Amaliy topshiriq
100 yoki 50 so‘mlik tangani olib, u orqali Quyoshga qarang. Agar
tangani ko‘zingizga juda yaqin qo‘ysangiz, Quyosh to‘la yopiladi.
Asta-sekin tangani ko‘zingizdan uzoqlashtira boshlasangiz Quyoshning
o‘rtasi berkilib, chetki qismi halqa shaklida ko‘rinadi. Tajribani o‘tkazishda
tim qora ko‘zoynak taqib oling!
1. Oydan turib Yer tutilishini kuzatsa bo‘ladimi?
2. Yil davomida qaysi bir hodisa ko‘proq kuzatilishi mumkin: Oy tutilishimi
yoki Quyosh tutilishi?
3. Oyda ham qisman tutilish kuzatiladimi?
•
Yer va Quyosh oralig‘ida ikkita sayyora harakatlanadi. Ularni
Merkuriy va Venera deb atashadi. Ular Yer bilan Quyosh oralig‘ida
turib qolganda Quyosh tutilishi ro‘y beradimi? Yer bilan bu sayyoralar
oralig‘i juda katta bo‘lganligidan ularning soyasi juda kichik bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |