Rezbali birikmalarning vazifasi, qo’llanilishi va turlari
Rezbali birikmalar juda keng tarqalgan ajraladigan birikmalardir. Ularni rezba bilan ta’minlangan boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, prujinalovchi shaybalar vositasida hosil qilinadi. Rezbali birikmalarning asosiy elementi rezbadir.
Agar silindrik yoki konussimon sirtda uchburchak, trapesiya, to’g’ri to’rtburchak va shunga o’xshash yassi rasmli vint chizig’i bo’ylab har doim vintning o’qidan o’tadigan holatda siljitsak, bu rasm rasmga mos rezbani tashkil qiladi
Vint chizig’ining tarkib topishi va rezbaning ko’tarilish burchagiga oid tarh.
Vint chizig’ining yo’nalishi bo’yicha o’naqay va chapaqay, kirimlar soniga ko’ra bir kirimli va ko’p kirimli, vazifasiga ko’ra mahkamlash, mahkamlash-jipslashtirish va harakatni uzatish rezbalariga bo’linadi. Mahkamlash rezbalari rezbali birikmalarda qo’llaniladi va ular uchburchakli profilga ega bo’lib, katta ishqalanish, yuqori mustahkamlikka va texnologiklikka egadir. O’z-o’zidan bo’shab ketish hollaridan mustasno.
Mahkamlash-jipslashtirish rezbalari germetiklik talab etiladigan birikmalarda qo’llanadi. Odatda barcha mahkamlash rezbali detallar bir kirimli tarzda bo’lishi tavsiya etiladi,
Harakatni uzatish rezbalari vintli uzatmalarda ishlatiladi va kichik ishqalanish bilan tavsiflanuvchi trapesiyaviy (ba’zan esa to’g’riburchakli) profilga egadir.
Rezbali birikmalarning afzalliklari: yuqori yuklanish qobiliyati va ishonchliligi; turli ish sharoitlari uchun rezbali detallar xillarining ko’pligi; yig’ish va ajratishning qulayligi; tannarxining nisbatan pastligi; hamma o’lchamlarining standartlashtirilganligi va tayyorlash jarayonlarining yuqori unumdorligi.
Rezbali birikmalarning kamchiliklari: rezbali birikmalarning asosiy kamchiligi rezbali detallarning yuzalarida katta miqdordagi kuchlanishlar jamlanishi o’choqlarining mavjudligi tufayli o’zgaruvchan kuchlanishlarga chidamliligining yetarli emasligi va maxsus turdagi rezbali detallarni tayyorlash texnologik jarayonining bir muncha murakkabligidir.
Mahkamlovchi rezbalar: uchburchak profilli metrik rezba – asosiy mahkamlovchi rezba profili uchburchakli, rezbasining uchi va tubi doirasimon bo’lgan quvur rezba doiraviy rezba yog’och uchun vint rezbasi
Mahkamlovchi rezbalar.
Vintli mexanizmlar rezbasi: to’g’ri burchakli a); trapesiyali simmetrik , b); trapesiyali nosimmetrik
Rezba profilini tanlash. Rezba profili ko’p omillar orqali aniqlanadi, ulardan muhimlari: mustahkamlik, texnologiklik va rezbadagi ishqalanish kuchi. Shunday ekan, mahkamlovchi rezba yuqori mustahkamlikka va mahkamlovchi detallarni o’z-o’zidan buralib ketishidan saqlash uchun nisbatan katta ishqalanish kuchga ega bo’lishi kerak.
Vintli mexanizmlar rezbasi f.i.k. oshirish va yyeyilishni kamaytirish uchun kichik ishqalanish kuchili bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |