Turpva sholg‘omni parvarishlash texnologiyasi
Ekish muddati. Janubiy viloyatlarda 1-20 sentabr, markaziy viloyatlarda 1-15 avgust, shimoliy viloyatlarda 25 iyul - 10 avgust.
Ekish sxemasi. 40x 15-20 sm.
O‘g‘itlash. Chirigan go‘ng 20-30 t/ga, azot 90-100 kg/ga, fosfor 70-80 kg/ga, kaliy 40-50 kg/ga.
Sug‘orish. O‘suv davrida 5-6 marta 8-10 kun oralatib sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 500-600 m3/ga.
17- jadval
Sabzi navlarini ta’rifi
№
|
NAV BELGILARI
|
NAVLAR
|
|
|
|
1.
|
Nav tarixi:
|
|
|
|
kelib chiqish joyi
|
|
|
|
rayonlashtirilgan yili
|
|
|
|
rayonlashtirilgan joyi
|
|
|
|
2.
|
To‘pbarglari:
|
|
|
|
shakli
|
|
|
|
katta-kichikligi
|
|
|
|
3.
|
Barg plastinkasi:
|
|
|
|
rangi
|
|
|
|
qirqilganligi
|
|
|
|
bandining tuklanganligi
|
|
|
|
4.
|
Ildizmevasi:
|
|
|
|
po‘stining rangi
|
|
|
|
uzunligi (sm)
|
|
|
|
diametri (sm)
|
|
|
|
5.
|
shakli
|
|
|
|
|
shaklining indeksi
|
|
|
|
|
o‘rtacha vazni
|
|
|
|
|
boshchasining shakli
|
|
|
|
|
boshchasining kattaligi (%)
|
|
|
|
|
etining rangi
|
|
|
|
|
o‘zagining rangi
|
|
|
|
|
o‘zagining kattaligi (%)
|
|
|
|
|
o‘zagining shakli
|
|
|
|
|
mazasi
|
|
|
|
6.
|
Vegetatsiya davri (kun)
|
|
|
|
Material va jihozlar: 1. Sabzining 3-4 ta navlarining yangi o‘simliklari va ildizmevasi – 10-12 ta; 2. Rayonlashtirilgan navlar bargining gerbariysi, konservalangan ildizmevasi va mulyajlari – 14-16 ta; 3. Po‘stining va etining rangini ifodalaovchi rangli shkalalar, ildizmevalar shaklining, o‘zagining kattaligi va shakli, sabzi boshchasi shaklining shkalarali – 2 ta; 4. Ildizmevalarning rayonlashtirilgan navlarining rasmi – 2 ta; 5. Pallali yoki platformali tarozi (toshlari bilan) – 4 ta; 6. Shtangentsirkul, pichoq, lineyka – 25-30 ta; 7. Sabzavot ekinlarining tumanlashtirilgan navlari katalogi – 8-10 ta.
TURP NAVLARI
|
|
|
83-rasm. ANDIJON 9
Tezpishar nav, o‘suv davri 96 kun. Ildizmevasi yumaloqsimon, eti oq, mayin, tig‘iz,sersuv, vazni 300-310 g, deyarli tuproqning ustki qismida joylashadi, shu qismi yashil rangli, tuproq ostida joylashgan qismi och yashil yoki oq rangli. Hosildorligi 48-50 t/ga.
|
84-rasm. MARG‘ILAN
Tezpishar nav, o‘suv davri 99-100 kun. Ildizmevasi keng silindrsimon, vazni 230-236 g, uch tomoni biroz ingichkalash- gan, ba’zan to‘mtoq, o‘lchami - 10x17 sm va 8x 10 sm, yuzasi tekis, meva bandi tomoni yashil rangli, uch tomon yashil rang oq rang bilan almashib boradi. Eti tig‘iz, sersuv, shirali, markazidan chetga tomon oq rangi yashil rangga almashib boradi. Hosil-dorligi 30-40 t/ga.
|
Rediska – Raphanus sativus L. subsp radiculus Pers turiga mansub bir yillik o‘simlik. Bu tur rediskaning ikkita yevropa, xitoy geografik gruppasini birlashtiradi. Morfologik belgilariga ko‘ra u sholg‘omga juda yaqin turadi.
REDISKANI NAVLARI
|
|
|
85-rasm. MAYSKIY
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 37-40 kun. Bargi ovalsimon, yashil rangli, barglar soni 7-11 ta, tomirlanishi o‘rtacha, jiloli, tuksiz. Ildizmevasi uzunchoq, tuprokda to‘liq botadi, uch tomoni o‘tkir, uzunligi 7-9 sm, diametri 2,0-sm, vazni 33-35 g, po‘sti malinasimon, eti oq, sersuv, juda tig‘iz, ta’mi o‘tkir, degustatsion bahsi 4,4 ball. Hosildorligi 17-18 t/ga. Yotochlanishga moyil
|
86-rasm. LOLA
Ertapishar nav, o‘suv davri 25-30 kun. Bargi mayda kesik, tekis, barglar soni 5-6 ta, uzunligi 18-23 sm. Ildizmevasi yassi-yumaloqsimon, qizil rangli, mayda, tuproq ostiga to‘liq botadi, yuzasi tekis, sersuv, vazni 20-25 g, degustatsion bahsi 5,0 ball. Hosildorligi 20 t/ga.
|
Rediskani parvarishlashtexnologiyasi
Ekish muddati. Fevral oyining ikkinchi yarmi - mart oyining birinchi yarmi.
Ekish sxemasi: 40x 10-15 sm. Upyg‘ sarfi 10-12 kg/ga.
O‘g‘itlash. Chirigan go‘ng 30-40 t/ga, azot 90-100 kg/ga, fosfor 70-80 kg/ga, kaliy 40-50 kg/ga. Sug‘orish. Markaziy viloyatlarda 4-5 marta, janubiy viloyatlarda 4-6 marta, shimoliy viloyatlarda 3-4 marta 4-6 kun oralatib sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori.300-400 m3/ga.
Nazorat savollari:
1. Ildizmevali va piyozli sabzavot ekinlarida o‘jar o‘simliklar hosil bo‘lish sabablari va ularning bartaraf etish imkoniyatlarini so‘zlang.
2. Ildizmeva va piyoz hosilining saqlanuvchanligini belgilaydigan agrotexnnologik omillarni qayd eting.
mashg‘ulot
Kam tarqalgan sabzavot turlari bilan tanishish
Botanik belgilariga ko‘ra asosiy kam tarqalgan sabzavot ekinlari quyidagi oilalarga mansubdir:
1. Karamdoshlar yoki krestguldoshlar (Brassicaceae) - savoy, bryussel, kolrabi karami, gulkaram, xitoy, pekin (salatbop) karami, kress-salat, xantal (salat gorchitsa), bryukva, rediska, xren, qatron.
2. Soyabonguldoshlar yoki seldereysimonlar (Apiaceae) - petrushka, selderey, shivitarpabodyon, kashnich, pasternak.
3. Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) - kabachka, patisson, bodring, loginariya,
4. Tomatdoshlar (Solanaceae) - pomidor, boyimjon, qalampir, fizalis, kartoshka.
5. SHo‘radoshlar (Chenopodiaceae) - xo‘raki lavlagi va barg lavlagi (mongold), ismaloq.
6. Dukkakdoshlar, ya’ni kapalakdoshlar (Fabaceae) - dukkaklar, gorox, loviya, sparja loviyasi.
7. Murakkabguldoshlar yoki astrasimonlar (Acteraceae) - barg salat, bosh salat, romen salati, artishok, estragon, salatbop tsikoriy.
8. Toronguldoshlar (Polugonaceae) - shovul, rovoch (chukri).
9. Labgullilar yoki yasnotkasimonlar (Labiatae) - rayxon, yalpiz, mayoran, chaber.
10. Gulxayridoshlar (Malvaceae) -bamiya.
11. Pechakguldoshlar (Convonvulaceae) - batat.
12. Piyozguldoshlar (Liliaceae) - bosh piyoz, batun, anzur piyoz, porey piyoz, ko‘p yarusli, shnitt, oltoy, shalot piyozlari, sarimsoq.
13. Sparjadoshlar (Asparaguaceae) - sarsabil.
14. Boshoqdoshlar yoki qo‘ng’irboshlar (Poaceae) - shirin makkajo‘xori.
Piyozguldoshlar, sparjadoshlar va boshoqdoshlar bir pallalilar, qolgan oilalar ikki pallalilar sinfiga kiradi.
Botanik guruhlanish har bir o‘simlikning o‘simliklar dunyosidagi o‘rnini belgilaydi. Muayyan bir botanik oiladagi o‘simliklar ko‘p hollarda o‘sish sharoitiga bir xil talabchan bo‘ladi, bir xil zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanadi hamda morfologik, anatomik tuzilishida umumiy o‘xshashliklari ko‘p bo‘ladi.
Hayotining davomiyligiga ko‘ra, asosiy sabzavot ekinlari bir yillik, ikki yillik va ko‘p yilliklarga bo‘linadi.
Bir yillik o‘simliklarga: rayhon, bamiya, batat, kashnich, gulkaram, pekin, xitoy karami, kress-salat, salatbop xantal, shivit, ismaloq, salat, dukkaklilar, gorox, loviya, bodring, qovoq, fizalis, shirin makkajo‘xori, rediska kiradi.
Ikki yillik o‘simliklarga: savoy, bryussel, kolrabi karami, bryukva, pasternak, petrushka, selderey, lavlagi, shalot, porey piyozlar kiradi. Ko‘p yillik o‘simliklarga artishok, qatron, xren, batun piyoz, shnitt-piyoz, ko‘p yarusli piyoz, sarsabil, rovoch (chukri), shovul kiradi.
Sabzavot ekinlarining bir, ikki yillik va ko‘p yilliklarga bo‘linishi ma’lum darajada shartli hisoblanadi. Kartoshka, pomidor va qalampir bizning sharoitda tipik bir yillik o‘simliklardir, o‘z vatanida ko‘p yillik hisoblanadi. SHolg’omning ko‘p navlari ikki yillik, lekin uning ayrim navlarida hayotining birinchi yilida meva va urug’lar hosil bo‘ladi, rediskaning Yevropa formalari bir yillik, xitoy va yapon formalari esa ikki yillikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |