Reja: 1.Mexanik harakat 2.Mexanik harakat trektoriyasi 4.Foydalanilgan Adabiyotlar
Mexanika deb materiyaning eng sodda harakati jismlarning yoki ular qismlarining bir-biriga nisbatan ko’chishi haqidagi ta’limotga aytiladi.Har qanday jismning fazodagi vaziyati sanoq sestimasi deb ataluvchi boshqa jism yoki jismlar sistemasiga nisbatan aniqlanadi.Jismlarning sanoq sistemasiga nisbatan qilgan harakatiga nisbiy harakat deyiladi.Jismlarning harakati ham tinch holati ham nisbiydir.Moddiy nuqta deb, tekshirilayotgan masofaga nisbatan ulchamlari juda kichik va shakli hisobga olinmasa ham bo’laveradigan jismlarga aytiladi.Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazoda qoldirgan iziga harakat trektoriyasi deyiladi.Harakatning trektoriyasi shakliga qarab to’g’ri chiziqli va egri chiziqli harakatlarga ajraladi.Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig’ida har xil masofalar o’tiladigan trektoriyasining uzunligi o’tilgan yo’l deyiladi.Harakat trektoriyasining bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga yo’nalgan kesmadan iborat bo’gan vektor kattalikka ko’chish deyiladi.Moddiy nuqtaning teng vaqtlar qralig’ida o’tgan masofasiga qarab harakatlar tekis va notekis harakatlarga ajraladi.Tekis harakat deb teng vaqtlar oralig’ida bir xil masofalar o’tiladigan harakatga aytiladi. Notekis harakat deb, teng vaqtlar oralig’ida har xil masofalar o’tiladigan harakatga aytiladi.O’lchami hisobga olinadigan jismning harakatini, bu jismni tashki8l qilgan moddiy nuqta deb qaraladigan elementlar bo’laklar harakatining yig’indisidan iborat deb qarash mumkin.
Mexanika uch qismga bo’linadi
1.knematika
2.dinamika
3.statika.
Harakatning uni sabablarisiz tekshiradigan mexanikaning bo’limiga kinematika deyiladi.Knematikaning asosiy vazifasi vaqt o’tishi bilan jism vaziyatining fazodagi o’zgarishidan iborat bo’lgan harakat troektoriyasini aniqlashdan iborat.To’g’ri chiziqli tekis harakat deb, teng vaqtlar oralig’ida bir xil masofani o’tgan va troektoriyasi to’g;ri chiziqdan iborat bo’lgan jism harakatga aytiladi. To’g’ri chiziqli tekis harakat tezlik deb ataluvchi kattalik bilan harakatlanadi va quyidagi formulada hisoblanadi. Demak, tezlik deb vaqt birligi ichida o’tilgan yo’lga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi. Bu harakatda To’g’ri chiziqli tekis harakatning asosiy teglamasi quyidagicha bo’ladi.Demak to’g’ri chiziqli tekis harakatda yo’l (argument)vaqtning chiziqli funksiyasidir.Tekis harakatning tezlik va yo’l grafigi quyidagicha To’g’ri chiziqli tekis harakatda yo’llarni qo’shish quyidagicha
To’g’ri chiziqli tekis harakatda yo’llarni qo’shish quyidagicha
To’g’ri chiziqli harakatda tezliklarni qo’shish quyidagicha
To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat deb, traektpriyasi to’g’ri chiziqdan iborat bo’lgan va teng vaqtlar oralig’ida har xil masofalar o’tiladigan harakatga aytiladi. U quyidagi formuladan foydalaniladi.
Har qanday o’zgaruvchan harakat o’rtacha oniy tezliklar bilan harakterlanadi.O’zgaruvchan harakatning o’rtacha tezligi deb, ma’lum vaqtda o’tilgan yo’lni shu vaqt ichida tekis harakat bilan bosib o’tilgan harakat tezligiga aytiladi.
O’zgaruvchan harakatning oniy tezligi deb
Harakatning ma’lum bir paytiga yoki troektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat va troektoriyasining aniq bir nuqtasiga mos kelgan tezlikka aytiladi, ya’ni
To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat deb, traektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat va teng vaqtlar oralig’ida oniy tezliga bir xil o’zgaradigan harakatga aytiladi.Harakat tezligining o’zgarishi tezlanish deb ataluvchi fizik kattalik bilan harakterlanadi.To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat tezlanishi deb vaqt birligi ichida tezlikning miqdor jihatdan o’zgarishiga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi, ya’ni;
Traеktoriya
Moddiy nuqtaning harakati davomida fazoda chizgan chizig‟i ("qoldirgan izi") uning traеktoriyasi dеyiladi. Traеktoriyaning uzunligi moddiy nuqta bosib o‟tgan yo‟lga tеngdir. Traеktoriyaning shakliga qarab moddiy nuqta harakati to‟g‟ri chiziqli yoki egri chiziqli bo‟lishi mumkin.
Egri chiziq bo‟ylab harakatlanayotgan moddiy nuqtaning tezlanishi tangensial a (urinma) va normal an (markazga intilma) tezlanishlar yig‟in-disidan iborat
R – trayektoriyaning egrilik radiusi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Jankoli.D. «FIZIKA» V.2 Tomah.Per.s.ang.M.- Mir.1989 g.-321c 2. Douglas Ciancoli. Phusics a General Course. 2010 year.Chapter 1-43. 3. Q.P. Abduraxmanov, V.S. Xamidov, N.A. Axmedova, «FIZIKA», DARSLIK TOSHKЕNT 2017 y. 4. Abduraxmanov K.P., Egamov U. Fizika kursi , 2011 y. 5. Ahmadjanov O.I. Fizika kursi. 1,2,3-qism.-T.; O`qituvchi, 1988., 1989 6. Kolmakov YU.N. Kurs leksiy po fizike, Tula, 2002 7. A.V.Volkenshteyn «Umumiy fizika kursidan masalalar to`plami», 1985 y. 8. Karimov Z., Baxronov X. «Umumiy fizika kursidan masalalar to‟lami» TIMI 2008 yil. 9. http://phet.colorado.edu/ 10. http://www.falstad.com/mathphysics.html 11. http://www.quantumatomica.co.uk/download.htm 12. http://school-collection.edu.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |