Meva – sabzavot maxsulotlarni saqlash texnologiyasi



Download 0,57 Mb.
bet17/87
Sana04.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#164362
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87
Bog'liq
Oygulga ma'ruza

Senoanabioz. Mahsulotlarning mikroflorasini boshqarib ya'ni foydali mikroblar sonini sun'iy usulda ko'paytirib, zararli mikroblarning ta'sirini susaytirish mumkin. Amalda foydali mikroorganizmlardan sut kislotasi bakteriyalari va achitqilardan keng foydalaniladi. Sut kislotasi bakteriyalari mahsulotda 1-2 % li sut kislotasini, achitqilar esa 10-14 % gacha etil spirtini hosil qiladi. Ko'pincha zararli mikroorganizmlar ushbu moddalar ta'sirida rivojlanmaydi.

Sut kislotasi bakteriyalari ishtirokida mahsulotlarni saqlash asidosenoanabioz deb yuritiladi. Ushbu usul sut mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda, meva va sabzavotlarni tuzlashda, em-hashakdan silos tayyorlashda keng qo'llaniladi.

Vino tayyorlash alkogolesenoanabiozga, ya'ni uzum va meva sharbatlarini bijg'itish yordamida spirt hosil qilishga asoslangan.

Abioz. Mahsulotlarni saqlashning ushbu usulida tirik organizmlar ishtirok etmasligi lozim.

Termosterilizasiyada mahsulotlarga yuqori haroratda ishlov beriladi. Bu usul mikroorganizmlarning yuqori haroratda (100°C va undan yuqori) nobud bo'lishiga asoslangan va xalq xo'jaligida juda keng joriy qilingan. Ko'pgina meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari shu usulda ishlaydi. Hozirgi vaqtda sterilizasiya yuqori va ultrachastotali tok yordamida ham amalga oshiriladi.

Termosterilizasiya 65-85°C larda ham amalga oshiriladi va bu usul amalda pasterizasiya deb yuritiladi.

Ximsterilizasiyada mahsulotlarni kimyoviy moddalar bilan konserva qilinadi. Amalda meva va uzumni qayta ishlashda natriy-benzoy tuzidan, sulfat kislotasidan, sulfat angidrididan foydalaniladi. Ushbu moddalar ma'lum darajada antiseptik xususiyatga ega bo'lib, ayrim mikroorganizmlarning rivojlanish jarayonini to'xtatib qo'yadi. Bundan tashqari, meva va rezavor mevalarni konserva qilishda sorbin kislotasidan, don mahsulotlarini saqlashda natriy pirosulfat va propion kislotasi preparatlaridan foydalaniladi.

Mexanik sterilizasiyada mahsulot sifatini buzuvchi mikroorganizmlar filtrlab yoki sentrifuga yordamida mahsulotdan chiqarib yuboriladi. Meva va uzum sharbatlarini filtrlash ham ma'lum darajada uni mikroblardan tozalaydi.

Ultrabinafsha, infraqizil, rentgen nurlar va ionlashgan nurlar ham mahsulotlardagi mikroorganizmlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Nurlar yordamida mahsulotni sterilizasiya qilish nur sterilizasiyasi (fotosterilizasiya) deb yuritiladi.

Mahsulotni nur yordamida sterilizasiya qilishda nurning miqdori va sterilizasiya muddati aniq bo'lishi lozim, aks holda mahsulotda begona hid paydo bo'ladi.



Qishloq xo'jalik mahsulotlariga talab yildan-yilga keskin oshib bormoqda. Bu esa mahsulotni saqlash va qayta ishlash usullarining rivojlanishini, bunda fan-texnika yutuqlaridan keng foydalanishni, mahsulotni saqlashning yangi usullarini yaratishni taqozo qiladi(A1, X2).



  1. Download 0,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish