Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet74/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Nazorat savollari:

  1. Sabzavot ko‘chatlari necha usulda yetishtiriladi va moxiyati?

  2. Ertagi karam, achiq chuchuk qalampirlar urug’idan bir gektarga ko‘chat tayorlash uchun necha gramm ekiladi?

  3. Ertagi karam ko‘chatini yangi texnologiya asosida etishtirish?

Sabzavot ekinlarini gidropon uslubda yetishtirishda oziqlantirish usullari
Reja:
1. Uslubning qisqacha tarixi
2. Gidropon turlari va ularning tavsifi
Uslubning qisqacha tarixi. Gidroponika – bu umumiy tushuncha bo‘lib, o‘simliklarni harakatlanib (aylanib) turadigan suv muhitida tuproqsiz yetish-tirish uslublarida qo‘llaniladigan termin. Gidropon uslubda yetishtirishda ildiz joylashgan muhit sifatida tuproq o‘rnida ishlatiladigan turli xildagi materiallar o‘simlik uchun ko‘proq tayanch bo‘lib xizmat qiladi, o‘simliklarni oziq-lantirish mineral tuzlarning suvdagi eritmasi yordamida amalga oshiriladi. Gidroponika tushunchasi grekcha hydor – suv, nam va ponos – mehnat, ish so‘zlaridan kelib chiqqan. O‘simliklarni gidroponikaga qarama-qarshi holda tuproqda yoki yerda o‘stirishni endi geoponika (geo – yer grekcha so‘zdan olingan) deb atalmoqda.
O‘simliklarni tuproqsiz, sun’iy sozlanadigan sharoitda o‘stirish, oddiy issiqxona tuprog‘ida o‘sitirishga nisbatan afzalligi bor. Bunda issiqxona maydoni oqilona foydalaniladi, ildizdan oziqlanishi sharoiti yaxshilanadi, qulay suv-havo tartiboti sharoiti yaratiladi. Bu uslub himoyalangan yerlarda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga katta imkonyatlar ochadi.
O‘simliklarni tuproqsiz muhitda o‘stirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqar-ishida o‘simliklar oziqlanishini o‘rganish natijasida yuzaga kelib va u XVII-XIX asrning mashhur fiziolog olimlari nomlari bilan bog‘liqdir. K.A. Timiryazev o‘simliklarni tuproqsiz sharoitda o‘stirishni ommalashtirish maqsadida 1896 yilda Nijegorod yarmarkasida ko‘rgazma tashkil etgan.
Gidroponika atamasini Kaliforniya universiteti professori U. Gerike kiritgan, sanoatlashgan gidroponika rivojlanishi uni nomi bilan bog‘liqdir. U 1929 yilda suv o‘simligi uslubini qo‘lladi. U 1 m2 dan yil mobaynida 60 kg pomidor olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya va xususan Yaponiyada takomillashtirishga asos bo‘lib xizmat qildi va 1946 yil Tokio yaqinida eng katta maydoni 22 gektar bo‘lgan gidroponik majmua-si qurilgan edi.
MDH mamlakatlarida amalda gidroponikani qo‘llashga V.A. Chesnokov va Ye.N. Bazirinalarning 1935-1940 yillarda Sankt-Peterburg universitetida o‘tkazgan ishlari yordam berdi. Ular rasmiy o‘g‘itlar va texnik tuzlar asosida oziqa eritma-sini ishlab chiqdilar, u hozirgi davrgacha sanoatlashgan gidropon qurilmalarida qo‘llanilmoqda. 1950-1960 yillar mobaynida ko‘pchilik ilmiy-tadqiqot institutlari gidroponika usulini takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar o‘tkazdilar.
Birinchi marta gidroponika uslubini MDH sanoat miqyosida qo‘llash 1959 yilda “Teplichniy” (Moskva shahri) sovxozining qishki angar issiqxonasida amalga oshirilgan. O‘tgan asrning 70-80 yillarida Sobiq SSRI da 120 ga issiq-xonalarda gidroponika uslubi qo‘llanilgan. Ularni ko‘pchilik qismi – 80 ga Ukrainada qurilgan. Bu davrda O‘zbekiston Qo‘yliq issiqxona kombinatida 4 ga maydonli gidroponli issiqxonadan foydalanilgan.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish