1.3. FANNI O`QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O`TKAZISH BO`YICHA TAVSIYALAR. (Fanni o`qitish shakli, vositalari, texnologiyasi va metodlari).
1 .3.1. Nazariy mashg`ulotlarga tayyorgarlik.
Bu jarayonga tayyorgarlik ko`rishda faqatgina ma`ruza materiallari bilan cheklanib qolmasdan, balki bir necha uslubiy qo`llanma va darsliklardan foydalanish lozim. Bu bir tomondan dars hajmining kamligi sababli ma`ruza darslarida yetkazishning imkoni bo`lmagan mavzularni to`ldirishga, ikkinchi tomondan esa chuqur bilim olish va masalalarni yechish ko`nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Bu o`z navbatida talabaning mustaqil bilim olishini, adabiyotlar bilan ishlash ko`nikmalarini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |