II bob. Mexanik hodisalar
30
30
KIRISH SUHBATI
Kundalik turmushda harakatlanayotgan juda ko‘p jismlar, mashina va
mexanizmlarga duch kelamiz.
Avtomobillar, ventilyatorlar, osma va qo‘l
mexanik soatlari va h.k. Avtomobilning
harakatiga nazar tashlasak, uning
turli qismlari turlicha harakatda bo‘lishiga e’tibor beramiz. Avtomobil
korpusi, yuki, hay dovchisi bilan oldinga
yoki orqaga harakat qilsa, uning
g‘ildiraklari, dvigatelini sovutuvchi parragi aylanma harakat qiladi. Bundan
buyon oldinga, orqaga,
yuqoriga, pastga, o‘ngga yoki chapga bo‘ladigan
harakatlarni umumiy holda
ilgarilanma harakat deymiz. Devorga osilgan
mexanik soat mayatnigi esa takrorlanib
turuvchi harakat qilganligidan,
uning harakatini
tebranma harakat deyiladi.
Shunday qilib, bizni o‘rab turgan olamdagi barcha
jismlarning hara-
katini uch turga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: