Yuza birligiga tik ravishda qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri keladigan fi zik
kattalikka bosim deyiladi.
Bosim =
Bosim kuchi
Kuch qo‘ilgan yuza
.
,
p – bosim, F – bosim kuchi, S – kuch qo‘yilgan yuza.
Bosim
=1 Paskal bilan o‘lchanadi. Qisqacha 1 Pa. Bu
birlik fransuz olimi B. Paskal (1623–1662) sharafi ga qo‘yilgan.
Bosim tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Pichoqlar va
qaychilar yaxshi kesishi uchun, bosimni orttirish maqsadida, yuzasini
qayrab kichik lashtiriladi.
Ignalarning uchlarida, knopkada ham bosimni orttirish uchun yuza
kichik lashtiriladi (27-rasm).
Aksincha, bosimni kamaytirish uchun yuzani kattalashtiriladi. Og‘ir yuk
ko‘taradigan mashinalarning balonlari, yengil mashinalarnikiga nisbatan
enliroq bo‘ladi. Qalin qorda yurganda botib ketmaslik uchun oyoqqa chang‘i
bog‘lanadi. Ko‘p qavatli binolarning poydevori ham keng qilib quriladi.
27-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |