2. Tur va navlarni tanlash
Har qaysi mevali daraxt tur va navi tuproq va iqlimga nisbatan o‘ziga xos talabchan bo‘ladi. Ana shu talablarga muvofiq O‘zbekiston hududi tabiiy va iqlim sharoitiga qarab 25 zona va 4 ta kichik zonachaga ajratiladi. Ularning har birida meva turlari va navlar foiz hisobidagi nisbatda ko‘paytiriladi. Ishlab chiqarish tajribasi va ilmiy tekshirish muassasalari mahlumotlariga qarab har bir zona uchun foiz hisobida tur va navlar rayonlashtirilgan. Har birmevachilik hududi uchun tanlangan tur va navlar standart navlar deb ataladi. Ammo, xo‘jalikdagi aniq sharoitlar, tuproq, yer relg’fi, aholi yashaydigan punktlar, korxonalar va boshqalarning uzoq-yaqinligini ehtiborga olib bu standartlarga o‘zgartish kiritish mumkin va lozim.Tur va navlar mevalarni qayta ishlaydigan sanoatning hamda aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olib xo‘jalikka berilgan reja va topshiriqlar asosida belgilanadi va tanlanadi. Ammo, reja topshiriqlarda xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoitlari ehtiborga olinadi. Aholi yashaydigan va sanoat markazlariga yaqin xo‘jaliklar aholini yil davomida meva va rezavorlar bilan tahminlab turishlari; qayta ishlash korxonalariga yaqin xo‘jaliklar esa sharbat, pastila, djem, marmelad, konfet va marinadlarga talab etiladigan meva va rezavor-meva sortimentini etishtirishlari, quruq meva yetishtiriladigan hududlardagi xo‘jaliklar o‘rik, shaftoli, olcha, daraxtlarini ko‘proq ekishlari; temir yo‘ldan uzoqdagi xo‘jaliklar qishda aholini yangi mevalar bilan tahminlash uchun tashishga chidamli va uzoq saqlanadigan, shuningdek quritiladigan meva ko‘chatlarini ko‘proq o‘tqazishlari lozim. Iqlim, tuproq, relg’ef, suv bilan tahminlanish va shu singari boshqa tabiiy sharoitlar navlarni tanlashda hal qiluvchi omillardir. Agar sizot suvi yaqin joylashgan, sovuq havo to‘planib qoladigan pastliklarda bog’ barpo qilinadigan bo‘lsa, sovuqka juda chidamli va kuzda barvaqt o‘sishdan qoladigan navlar tanlanadi.Tuprog’i sho‘rlangan hududlarda nisbatan sho‘rga chidamli tur va navlarni tanlab o‘tqazish tavsiya qilinadi. Bu masalada payvandtag katta ahamiyaga ega. Masalan, turkman olmasiga payvand qilingan olma navlari, xorazm noki va o‘rigiga payvand qilingan nok va o‘riklar boshqa payvandtaglarga qaraganda tuproqdagi zararli tuzlarga chidamliroq bo‘ladi.SHo‘rlanmagan sizot suvi yaqin joylashgan yerlarda bog’ barpo qilishda ildiz tizimi yuza joylashgan past bo‘yli payvandtaglardagi olxo‘ri, olma va nok singari kuzda barvaqt o‘sishdan qoladigan navlar o‘tqaziladi. SHag’al toshli qatlami yuza joylashgan yerlarda (Farg’ona vodiysi va boshqalarda) o‘rik va qisman shaftoli yaxshi o‘sishi mumkin.
Janubiy viloyatlarda (Surxondaryo), Farg’ona vodiysida vegetatsiya davri uzoq va issiq bo‘lgani tufayli anjir, anor, unabi kabi subtropik o‘simliklar yaxshi o‘sadi va hosil beradi.Bunday hududlarda mazkur tur mevalarni bahorda kamdan-kam sovuq uradi, bu yerda yog’ingarchilik kam bo‘lsa ham ular o‘saveradi. SHahar atrofidagi xo‘jaliklarda asosiy maydonlarga uzoq yerlarga yuborishga chidamsiz va shu atrofdagi bozorlarni tahminlashga imkon beradigan qulupnay kabi ekinlarni ekish yaxshi samara beradi. Umuman, bog’ barpo qilishda har yili hosil beradigan, serhosil mevalari yuqori sifatli va imkon boricha tez hosilga kiradigan navlarni tanlash lozim.Bog’da tur va navlarni joylashtirish.
Har bir tur va hatto har bir navning tashqi muhitga bo‘lgan talabi turlicha bo‘ladi. SHu sababli ularni parvarish qilish agrotexnikasi tabaqalashtirilgan bo‘lishi lozim. Bunga erishish uchun turlar alohida – alohida maydonlarga va kvartallarga, navlar esa alohida qatorlarga o‘tqazilishi kerak. Bu ko‘chatlarning bexato ko‘karishiga imkon beradi.
Navlar esa ularning hosili birin-ketin yig’ishtirib olinadigan qilib, yahni ertapishar keyin o‘rtapishar va oxirgi qatorlarga kechpishar navlar o‘tqaziladi. Daraxtlarni bunday joylashtirish bog’ yeriga ishlov berish, shox-shabbani butash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish, hosilni terib olish va saqlash kabi ishlarni osonlashtiradi.Navlar shunday tanlanishi lozimki, ular changlanib butun vegetatsiya davri davomida bog’dan bir mehyorda hosil berib tursin. Bog’dagi asosiy urug’lilar 3-5 navdan, danaklilar 3-4, boshqalari 2-3 navdan iborat bo‘lib, ular har xil muddatlarda pishadigan bo‘lishi lozim.
Olmani 2000 dan ortiq navlari bor, lekin, odatda, bozorlarda, savdo do‘konlarida bir necha navlarini ko‘rishingiz mumkin. Bahzi kamyob va ko‘pchilikga notanish navlari talabalarga tanishtirilib ularga shu navdagi olmalarni tami, rangi tuzilishini o‘rganishiga imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |