Mustaqil yechish uchun masalalar
1.11. Halqasimon va unifilyar shakldagi rezistorning qarshiligi va vaqt
doimiysi quyidagi shartlar bo‘yicha aniqlansin. (1.2 – rasm, a) va b): a)
b)
O‘ramlar manganin simdan yasalgan bo‘lib, 1 metr
uzunlikdagi manganin simning qarshiligi
.
18
1.12. Slyudali yassi kondensator qoplamalaridagi zaryad
,
qoplamalar orasidagi masofa
, qoplamalar yuzasi
. Agar
bo‘lsa, kondensator sig‘imi aniqlansin.
1.13. Silindrsimon havoli kondensator uzunligi
ichki silindrning
tashqi diametri
, tashqi silindrning ichki diametri
. Agar
kondensatorga 40 kV kuchlanish berilgan bo‘lsa, uning sig‘imi va zaryadi
aniqlansin.
1.14. Yassi havoli qatlamlari parallel bo‘lgan kondensatorning sig‘imi 1000
pF, zaryadi 10
-6
Kl va o‘lchamlari
. Kondensatorning
parallel qobiq qatlamlari nechta bo‘lishi va shu kondensator qanday kuchlanish
bilan zaryadlanganligini aniqlang.
1.15. O‘lchash diapazoni 0÷300 mA bo‘lgan magnitoelektrik milliampermetr
shkalasining 50, 100, 150, 200 va 220 nuqtalarida mos ravishda 48; 99; 151; 206
va 225 mA ko‘rsatdi. O‘lchash asbobining aniqlik sinfi aniqlansin.
1.16. Elektromagnit sistemali voltmetr o‘lchash diapazoni 0÷250 V, ichki
qarshiligi
. O‘lchash asbobini ishonchlash uchun shkalasining 70,
150, 220, va 250 nuqtalarida mos ravishda haqiqiy kuchlanishlar 72, 155, 223 va
248 V to‘g‘ri keldi. O‘lchash asbobining aniqlik sinfi aniqlansin. Shu voltmetrning
o‘lchash diapazoni 0÷2.5 kV bo‘lishi uchun unga ulanadigan qo‘shimcha qarshilik
aniqlansin.
18
N.V. Raghavendra, Krishnamurthy. Engineering metrology and Measurement. Stanford University Press, / 2013.
(3-adabiyot, 21-bet)
29
1.17. O‘lchash chegarasi 300 mA bo‘lgan milliampermetrning maksimal
bo‘laklar soni 150. O‘lchash asbobi 20, 40, 60, 80, 100, 120, 140 va 150
bo‘laklarda ishonchlandi. Namunaviy o‘lchash asbobi mos ravishda quyidagilarni
ko‘rsatdi: 39.8, 80.1, 120.4, 159.7, 199.5, 240, 279.6 va 300.3 mA. O‘lchash
asbobining aniqlik sinfi aniqlansin va tuzatmalar grafigi qurilsin
.
1.18. Ampermetrning aniqlik sinfi 1.5, uning shkalasi 100 bo‘lakdan iborat.
Har bir bo‘lak bahosi 0.5 A. O‘lchash asbobining o‘lchash chegarasi va 10; 30; 50;
70 bo‘laklarda nisbiy xatoliklarini hamda eng katta absolyut xatoligi aniqlansin.
1.19. O‘lchash chegarasi 10 A, aniqlik sinfi 0.5 bo‘lgan ampermetrni
ishonchlashda 2 A belgida nisbiy xatolik 4.5% bo‘ldi. Agar bu nuqtadagi absolyut
xatolik eng katta qiymatga ega bo‘lsa o‘lchash asbobi ko‘rsatilgan aniqlik sinfiga
to‘g‘ri keladimi?
19
1.20. Magnitoelektrik sistemadagi millivoltmetrning aniqlik sinfi 0.5,
maksimal bo‘laklar soni 150 bo‘lib, u 3; 1.5; 0.6; 0.3; 0.15 V o‘lchash
chegaralariga ega. Har bir o‘lchash chegarada 40-bo‘lakdagi eng katta va eng
kichik o‘lchanadigan kuchlanishlar aniqlansin.
1.21. Ikki tomonli shkalaga ega bo‘lgan va o‘lchash chegarasi 100 mkA
bo‘lgan mikroampermetrda o‘lchangan tok 40 mkA bo‘lganda, eng katta absolyut
xatoligi 1.7 mkA ga teng bo‘ldi. O‘lchov asbobining shu qiymatdagi nisbiy
xatoligini aniqlang.
1.22. Chegaraviy toki 150 mkA va ichki qarshiligi
bo‘lgan
mikroampermetr o‘lchash doirasini 15 A gacha oshirish uchun shunt qarshiligi
aniqlansin. Agar o‘lchash asbobining eng katta absolyut xatoligi 20 mkA bo‘lsa,
uning aniqlik sinfi topilsin.
1.23. Ichki qarshiligi
bo‘lgan ampermetrning o‘lchash
chegarasini 50 martta oshirish uchun shunt qarshiligini aniqlang. Agar shuntdagi
kuchlanish pasayishi 75 mV bo‘lsa, o‘lchov asbobining to‘la shkalasi
kengaytirilgandan keyin qancha tokni ko‘rsatadi.
19
Metrology. Measurement/ Anand K Bewoor - New Delhi: India, 2009. (1-adabiyot, 25-bet)
30
1.24. Ichki qarshiligi
va o‘lcha chegarasi 20 A bo‘lgan
ampermetr qarshiligi 0.005 Om bo‘lgan shunt bilan ta’minlangan. Shunt bilan
ulangan ampermetr 12 A ko‘rsatganda zanjirdagi tok aniqlansin. Shu holda
ampermetrning chegaraviy toki qancha bo‘ladi?
1.25. Zanjirdagi tokning haqiqiy qiymati 5.23 A ga teng. Ikkita ampermetr
bilan o’lchangan tok 5.3 va 5.2 A bo‘ldi. O‘lchashlarning nisbiy va absolyut
xatoliklari topilsin.
1.26. Agar o‘lchashda eng katta xatolik 0.12 A bo‘lsa, o‘lchashning yuqori
chegaraviy qiymati 5 A bo‘lgan o‘lchash asbobining asosiy keltirilgan xatoligi
nimaga teng?
20
1.27. Qarshiligi 8 Om bo‘lgan rezistordan 2.4 A tok o‘tmoqda. Rezistor
qismlaridagi kuchlanish 19.3 V bo‘lsa, o‘lchashning absolyut va nisbiy xatoligini
aniqlang.
1.28. Magnitoelektrik o‘lchov asbobining asosiy keltiriligan xatoligi 0.5%.
Shu o‘lchash asbobining 75; 50; 25% ga teng bo‘lgan shkalasida o‘lchashlarning
eng katta mumkin bo‘lgan nisbiy kattaligi aniqlansin.
1.29. Elektr zanjirga ulangan iste’molchi kuchlanishini o‘lchaganda voltmetr
13.5 V ko‘rsatdi. Agar iste’molchining qarshiligi 7 Om, elektr energiya
manbaining EYK si 14.2 V va ichki qarshiligi 0.1 Om bo‘lsa, o‘lchashning
absolyut va nisbiy xatoligi topilsin.
1.30. O‘lchash chegarasi 10 A bo‘lgan ampermetrning 2, 4, 6, 8, 10 A
shkalasining nuqtalarida haqiqiy tok mos ravishda 2.04; 3.973; 6.015; 8.026; 9.976
A bo‘lsa uning aniqlik sinfi topilsin.
1.31. Yuqori o‘lchash chegarasi 10 A va aniqlik sinfi 1 bo‘lgan
ampermetrning mumkin bo‘lgan eng katta absolyut xatoligi aniqlansin.
1.32. Aniqlik sinfi 1 va o‘lchash chegarasi 300 mV bo‘lgan millivoltmetrlarda
50; 100; 150; 200; 250 bo‘linmalarida maksimal xatolik mos ravishda 1.5; 10; 0.5;
3; 2.5 mV bo‘lgan. O‘lchash asbobi ko‘rsatilgan aniqlik sinfiga to‘g‘ri keladimi?
20
Truls Norby. Electrical measurements. University of Oslo. Norway. 2010. (2-adabiyot, 23-bet)
31
Do'stlaringiz bilan baham: |