VI bob. Tovush hodisalari
172
172
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz VI bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari
bilan tanishasiz.
Tovush
Muhitda tarqalayotgan tebranishlar. Chastotasi 16 Hz dan 20000 Hz
oraliqda. Chastotasi 16 Hz dan
past tovushlarni infratovush, chastotasi
20000 Hz dan baland tovushlarni
ultratovush deyiladi. 1 Hz = 1/s.
Kamerton
Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbob. 1711-yilda ingliz mu-
siqachisi J. Shorom ixtiro qilgan. U simon ko‘rinishga ega.
Rezonator
Tebranishlarni kuchaytirib beruvchi quticha.
Musiqa asboblarida
uning yuzasi yupqa teri, yog‘och bilan qoplanadi.
Mikrofon
Tovush tebranishlarini, elektr tebranishlariga aylantirib beruvchi asbob.
Ikki so‘zdan:
mikros – kichik va
phone – tovush so‘zlaridan olingan.
Tovushning
tarqalish
tezligi
Tovush tarqalishi uchun muhit zarur. Gazlarda tarqalish tezligi 0°C
da 200–350 m/s, suyuqliklarda 1100–2000 m/s, qattiq jismlarda 3000–
6500 m/s oralig‘ida bo‘ladi.
Tovush
qattiqligi
Tovushning birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan energiyasi bilan belgila-
nadigan kattalik. Chastotasiga ham bog‘liq. Birligi detsibel (dB).
Tovush baland ligining yuqori og‘riq sezish bo‘sag‘asi 130 dB ga teng.
Tovush balan-
dligi
Tovush chastotasi bilan belgilanadi. Erkak kishilar gapirganda uning
tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, ayollarnikida 200 dan 9000 Hz
gacha tebranishlar bo‘ladi.
Tovush tembri Tovushdagi obertonlar soni va obertonlar kuchi hamda tovush
balandligi bilan belgilanadigan kattalik.
Tovush tarkibidagi eng
kichik chastota ν
0
ni asosiy ton deyiladi. 2ν
0
, 3ν
0
va h.k. chastotali
tebranishlarni obertonlar deyiladi.
Aks-sado
Tovushning tarqalishida uchragan to‘siqdan qaytib kelishiga aytiladi.
To‘siqlar joylashishi tovush manbaidan uzoqligiga qarab, aks-sado
ko‘p marta takrorla nishi mumkin.
Exolot
Dengiz va okeanlar chuqurligini tovush aks-sadosidan foydalanib
o‘lchay digan asbob.
Tovush
yutish
koeffi tsienti
Materiallarga yutilgan tovush energiyasining tushgan tovush ener-
giyasiga nisbati.
Me’morchilik
akustikasi
Binolarning akustik kattaliklarini o‘lchash,
ularda tovush tarqalish
xususiyatlarini o‘rganish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish bilan
shug‘ul lanadigan fan sohasi.
173
MUNDARIJA
Kirish .............................................................................................................................................................3
1-mavzu. Fizika nimani o‘rganadi? Fizik hodisalar ....................................................................................3
2-mavzu. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar ....................................................................................6
3-mavzu. Jamiyat rivojlanishida fi zikaning ahamiyati. O‘zbekistonda fi zika taraqqiyoti ........................8
4-mavzu. Fizik kattaliklar va ularni o‘lchash............................................................................................10
Do'stlaringiz bilan baham: