Metrologiya va standartlashtirish fanidan Ma’ruza matni Navoiy 2023



Download 0,69 Mb.
bet36/47
Sana05.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#925180
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
Majmua Metrologiya sirtqi

Asos bo‘luvchi standartlar tashkiliy-texnikaviy jarayonlarning bajarilishi, ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llash jarayonlari tartibini (qoidalarini), shuningdek faoliyatning muayyan sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy (umumiy) qoidalarini belgilaydi.
Umumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan bir-biriga mos bo‘lishini va o‘zaroalmashuvini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llashning umumtexnikaviy talablarini, shuningdek mehnat havfsizligi, atrof-muhitni (ekologiya) zararli ta’sirlardan (shovqin, tebranish va boshqalardan) himoya qilish, namunaviy texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) usullari, hujjatlarni birxillashtirish talablarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chiqish, odatda har bir manfaatdor korxona va tashkilotning muxtor vakili bo‘lgan mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy qo‘mitalar (TQ) kuchi bilan yoki standartlash-tirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

3. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib-qoidalari


O‘z RST 1.1-92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi” standartiga binoan O‘zbekiston Respublikasi standarti (bundan keyin - standart deb yuritiladi) standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari,vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, pudratchi, aksioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida etakchi ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi) hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‘lamini va muddatlarini aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat’iy nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni chiqaradigan va iste’mol qiladigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi GOST 1.5-85 ga muvofiq bajariladi.
Standartlarni ishlab chiqish tartibi
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-usuliy birlikka erishish maqsadida hamda standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4 bosqich joriy etiladi.
1-bosqich - zaruriyat tug‘ilganda standartni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni fikr mulohazalar olish uchun yuborish;
3-bosqich - fikr - mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir-biri bilan qo‘shib olib borishga yo‘l qo‘yiladi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish