Induktiv siljish o’lchagichlar. Induktiv siljish o’lchagichlarning ishlashi elektromagnit sistemasining qo’zg’aluvchi temir o’zagidagi havo oralig’i δ ga bog’liq ravishda elektromagnit chulg’amining induktivligi L ning unga mutanosib o’zgarishiga asoslanadi (28- a rasm). O’lchanadigan miqdor - siljish X ta'sirida qo’zg’aluvchan temir o’zakning siljishi elektromagnit chulg’ami induktivligini o’zgartiradi. Induktivlik formulasiga muvofiq:
L = ΦW , Φ = IW , bundan L = W2 = W2
I RM RM RT+Rδ
bu erda: W-elektromagnit chulg’amidagi o’ramlar soni; RM - magnit zanjirining qarshiligi; RT-temir o’zak
28-rasm. Induktiv siljish o’lchagichlar:
a - havo oralig’i o’zgaradigan o’lchagich; б-o’lchagichning tavsif grafigi; havo oralig’i yuzasi o’zgaradigan o’lchagich; г-solenoidli, magnit singdiruvchanligi μ o’zgaradigan o’lchagich; д – differensial siljish o’lchagich; e - differensiall siljish o’lchagichning tavsif grafigi.
ning magnit qarshiligi; Rs - havo oralig’ining magnit qarshiligi.
Temir o’zakning magnit qrshiligi RT o’zgarmas miqdor; havo oralig’i qarshiligi Rδ esa temir o’zak siljishiga bog’liq bo’lgani havo oralig’i δ ning o’zgarishiga mutanosib ravishda o’zgaradi:
Rδ = 2δ
μFo
bu erda Fo - havo oralig’ining ko’ndalang kesim yuzi; μ -havo oralig’ining magnit singdiruvchanligi.
Havo oralig’ining qarshiligi temir o’zak magnit zanjirining magnit qarshiligidan juda katta Rδ»RT ekanini nazarga olganda elektromagnit chulg’amning induktivligini quyidagicha ifodalash mumkin:
L = W2μFo
2δ
Induktivlik ifodasidan foydalanib, zanjirdagi tok ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
I = U = U
R2+ω2L2 R2+ω2 W2μ F0
2δ
bu erda: R - zanjirning aktiv qarshiligi; ω – o’zgaruvchan tok takroriyligi (chastotasi). Bu ifoda zanjirdagi tok I o’zgarishi, o’lchagichdagi havo oralig’i δ, havo oralig’ining ko’ndalang kesimi Fo yoki havo oralig’ining magnit singdiruvchanligi μ o’zgarishiga mutanosibligini va shu tok orqali mexanik siljish miqdorini o’lchash mumkinligini ko’rsatadi.
Induktiv siljish o’lchagichlar uch turli bo’ladi:
1) havo oralig’i δ o’zgarishiga asoslangan (28-a rasm);
2) havo oralig’i ko’ndalang kesimi yuzi Fo ning o’zgarishiga asoslangan (28-в rasm); 3) elektromagnit sistema magnit singdiruvchanligi μ ning o’zgarishiga asoslangan siljish o’lchagichlar (28-г rasm).
Havo oralig’i δ o’zgarishiga asoslangan siljish o’lchagichlar 0...1 mm oralig’idagi siljishni o’lchaydi. Havo oralig’i bundan ortiq bo’lganida L = f(δ) funksiya to’g’ri chiziqliligini yo’qotadi. O’lchash xatosi ortib ketadi. Shu sababli siljish 5 ... 8 mm bo’lsa, ikkinchi turdagi (28- в rasm) o’lchagich, siljish 50 ... 60 mm gacha bo’lganda esа uchinchi turli (solenoidli) o’lchagichlar qo’llaniladi.
Induktiv siljish o’lchagichlarda (28- a, в, г rasm) o’lchanishi lozim bo’lgan parametrning o’zgarishi siljish o’lchagichdan chiquvchi signal tok (I) ning o’zgarishiga muvofiq o’lchanadi. Bunday siljish o’lchagichlarda o’lchanadigan siljish nolga teng bo’lganida ham o’lchov asbobi orqali tok o’tib turadi.
Siljish o’lchagichning bunday kamchiligini yo’qotish uchun amalda induktiv differensial siljish o’lchagichlar (28-д, rasm) qo’llaniladi.
Differensial siljish o’lchagichlar ikkita bir xil induktiv siljish o’lchagichning differensial sxema bo’yicha ulanishidan hosil bo’ladi (28-д rasm).
Qo’zgaluvchi temir o’zak (yakor) o’rta holatda turganda δ1= δ2 = δ0 chiquvchi signal nolga teng bo’ladi (Iч=0). Yakorning bu holat o’zgarishi, kiruvchi signal X ta'sirida qo’zg’aluvchi temir o’zak o’ngga yoki chap tomonga siljishi natijasida signal Iч hosil bo’ladi. Yakorning δo ga nisbatan o’ngga yoki chapga og’ishi bilan hosil bo’ladigan signallar bir- biriga qarama-qarshi yo’nalishda (ularning fazasi 180° ga burilgan) bo’ladi.
Buni differensial induktiv siljish o’lchagichning statik tavsif grafigidan (28- в rasm) ko’rish mumkin. Siljish o’lchagichning sezuvchanligi oddiy induktiv o’lchagichlar sezuvchanligidan ancha katta bo’lib quyidagi formula asosida topiladi:
ΔI = tgα .
Δδ
29-rasm. Taxogeneratorlar: a – o’zgarmas tok taxogeneratori; б - uning tavsif grafigi; в, г – o’zgaruvchan tok taxogeneratori va uning stakansimon rotori; 1,2 - stator o’ramlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |