Fizik xossalari. Barcha metallar: 1)Metall yaltiroqlikka ega. 2)Elektr tokini va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Hg, Pb, Te, Jn, Mg, Al, Au, Cu, Ag 3)Elastik va bolg‘alanuvchan. 4)Yorug’likni qaytaradi 5)Metallarning zichligi, qattiqligi, suyuqlanish temperaturasi har xil. Metall bog’ qattiq suyuq agragat holatida bo’lishidan qat’iy nazar faqat metallar uchun xos. Zichlik, suyuqlanish va qaynash harorati, qattiqlik metall atomlarining xususiy xossalari bo’lgan yadro zaryadi, massa, metal bog’ning mustahkamligiga bog’liq. Metallarning kristall panjara tugunlarida neytral atomlar, musbat zaryadlangan ionlar joylashadi va ular orasida erkin elektronlar harakatlanadi. Metallarda doimiy ravishda atomlardan elektronlarning ajralishi va ionlarga birikishi sodir bo’lib turadi. Shu erkin elektronlar bo’lishi ularning elektr toki va issiqlikni yaxshi o’tkazishni ta’minlaydi. Elektronlar butun kristall bo’yicha umumiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |