Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Istiqlol va madaniyat. 
0 ‘zbekistonning o‘tgan asrning 80-yillari 
oxirida mustaqillik tomon  qadam tashlashi bilan,  barcha sohalar 
qatori,  madaniy  hayotda  ham  o‘zgarish  va  islohotlar  olib  borish 
uchun  muayyan  zamin  hozirlana boshladi.  Jumladan,  Navro‘zni 
umumxalq bayrami  sifatida nishonlash va  o‘zbek  tiliga davlat tili 
maqomi  berish  haqidagi  Qonunning  qabul  qilinishi  bu  yoldagi 
eng dadil qadamlar boldi.  Shundan so‘ng birinchi navbatda mil-
160


liy  madaniyatimiz,  xalq  ma’naviy  boyligining  ildizlariga  e’tibor 
berish,  so‘zda  emas,  amalda  har bir  kishining  vijdon  erkinligini 
ta’minlash,  ma’rifat  va  madaniyatning  moddiy-texnik  bazasini 
mustahkamlash,  ma’naviy boyliklarni yaratuvchi olimlar va ijod- 
kor  xodimlarga  e’tiborni  kuchaytirish,  o‘sib  kelayotgan  avlodga, 
uning madaniy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan 
yondashish vazifalari belgilandi.
Vatanimizning  yorug‘  kelajagini  belgilaydigan,  uning  kuch- 
qudratini  ta’minlaydigan  omillar  orasida  ta’lim-tarbiya  sohasi 
alohida o‘ringa  ega.  Chunki har bir millatning,  xalqning  ertangi 
kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bogliqdir. 
Istiqlolimizning  ilk  yillaridanoq  soglom  avlod  tarbiyasi  eng  us- 
tuvor  vazifa  sifatida  belgilanib,  ushbu  masala  davlat  siyosati  da- 
rajasiga ko‘tarildi.
Falsafada  qadriyatlar  muammosi  takror  va  takror  murojaat 
qilib  turiladigan  azaliy  mavzulardan  biri  sifatida  qaraladi.  Bu 
mavzu,  ayniqsa,  tarixda  tub  burilishlar  ro‘y  berayotgan,  jamiyat 
rivoji bir bosqichdan boshqasiga o‘tayotgan, ijtimoiy-siyosiy tartib- 
lar,  kishilar  ko‘nikib  qolgan  mezonlar  o‘zgarib  borayotgan  davr- 
larda  nihoyatda  dolzarb  muammoga  aylanadi.  Bunday  davrlarda 
jamiyat  a’zolarining  qadriyatlarga  munosabati,  ular bilan bogliq 
maqsad va ideallari,  qarash va tasawurlari  o‘zgarib  ketadi.  Jami- 
yatda  eski tizim va unga  asoslangan ijtimoiy,  siyosiy va  ma’naviy 
mezonlar  o‘rniga yangi  qadriyatlar tizimiga  ehtiyoj  tug‘iladi,  uni 
shakllantirish zaruratga aylanadi.
XX  asr  oxirida  sobiq  ittifoqning  barham  topishi  va 
0 ‘zbekistonning  mustaqillikka  erishishi  ana shunday  davr bosh- 
langanini  yaqqol  ko‘rsatdi.  Bu  esa yuqoridagi  xulosaning  tarixiy 
jarayonlar  natijasida  isbotlangan  hayot  haqiqati  ekanidan  dalolat 
beradi
Istiqlol  yillarida  xalqimiz  hayotida  muhim  o‘zgarishlar  ro‘y 
berdi,  davlat va jamiyat  qurilishida tub  islohotlar  amalga  oshiril- 
di.  Umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan hayot qurish,  huquqiy 
demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo  etish, jahon sivi­
lizatsiyasi  andozalariga mos keladigan qadriyatlar tizimini shakl­
lantirish ushbu jarayonning tarkibiy qismiga aylandi.
161


Aynan  ana  shu  davrda  mamlakatimizda  qadriyatlar  va  inson 
qadri  masalasiga  alohida  e’tibor  qaratila  boshlandi.  Bir-biri  bi­
lan  uyg‘un  va  chambarchas  aloqador  bo‘lgan  bunday jarayonlar 
umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar  ustuvorligini  ta’minlashda 
muhim ahamiyat kasb  etadi.
Qadriyatlar to‘g‘risidagi fan — «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, 
logos  —  fan,  ta’limot  ma’nosini  anglatadi)  falsafaning  shu  ma- 
salani o‘rganadigan va u bilan shug‘ullanadigan sohasi hisoblana­
di.  Sobiq  ittifoq davrida bu  to‘g‘rida  nihoyatda kam  ma’lumotlar 
bor  edi.  Istiqlol  tufayli  qadriyatlar  to‘g‘risidagi  qarashlarimiz 
shitob  bilan  o‘zgardi.  Sobiq  ittifoqning  ilgari  ulug‘langan  parti- 
yaviy-sinfiy  qadriyatlari  sarobga  aylandi,  zamona  realliklari  ta- 
lablariga  javob  bera  olmay,  o‘tgan  o‘n  yilliklardan  iborat  tarix 
sahifalari  bilan  birga  yopilib  ketdi.  0 ‘zbekistonda  qadriyatlarga 
e’tibor  kuchaydi,  uning  turli  qirralari  olim  va  mutaxassislar  to­
monidan  tahlil  etilmoqda.  Qadriyatlar  falsafasi  —  aksiologiya- 
ning  ko‘pdan  ko‘p  mavzulari  mutaxassislarimizning  ilmiy  izla- 
nishlarida  o‘ziga xos o‘rin tutmoqtsa.
«Moziyga  qaytib  ish  ko‘rmoq  xayrlidir»,  —  deb  yozgan  edi 
Abdulla  Qodiriy  « 0 ‘tgan  kunlar»  romanida.  Xuddi  shunday, 
«Qadriyat  d‘zi nima?»  savoliga javob berishdan  oldin mavzuning 
tarixini,  qisqa bo‘lsa-da,  o‘rganmoq lozim.  Busiz qadriyatlarning 
bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bolmaydi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish