TAJRIBA – 5: Reverberatsion kamerani tuzilishi va reverberatsiya vaqti.
ISHNING MAQSADI:
Reverberasion kameralar va ularning konstruksiyalari. Hajmi 60 dan 1000 m3 gacha bo’lgan, tovush izolyasiyasi va diffuziyalangan tovush maydonini hosil qila oladigan xona reverberasion kamera deb ataladi. Reverberasion kamera havo va chegaralangan konstruksiyalar, turli materiallar, konstruksiyalarning tovushni yutish koeffisientini o’lchash va nurlantirgichlarining quvvatini o’lchashda ishlatiladi. Reverberasion kameralarni loyixalashda eng asosiy faktor shundan iboratki, bunda kamera ichki devorlarining yuzalari juda kichik tovush yutish koeffisientiga ega bo’lishi kerak, ya`ni tovush to’lqinlarini deyarli to’liq yutilmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |