3 -rasm. Gilzani o’lchamlarini o’lchash sxemasi.
slindrlar nominal o’lchamga moslab gilzalar qo’yib navbatdagi ishlov berish bilan tiklanadi.
Slindrlar va slindrlar gilzalari 278N tipidagi vartikal yo’nish stanoklarida yo’niladi.
Blok slindrlarni yo’nishda slindrlar o’qlari orasidagi masofalarning saqlanishi va slindrlar o’qlarining tirsakli val o’qiga perpendiqulyarligini tekshiriladi. Slindrlarning butun uzunligi bo’ylab perpendiqulyarlikning ko’pi bilan 0,05 mm o’zgarishiga yo’l qo’yiladi. Slindrlar gilzalarini yo’nishda va jilvirlashda gilza devorlarining qalinligi quzatib turiladi. O’tqazish belbog’lari bo’yicha vertikal tekislikda o’lchangan gilza devorlari qalinligining farqi 0,06 mm dan oshmasligi lozim.
Yo’nilgan slindr yoki gilzalarning diametri ta’mir o’lchamidan 0,04...0,10 mm kichik bo’lishi kerak, bu navbatdagi ishlov berish-xoninglash uchun qo’yim hisoblanadi.
Slindrlarga vertikal-xoninglash yoki vertikal-parmalash stanoklarida maxsus xoninglash kallaklari bilan ishlov beriladi.
a) nutrometr b) xoninglash jihozi
Gilzani ta’mirlash uchun uning yeyilish o’lchamlari quyidagi ketma-ketlikda aniqlab chiqiladi.
7.Gilzalarni yeyilish aniqlash
Gilzalarni yeyilish qiymatini hisoblash uchun uning ichki diametrini I, II, III- kesimlar bo’yicha tirsakli val o’qiga paralel va perpendiqulyar bo’lgan tekisliklar bo’yicha nutromer bilan o’lchanadi va o’lchash natijalari jurnalga yoziladi. Yeyilishni aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1.Eyilish qiymatini ushbu formula bilan aniqlanadi:
Slindrlarni tirsakli valga perpendiqulyar bo’lgan tekislik bo’yicha yeyilishi
I1 = DI – Dn, mm (1)
Slindrlarni tirsakli valga paralel bo’lgan tekislik bo’yicha yeyilishi
I2 = DII – Dn, mm (2)
bu yerda: DI , DII – slindrni tirsakli valga perpendiqulyar va paralel bo’lgan
tekislik bo’yicha eng katta yeyilgan diametrlari;
Dn - gilzaning nominal diametri (zavoddan chiqqan yangi yoki ta’mirdan so’nggi slindrni diametri).
2. Slindrning konusligini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Buning uchun I,II,III-kesimlardagi eng katta diametr va boshqa kesimdagi eng kichik diametr olinadi koruslikni ushbu formula bilan hisoblanadi
. (3)
3.Slindrni ovalligini hisoblash uchun eng katta yeyilish bo’lgan bitta kesimdagi maksimal va minimal diametr olinadi va ushbu ifoda bilan ovallik hisoblanadi O = Dmax- Dmin (4)
Har qaysi gilza uchun ovallikning uchta qiymatini, konuslikning ikkita qiymatini olinadi. Nuqsonlarga ajratish beshta qiymatning eng kattasi bo’yicha amalga oshiriladi.
4.Ta’mirlash o’lchami ichki slindrik yuzalar uchun quyidagi ifoda bilan hisoblanadi va hamma slindrlar uchun bir xil bo’ladi
Dp1 = D2 + 2 (βI + Ζ), mm (5)
bu yerda β= 0,6 –gilzaning ichki yeyilgan yuzalari uchun;
I- bir tomonlama yeng katta yeyilish. Bu 1,2 ifoda bo’yicha hisoblangan natijaning eng kattasiga teng.
Ζ = 0,05-0,1 mm –bir tomonlama yo’nib kengaytirish uchun qo’yim;
Ζ=0,03-0,05- mm – bir tomonlama jilvirlash uchun qo’yim.
5. Ta’mir o’lchamlari sonini hisoblash (gilza uchun) ushbu formula orqali amalga oshiriladi
ntesh = (Dmax- Dn ) / γ (6)
bu yerda Dmax - gilzaning maksimal yeyilgan diametri, mm;
γ-ta’mirlararo interval, mm. Slindrni 3 marta ta’mirlashga ruxsat etiladi.
Har bir ta’mir uchun ta’mirlararo intermal 0,5 mmga teng olinadi, ya’ni γ=0,5 mmga teng bo’ladi.
6.Yo’nib kengaytirishga qo’yilgan qo’yim miqdorini ushbu formula bilan hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |