II bob. Mexanik hodisalar
72
72
48-rasm.
49-rasm.
Mexanik ish formulasiga ko‘ra jismga kuch ta’sir etsa-da, ko‘chish
bo‘lmasa ish bajarilmaydi. Kitob to‘la papkangizni qo‘lingizda ko‘tarib,
ancha vaqt o‘rtog‘ingizni kutib tursangiz ham mexanik ish bajarmagan
bo‘lasiz. Chunki s = 0 bo‘lganligidan A = F · 0 = 0 chiqadi.
Yuqorida aytganimizdek, «mehnat»ni mexanik ishdan farqlash
lozim. O‘qi tuvchining dars o‘tishi, vrachning kasalni davolashi, maktab
direktorining ishlarni boshqarishi mehnat qilishga kiradi. Hamma jism lar
ham ish bajara oladimi?
Jismlarning ish bajara olish qobi liyatiga energiya deyiladi.
50-rasm.
Uni tushunish uchun quyidagi holatni
qaraylik. 50-rasmda bolg‘aning mixga nisbatan
ikkita ho lati ko‘rsatilgan. Birinchi holatda mixga
urilgan bolg‘a
ning ta’siri juda kichik bo‘lgan-
ligidan mix taxtaga kirmaydi hisob. Ikkinchi
holatda esa bolg‘a ancha balanddan tushib mixga
urilganligidan mix ni taxtaga kiritib yuboradi.
Demak, bolg‘aning ikkinchi holatda ish bajara olish qobiliyati ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |