqyosida keng tarqalgan 
ayrim  kasb  turlari  madaniyatning  alohida  shakli  sifatida  e’tirof 
etiladi.  Masalan,  kitobat  madaniyati,  kulolchilik madaniyati,  bi- 
nokorlik,  mashinasozlik,  temirchilik,  ipakchilik madaniyatlari va 
h.k.  Bundan tashqari,  fanda madaniyatning barcha xalqlar hayo­
tida  alohida  o£rin  tutadigan  turlari  ham  qayd  etiladi.  Masalan, 
qishloq  xo£jaligi  madaniyati,  texnologik  madaniyat,  mintaqaviy 
madaniyat  va  h.k.  Bu  hoi  madaniyat  turlarini  alohida-alohida 
hamda  qiyosiy  o£rganish  yondashuvining  shakllanishi,  fanning 
alohida tarmog£i sifatida  ajralib  chiqishiga olib  keldi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish