маркетинг стратегиясини ишлаб чиқиш»
191
takomillashtirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yo’naltirilgan
quyidagi tadbirlar majmuasini amalgam oshirish mo’ljallangan:
1. Magistral va xo’jaliklararo zovurlar, meliorativ tik quduqlarni, meliorativ nasos
stantsiyalarini qurish va qayta tiklash, yopiq-yotiq drenajlarni tiklash.
2. meliorativ nasos stantsiyalarini, gidrotexnika va suv o’tkazuchi inshootalarni va
boshqa meliorativ obyektlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini amalgam oshirish.
3. suv xo’jaligi qurulishi va suvdan foydalanish tashkilotlarining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan irrigatsiya-
melioratsiya tadbirlarini moliyalashtirishga davlat byudjetidan mablag’lar ajratish ishlari
davom ettirilmoqda. Jumladan, 2012-yilga bu maqsadlar uchun jami 90,3 milliard so’m
ajratilgan bo’lsa, 2017-yilga kelib bu ko’rsatkich 178,6 milliard so’mga yetdi. O’tgan
2012-2017-yillarda jami ajratilgan mablag’lar qiymati 550,0 milliard so’mni tashkil etdi.
2015-yilda yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish va
kommunikatsiya obyektlari, qishloq xo’jaligi hamda meliorativ qurilishni rivojlantirish
bilan bir qatorda, ijtimoiy sohani yangi bosqichga ko’tarish masalalari hukumatimizning
diqqat markazida bo’ldi. Hozirgi kunda sug’oriladigan yerlarning suv ta’minoti va
meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha qiymati 561 million AQSh dollariga teng bo’lgan
chet el investisiyalari ishtirokidagi 11 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan 2012 yilda
qiymati 62,25 million AQSh dollari bo’lgan 9 ta, 2014-yilda esa qiymati 112,9 million
AQSh dollariga teng bo’lgan 11 ta investitsion loyiha asosida yerlarning suv ta‘minoti va
meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha kompleks tadbirlar amalga oshirildi. Amalga
oshirilgan keng ko’lamli ishlar natijasida 2012-2016-yillar davomida sho’rlanmagan
maydonlar hajmi 2109 ming gektardan 2192 ming gektarga kengayib, kuchli sho’rlangan
maydonlar hajmi 163 ming gektardan 126 ming gektarga qisqardi. Yer osti sizot suvlari
sathining chuqurligi 1,5 metrgacha bo’lgan maydonlar hajmi 2012-2016 yillar davomida
272 ming gektardan 177 ming gektarga qisqardi.
Sug’oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirishda qishloq xo’jligi
ekinlarining sug’orishning ilg’or, zamonaviy usullarini joriy etishning ahamiyati katta.
Chunki, respublikamizdagi suv tanqisligi sharoitida sug’orishning zamonaviy usullarini
qo’llash orqaligina aholining qishloq xo’jaligi mahsulotlariga tobora o’sib borayotgan
ehtiyojni qondirish mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizning bir qator hududlarida
ekinlarni sug’orishning yangi texnologiyalari sinovdan o’tmoqda va qo’llashga tavsiya
etilmoqda. Asosiy e’tibor yerlarni tomchilab sug’orish texnologiyasi, egatga polietilen
plyonka to’shab sug’orish tizimi, hamda ko’chma va egiluvchan quvurlar orqali sug’orish
tizimi joriy etish tizimi yo’lga qo’yilmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
borasida olib borilgan ishlar natijasida:
- sug’oriladigan yerlarda yer osti suvlari sathi va sho’rllnish darajasi pasayib, ekin
maydonlarining meliorativ holati yaxshilanmoqda;
« Мева-сабзавотларни етиштириш, қайта ишлаш ва сотишнинг
Do'stlaringiz bilan baham: |