Mexanika mashinasozlik fakulteti texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi


-BOB. BАRАBАNLI QURITGICHLАRNI HISOBLASH



Download 3,79 Mb.
bet17/34
Sana31.12.2021
Hajmi3,79 Mb.
#207239
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
kurs ishi Kvars aksiyadorlik jamiati OXIRGISI

2-BOB. BАRАBАNLI QURITGICHLАRNI HISOBLASH.

2.1 BARABANLI QURITGICH.

Bu qurilmalar atmosfera bosimida uzuluksiz ravishda turli sochiluvchan va donasimon materiallarni tutunli gazlar yoki issiq havo bilan quritish uchun ishlatiladi. Ular slindirsimon korpusdan iborat boʼlib, gorizontga nisbatan juda kichik ogʼish burchakda joylashtiriladi. Baroban ikki rolikli tayanchlarga joylashtirilgan boʼlib, elektrodvigatelьva reduktor yordamida aylantiriladi. Аylanish soni 5-8ayl/min. Baraban ichida nasadkalar oʼrnatilgan boʼlib, ular fazalararo kontakt yuzasini oshirish uchun qoʼllaniladi. Nasadkalar barabanning koʼndalang kesimi boʼyicha materialni bir meʼyorda tarqatish va aralashtirishni taʼminlaydi. Material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan toʼgʼri yoʼnalishda berilsa, barabanning ichida material oʼta qizib ketmaydi, chunki bu sharoitda yuqori temperaturali isituvchi agent katta namlikka ega boʼlgan material bilan kontaklashadi. Barabanli quritgichlar uzunligi L va tashqi diametr D boʼyicha tanlanadi.

Nam material bunker 1 dan taʼminlagich 2 orqali aylanib turgan baraban 3 ga beriladi. Material bilan bir xil yoʼnalishda barabanga qurituvchi agent beriladi. U yoqilgʼi oʼtxonasi 4 da yonishida xosil boʼlgan gazlarni aralashtirish kamerasi 5 da havo bilan aralashtirish natijasida hosil boʼladi. Havo oʼtxona va aralashtirish kamerasiga ventilyatorlar 6 va 7 yordamida beriladi. Quritilgan material barabanning boshqa tomonidan bunker 8 ga tushadi va undan transporter 9 ga oʼtadi. Ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarib yuborishdan avval mayda zarrachalardan siklon 10 da tozalanadi va kerak boʼlsa yana qoʼshimcha tozalanadi. Qurituvchi agent baraban orqali ventilyator 11 yordamida uzatiladi. Uzatilish davrida uncha katta boʼlmagan siyraklanish hosil boʼladi va bu esa qurituvchi agentning barabanli quritgich teshiklari orqali yoʼqotilishiga yoʼl qoʼymaydi. Baraban elektrodvigatelьva tishli uzatma 2 yordamida aylantirib turiladi.

Barabanning ichida materialni bir meʼyorda tarqatish, aralashtirish va yoʼnaltirish uchun nasadka joylashtirilgan (39,47,48, 72, 75). Quritilayotgan material donalarining oʼlchamiga va xossalariga qarab xar-xil nasadkalardan foydalaniladi. Katta boʼlakli va qovishib qolish xususiyatiga ega boʼlgan materiallarni quritishda koʼtaruvchi parrakli nasadkalar, yomon sochiluvchan va katta zichlikka ega boʼlgan katta boʼlakli materiallarni quritish uchun sektorli nasadka; kichik boʼlakli, tez sochiluvchan materiallarni quritishda tarqatuvchi nasadka ishlatiladi; mayda qilib ezilgan, chang xosil qiluvchi kukun materiallarni berk yacheykali, dovonsimon nasadkalar boʼlgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiqdir. Аyrim sharoitlarda murakkab nasadkalardan foydalansa xam boʼladi (14-rasm).




Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish