2. Maxrajda yuzaga keladigan sifatlar: shiddah – bayniyyah – roxoovah 13-dars



Download 430,01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi430,01 Kb.
#301948
Bog'liq
1 4956606561272201365



2. Maxrajda yuzaga keladigan sifatlar:  

shiddah – bayniyyah – roxoovah 

13-dars 

 

Assalomu  alaykum,  muhtaram  o‘quvchilar.  Biz  o‘tgan  darsimizda  tovush 

paychalarida  paydo  bo‘ladigan  ziddi  bor  sifatlardan  birinchisi  bo‘lgan  hams  va  jahr 

sifatini  o‘rgangan  edik.  Bugun  esa  paychalardan  o‘tgan  tovush  harf  maxrajiga 

urilganida  yuzaga  chiqadigan  3  xil  sifat  haqida  suhbatlashamiz.  Har  bir  harf  maxraji 

ikki nutq a’zosi yaqinlashuvi natijasida vujudga keladi. 29 harfdan 8 harf maxrajida ikki 

nutq  a’zosi  bir-biriga  yopishib  qolib,  shiddah  sifatini  oladi.  16  ta  harf  talaffuzida  esa 

aksincha, ikki nutq a’zosi ochiq bo‘lib, roxoovah sifatiga ega bo‘ladi. Bulardan tashqari 

5 harf oraliq holatida bo‘lib, na shiddahga, na  roxoovahga  kiradi. Shuning uchun bu 5 

harfni oraliq, ya’ni arabchasiga “bayniyyah” sifatiga ega deymiz.  



Shiddah 

ُ ةَّدِّ شلا

  lug‘atda  “kuch”,  “quvvat”,  “shiddat”  degan  ma’nolarni  anglatadi. 

Shiddah  sifatli  harflarda  maxrajga  bosim  kuchli  bo‘lgani  bois  maxraj  zich  berkilib, 

tovush  maxraj  ortida  bir  muddat  ushlanib,  keyin  tezda  chiqib  ketadi.  Shiddah  sifatli 

harflar  8  ta  bo‘lib, 

“Ajidu  QoTin  bakat”

  jumlasida  jamlangan.  Shiddah  sifat  bo‘lib, 

shu sifatga ega bo‘lgan harflar 

shadiidah

 

ُ ةَديِّدَش

 deyiladi.  

Roxoovah 

ُ ةَواَخَّرلا

 lug‘atda “yumshoq”, “kuchsiz” degani bo‘lib, bu sifat shiddahning 

ziddidir.  Roxoovah  sifatli  harflarda  maxrajga  bosim  yengil  bo‘lgani  bois  tovush 

maxrajdan bemalol oqib o‘tadi. Roxoovah sifatli harflar 16 tadir. Roxoovah sifatiga ega 

harflarni 

rixvah

 

ُ ةَوْخِّر

 deymiz.  

Bayniyyah

 

ُ ةَّيِّنْيَ بْلا



 

lug‘atda “o‘rta”, “oraliq” degan ma’nolarda keladi. Bunda maxraj 

butunlay  berk  ham  emas,  tovush  bemalol  oqib  o‘tadigan  darajada  ochiq  ham  emas. 

Bayniyyah sifatli harflarda maxrajga bosim o‘rtacha bo‘ladi. Bayniyyah sifatli harflar 5 




ta bo‘lib, ular 

“Lin ’umar”

 jumlasida jamlangandir.  Bayniyyah sifat bo‘lib, bu sifatni 

olgan harflar ham 

bayniyyah

ُ ةَّيِّنْيَ ب 

deyiladi.  

  

 

 



 


 

Yuqoridagi 3 sifatdan quyidagicha foyda olamiz: 



Shiddah,  bayniyyah 

va

  roxoovah

  sifatlari  harflar 

sukunli

  bo‘lganida  ko‘rinadi. 

Harflar  harakatli  bo‘lganida  esa  bu  sifatlar  yuzaga  chiqmaydi.  Harakatli  harflar  bir  xil 

vaqt oralig‘ida talaffuz qilinadi, masalan: 



ba, bi, bu; ka, ki, ku… 

Ammo harf sukunli 

bo‘lganida talaffuziga bir xil vaqt ketmaydi!  

Quyidagi  suratga  e’tiborimizni  qaratamiz:  Roxoovah  sifatiga  ega  harflar 



(rixvah)

 

sukunli  bo‘lganida  eng  ko‘p  zamon  beramiz  (qizil  rangda).  Bayniyyah  sifatiga  ega 



harflar sukunli bo‘lganida o‘rtacha zamon beramiz (ko‘k rangda). Shiddah sifatiga ega 

harflar 


(shadiidah)

  sukunli  bo‘lganida  esa  (yashil  rangda)  eng  kam  vaqt  beramiz. 

Rixvah harflar zamoni bir harakat miqdoriga teng deb qarasak, unda shadiidah harflari 

zamoni  uning  yarmidan  ko‘prog‘ini  tashkil  qiladi. 



Bayniyyah

  harflari  talaffuziga  esa 

o‘rtacha vaqt beramiz. 

 

 



Azizlarim, bugungi darsimiz shu yerda yakunlanadi.  

Sizlar bilan inshaalloh 14-darsimiz orqali uchrashguncha, deb xayrlashaman. 



 

 

Download 430,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish