Nazorat savollari:
Sabzavotchilik qishloq xo‘jaligining maxsus tarmog’i va fan sifatida o‘rni, maqsadi va vazifalarini so‘zlang.
Biokimyoviy tarkibiga ko‘ra vitaminlar, mineral elementlar, efir moylarga boy sabzavotlarni qayt eting.
3. O‘zbekistonda sabzavotchilikning ilmiy asoschilari va ularning yutuqlari haqida gapiring.
4. Har bir muayyan sharoitda sabzavotchilik oldidagi muammolar va ularning yechimlari to‘g’risida so‘zlang.
Sabzavot ekinlarining kelib chiqqan makonlari va ularning
o‘sish va rivojlanish xususiyatlari.
Reja:
1. Sabzavot ekinlarining kelib chiqish markazlari.
2. Sabzavot ekinlarining o‘sish va rivojlanishi.
3. Sabzavot ekinlari oziq-ovqatga ishlatiladigan organlari bo‘yicha.
Tayanch iboralar: Sabzavot ekinlarining marfologik, biologik va xo’jalik belgilari, bir, ikki va ko’p yillik, generativ va vegetatiy organlari, oziq – ovqatga ishlatiladigan, sabzavot ekinlarining kelib chiqish markazlari, o’sish va rivojlanishi, ontogenezning davrlari, fenalogik fazalari, chuqur va zaruriy tinim davri, yorug’lik rejimi, suv rejimi, oziqa rejimi.
1. Sabzavot ekinlarining kelib chiqish markazlari.
Er yuzida turli ko‘rinishdagi o‘simliklarning uzoq tarixiy rivojlanish davri filogenez deyiladi. Bu davrda har qaysi organizmning o‘sishi va rivojlanishi, irsiy o‘zgarishlaridan ongsiz (tabiiy) va ongli tanlashlar natijasida yangi xususiyatli organizmlar shakllangan, mustahkamlangan va sayyoraning turli hududlariga (ko‘pincha odamzod aralashuvi bilan) tarqalgan. Bunday o‘simliklar yangi ekologik sharoitlarga ma’lum darajada moslashgan va muvofiqlashtirilgan. Natijada, yovvoyi o‘tmishdoshlaridan farqlanuvchi, masalan, yirik boshli karam, yirik mevali pomidor, qovun, tarvuz, seret ildizmevalar kabi lazzatli sabzavotlar yuzaga kelgan. Ko‘plab sabzavotlar 2-4 ming-yildan buyon yetishtirilmoqda.
SHu bilan birga, ta’kidlash lozimki, tarixiy shakllanish (filogenez) sharoitlari hozircha mavjud o‘simliklarning biologik xususiyatlarida chuqur iz qoldirgan. Masalan, tropikdan tarqalgan ituzumdoshlar. qovoqdoshlar hanuz sovuqqa chidamsiz, issiqtalabligicha, subtropikdan kelib chiqqan turp, sholg’om kabilar esa, aksincha, issiqqa, qurg’oqchilikka chidamsizligicha qolib kelmoqda.
N. V. Vavilov o‘simliklarning yer sharida tarqalish qonuniyatlarini chuqur o‘rganishi natijasida sabzavotlarning kelib chiqish makonlarini 7 taligini aniqladi. Bular:
Do'stlaringiz bilan baham: |