Мевачилик ва сабзавотчилик


Past bo‘yli daraxtlar uchun maydon tanlash



Download 7,73 Mb.
bet26/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

3. Past bo‘yli daraxtlar uchun maydon tanlash
Past bo‘yli daraxtlar uchun maydon tanlash, ko‘chat o‘tkazish va parvarishlash bir kator xususiyatlarga ega.
Past bo‘yli daraxtlarning ildiz tizimi nisbatan kam rivojlangan bo‘lgani va har gektarga kalin o‘tkazilishi sababli tuprokning suv-ozik rejimini ko‘prok tanlaydi. Shu sababli bog‘lar barpo kilish uchun ajratiladigan maydonlarning tuprog‘i unumdor, fizikaviy xossalari yaxshi bo‘lishi kerak, tuprog‘i kumok yoki engil kumok bo‘lgani ma’kul. Sekin o‘sadigan payvandtaglarga ulangan daraxtlarning ildiz sistemasi juda yuza joylashgan sizot suvlardan kam zararlanadi. Dusenga ulangan ko‘chatlarni sizot suvlar 1,5-1,2 m gacha, paradizkada va behida esa 1,5 m chukurda bo‘lgan erlarda o‘tkazish mumkin. Kuchsiz sho‘rlangan erlarga behiga payvand kilingan nok va paradizkaga, dusen (ayniksa 2 va 4 tiplari) joylashtirish mumkin, buning uchun o‘tlok tuproklar ham to‘g‘ri keladi.
Past bo‘yli daraxtlar o‘tkaziladigan maydonlarning atrofiga shamol kuchini kamaytiradigan bakuvvat himoya daraxtlari ekilishi kerak.
Yerni tayyorlash usuli odatdagidan fark kilmaydi. Har gektarga 5060 t gacha go‘ng, azot 140-150 kg, fosfor va kaliy 40-60 kg dan (sof modda holida) beriladi. Bu erga 2-3 yoshli kuzda noyabrda o‘tkazilishi kerak. Daraxt o‘tkazish texnikasi odatdagicha.
32-jadval
35 yoshli past bo‘yli meva daraxtlarining kattaligi

Yekin turi va navi

Balandligi, m

Shox-shabbasining kengligi, m

Tanasining yo‘g‘onligi, sm

Kandil Sinap nav olmalar

Tez o‘sadigan payvandtagda

7,5

7,9

127

Urtacha past bo‘yli (dusen) payvandtagda

6,3

5,6

96

Past bo‘yli (paradizka) payvandtagda

4,2

4,4

51

Olive de serr nav noki

Tez o‘sadigan payvandtagda

6,6

6,3

93

Past bo‘yli (behi) payvandtagda

4,5

6,3

53

Dusenlarga payvand qilingan keng shox-shabbasi bo‘lgan olmalar oraliqlari 6x6-5 (258-333 ta daraxt), paradizkalarga payvand qilinganlari esa 5x5-4 m (400-500 ta daraxt) qilib ekiladi. Behiga payvand qilingan noklar 4x4-3 m (625 ta daraxt) sxemasida o‘tqaziladi. Daraxt qatorlarini, agar relef va sug‘orish sharoit imkon bersa, asosiy shamollar yo‘nalishiga to‘g‘rilab joylashtiriladi. Bunday hollarda meva kam to‘kiladi, shamol qatorlar bo‘ylab esganda daraxtlar kamroq egiladi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilganda past bo‘yli payvandtaglarning ildiz bo‘g‘zi bo‘lmaydi va qo‘shimcha ildizlarni oson chiqaradi. Ularni yaxshisi 12-13 sm chuqurlikda o‘tqazish kerak. Chuqur qilishning afzalligi shundaki, daraxtlar kamroq yiqiladi, ildizlarning muzlab qolish xavfi kamayadi, bachkilar (past bo‘yli daraxtlar ko‘proq) chiqaradi. Daraxtlarga ishlov berishda ildizlari kam zararlanadi.


Chuqur ko‘milgan ko‘chatlar (ko‘pincha nok ko‘chatlari) ba’zan o‘zidan ildiz chiqaradi. Bunday holda vaqti-vaqti bilan (har 2-3 yilda bir marta) ildizlarni olib tashlash lozim.
Paradizka IX ga payvand qilingan erkin o‘sayotgan ko‘chatlar chuqur o‘tqazilganda ham yoniga qoziq koqilgani ma’qul. O‘tqazib bo‘linganidan va er sug‘orilgandan keyin birinchi yili ko‘chatlar atrofini yumshatish zarur.
Past bo‘yli daraxtlar ko‘pincha bir yoshligida ko‘chirib o‘tqaziladi. Bunda ko‘chatlarning bo‘yi 70 sm dan past bo‘lmasligi va ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Bir yillik ko‘chatlar odatda yaxshi tutadi.
Past bo‘yli payvandtaglarga ulangan daraxtlarning ildizlari yuza joylashganligidan, erni chim bosib ketsa, ularga salbiy ta’sir qiladi. Buning uchun, qator oralarini shudgor qilib qo‘yish yoki sideratlar, sabzavot va chopiq qilinadigan ekinlar ekish ham mumkin, shox-shabbalari tutashib ketganda esa shudgor qilib qo‘yish kerak. Past bo‘yli daraxtlar o‘tqazilgan bog‘lar o‘g‘it va suvga talabchan bo‘ladi. Daraxt o‘tqazish paytida har bir tupning tagiga 8-10 kg chirigan go‘ng va 150-200 kg superfosfat solinishi lozim. Daraxt hosilga kirguncha har yili bog‘da gektariga (sof modda hisobida): 60-80 kg azot, 40-50 kg fosfor va 30-40 kg kaliy o‘g‘itlari berib turilishi kerak. Hosil beradigan daraxtlar tagiga har yili hosil miqdoriga qarab, gektariga 180 kg azot, 140 kg fosfor, 45 kg kaliy va 2-3 yilda bir marta 20-30 t organik o‘g‘itlar (go‘ng, kompost) solib turish kerak. Iyun-avgustning boshlarida har safar 50-60 kg dan mineral o‘g‘it berib oziqlantiriladi. Payvandtag qancha zaif bo‘lsa, daraxtlarning o‘g‘itga talabi shuncha ortadi. Hosilga kirgan bog‘larda qator oralarini o‘g‘itlangan shudgor holida saqlanadi.
Bo‘z tuproqli erlardagi bog‘lar ko‘chat o‘tqazilgandan keyin dastlabki 2- 3 yilda, o‘suv davrida 8-10 marta, o‘tloq-botqoq tuproqli erlarda esa 6-7 marta sug‘oriladi. Sizot suvlari chuqur joylashgan bo‘lsa, hosil berish davrida dusenga payvand qilingan 4-5 marta, paradizkaga payvand qilinganlari esa 5-6 marta sug‘oriladi. Sug‘orish normasi yosh bog‘larda gektariga 300 m3, katta yoshli bog‘larda esa 500 m3.
Ko‘chat o‘tqazilgandan keyin dastlabki 2-3 yilgacha qator oralariga ertagi sabzavot (kartoshka, karam, pomidor va boshqa) ekiladi. Ekin ekilmagan bog‘ tuprog‘ini 18-25 sm chuqurlikda haydab daraxtlar atrofini oktabr oxiri-noyabrning boshlarida qayta chopib qo‘yiladi. Erta ko‘klamda erni 12-15 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yoz davomida qator oralarini 3-4 marta yumshatib begona o‘tlari yo‘qotib turiladi. Past bo‘yli payvandtagda o‘stirilgan mevali daraxtlarga butasimon, urchuqsimon, kordon, palmetta va hokazo shakllari beriladi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish