1.3.8. Ta`lim umumiy shakllari: jamoaviy, guruh bo`lib, yakka tartibda (frontal, zveno, individual).
1.3.9. Ta`lim usullari:
an`anaviy usullar (og`zaki, amaliy, ko`rgazmali, kitob bilan ishlash, video va audio usullar);
aniq maqsadli usullar (bilimlarni egallash; malaka va ko`nikmalarni shakllantirish; bilimlarni qo`llash; ijodiy faoliyat; mustahkamlash; bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish);
idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga ko`ra usullar (tushuntirish – illyustrativ (axborot – reseptiv); reproduktiv; muammonli bayon qilish; qisman ijodiy (evristik); tadqiqiy);
didaktik maqsadli yo`naltirilgan usullar (ilk bor bilimlarni o`zlashtirish; egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |