VII bob.
ISH VA ENERGIYA. ENERGIYANING SAQLANISH QONUNI
Tabiatda mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, yadro, kimyoviy va bosh- qa turdagi energiyalar mavjud. Bu energiyalar bir-biriga aylanib turadi. Masalan, mexanik energiya issiqlik energiyasiga, elektr energiya mexanik energiyaga aylanishi mumkin. Bunda energiya turi jihatdan bir-biridan farq qilsa-da, miqdor jihatdan saqlanadi, ya’ni energiya bordan yo‘q bo‘lmaydi, yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Shu sababli tabiatdagi turli hodisa va jarayon- lar energiya orqali bir-biriga bog‘langan. Ushbu bobda jismning mexanik harakatida bajarilgan ish, kinetik va potensial energiya, bu energiyalarning bir-biriga aylanishi, to‘liq mexanik energiyaning saqlanishi va quvvatni o‘rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |