Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Mustaqillik  va  qadriyatlar  tizimi  o‘zgarishi



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Mustaqillik  va  qadriyatlar  tizimi  o‘zgarishi. 
Istiqlol  yillari- 
da  0 ‘zbekistonda  bu  mavzuga  umuminsoniy  tamoyillar  aso­
sida  yondashish  shakllandi.  Istiqlol  asrlar  davomida  shakllan- 
gan  o‘ziga  xos  sharqona  va  o‘zbekona  qadrlash  masalalari  va 
me’yorlarini  qayta  tiklash  hamda  zamonaviy  talablar  daraja- 
sida  takomillashtirishni  kun  tartibiga  qo‘ydi.  Zero,  mustaqil 
bo‘lmagan  mamlakatning  qadriyatlar tizimi  hech  qachon to‘kis 
bolmaydi.  Mustamlaka  mamlakatning  ma’naviy  hayotida  mus- 
tamlakachilarning qadriyatlari ustuvor bolishi aniq.  Faqat mus- 
taqillikkina  ushbu  holatni  tubdan  o‘zgartiradi,  mamlakatning 
qadriyatlar majmuasini jahon tizimining teng huquqli va haqiqiy 
qismiga  aylantiradi.
Shu  sababdan  ham  istiqlol  yangi  qadriyatlar  tizimini  shakl- 
lantirishni  taqozo  qildi.  Bu  zaruriyat  esa  qadriyatlarni  qayta ba- 
holash,  yurtimizda  sharqona,  azaliy  va  umuminsoniy  qadrlash 
mezonlari  ustuvor  bolgan  hayot  tarzini  shakllantirish  jarayoni 
bilan  uyg‘unlashib  ketdi.  Qadriyatlar  sohasidagi  o‘zgarishlarga 
e’tibor va bu  boradagi  yangi  tamoyillardan  ta’lim-tarbiyada  foy­
dalanish ehtiyoji oshayotganligining sababi ham ana shunda.
0 ‘zbekistonning  milliy  istiqloliga  asoslanadigan  yangi  qadri­
yatlar  tizimi  shakllanish  jarayonlari  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy, 
madaniy  va  ma’naviy  sohalardagi  o‘zgarishlar,  respublikamizda 
qadriyatlar omili  samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatning 
asosiy  yo‘nalishlari  ham  ilmiy  o‘rganishni  talab  qiladi.  Ushbu 
masalani  oydinlashtirish  uchun  tarixga  murojaat  qilish,  undan 
tashbehlar izlash mumkin.  Holbuki  dunyodagi  eng  qadimiy sivi- 
lizatsiyalardan  biriga  mansub  bolgan,  o‘z  ildizlari  bilan  asrlar 
qa’riga  borib  taqaladigan  va  uch  ming  yildan  ko‘proq  davrni 
qamrab oladigan xalqimiz tarixi, mustaqil 0 ‘zbekistonda shaklla- 
nayotgan yangi qadriyat tizimi va unga munosabatimizning tamal 
toshlarini  qo‘yadigan ma’naviy asosdir.
Mustaqil 0 ‘zbekistonning rivoji qanchalik yuqori pog‘onalarga 
ko‘tarilib  boraverar  ekan,  tarix  sahifalariga  murojaat  qilish,  un­
dan tashbehlar izlash ehtiyoji shunchalik ortib boraveradi. Ammo
167


hayot  faqat  tarixdan  iborat  emas.  Tarix  naqadar  serqirra  va 
serma’no  bolmasin,  bugungi  va  kelajakdagi  o‘zgarishlarni  tola- 
to‘kis  qamrab  ololmaydi,  balki  kelajakda  tarixga  aylanadigan ja- 
rayonlarga asos boladi,  xolos.
Ijtimoiy taraqqiyot esa tarix silsilalari, turli qarama-qarshiliklar 
va ziddiyatlar orasidan o‘ziga yo‘1 ochib boradi.  Uning zamondagi 
bunday  ilgarilanma  harakati jamiyat  taraqqiyotini  umumijtimoiy 
qonuniyatidir.  Bu  qonuniyat  qadriyat  tizimlari,  ularni  tarkibiy 
qismlaridagi  o‘zgarishlar  dialektikasi  uchun  ham  umumiydir. 
Qadriyat  tizimlarining  zamona  zayllari  ta’sirida  o‘zgarishi  va 
davr  realliklariga  mos  holatga  kelishi  ham  ana  shu  jarayonga 
bo‘ysunadi.  Bu jarayonda  o‘zgarishlar  voqea  va  hodisalarni  za­
mondagi ketma-ketligi tarzida ro‘y beradi.  Dialektik tafakkur esa 
ana  shu  davomiylikning  in’ikosi,  uni  anglab  olish  vositasi  sifa­
tida namoyon boladi.  U qadriyatlarni o‘zgarishi va yangi qadriyat 
tizimlari vujudga kelishi jarayonini anglab olish imkonini beradi. 
Hozirgi  davrdagi  turli  nomutanosibliklar,  zamona  silsilalari  va 
muammolari  orqali  shakllanayotgan yangi  qadriyatlar tizimi  vu­
judga  kelish jarayonini  tasavvur  qilmoq  u  uchun  ham  dialektik 
tafakkur va ilmiy bilish usullariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Jamiyatnfng  tub  burilish  bosqichlarida  qadriyatlar  tizimi, 
kishilarni  ularga  munosabati  o‘zgarishi  shunchalik  shiddatli  tus 
oladiki,  bu jarayonning  tezkor  sur’atlarini  anglash,  izohlash  va 
asoslashga eng dialektik tafakkur usuli ham ulgura olmay qoladi. 
Biz  tadqiqotlarimiz  davomida  bu  fikr  to‘g‘riligiga  ishonch  hosil 
qildik.  Bu davrda sobiq ittifoq tizimi bilan bogliq davr o‘tmishga 
aylandi.
Xullas,  0 ‘zbekistonni  mustaqil  rivojlanish  yoliga  o‘tganligi 
yangi 
qadriyatlar 
tizimi 
shakllanishi 
va 
barqarorligini 
ta’minlaydigan asosiy omildir.  Mustaqillik tufayli dunyoga  eshik 
ochish,  jahon  maydoniga,  taraqqiy  etgan  davlatlar  qatoriga  so- 
bitqadamlik bilan  kirib  borish,  o‘zaro  iqtisodiy,  madaniy,  ilmiy, 
savdo  va  boshqa  sohalarda  qizgln  hamkorlikni  yolga  qo‘yish, 
0 ‘zbekistonni,  uning  boy  o‘tmishini,  madaniyatini,  hozirgi 
kunini va bu yerda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jarayonini 
dunyoga tanitish imkoniyatlari ochildi.
168


Bugungi kunda zaminimizda yashayotgan va bizga zatnondosh 
bolgan  kishilar  hayotida  yangi  davr  boshlandi.  Ya’ni  mustaqil 
0 ‘zbekistonimizning  milliy  istiqloliga  asoslangan  yangi  qadri­
yatlar tizimini barqaror qilish,  bu  tizimda  qadriyat shakllarining 
dialektik uyg‘unligiga erishish,  inson qadri,  qobiliyati,  iste’dodini 
namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish borasidagi dol- 
zarb vazifalar hozirgi  avlod umrining mazmuniga aylandi.
Mazkur 
sohada 
zimmamizdagi 
vazifalarni 
bajarishda 
ma’naviy-ma’rifiy vositalar hamda targlbotning ta’sirchan usulla­
rini qollash, faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishi bolib qolmoqda. 
Bu  esa har birimizni ushbu yo‘nalishda faol va omilkor bolishga 
undaydi hamda barchamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish